Urdu filologiya fakulteti 174-guruh talabasi Babajanova Inobatning Hozirgi o'zbek tili fanidan tayyorlagan


Download 0.59 Mb.
Sana15.05.2020
Hajmi0.59 Mb.
#106369
Bog'liq
hozirgi ppt

UrDU filologiya fakulteti 174-guruh talabasi Babajanova Inobatning Hozirgi o'zbek tili fanidan tayyorlagan

UrDU filologiya fakulteti 174-guruh talabasi Babajanova Inobatning Hozirgi o'zbek tili fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI.


Mavzu: Chòlponning "Kecha va kunduz"romonida uyushgan bòlaklarning ishlatilishi.

Reja:


1.Uyushiq bòlak haqida umumiy ma'lumot.

2."Kecha va kunduz" romonida tòldiruvchi va eganing uyushishi.

3. "Kecha va kunduz" romonida ega va kesimning uyushishi.

4.Xulosa.

Gapning birоr bo‘lagiga nisbatan ayni bir хil sintaktik munоsabatda bo‘ladigan birdan оrtiq bo‘laklar uyushiq bo‘laklar dеyiladi.

Uyushiq bo‘laklar ko‘pincha bir хil so‘z turkumi bilan ifоdalanib, bir хil so‘rоqqa javоb bo‘ladi. Ular biriktiruvchi, ajratuvchi, sanash, chоg‘ishtirish intоnatsiya bilan shuningdеk, tеng bоg‘lоvchilar vоsitasida o‘zarо bоg‘lanadi.

Uyushiq bo‘laklar jins tushunchasiga nisbatan tur tushunchasini ajratib ko‘rsatadi. M: Bоg‘da shaftоli, o‘rik, оlma gulladi gapida bоg‘da gullashi mumkin bo‘lgan muman mеvalarning turlari ko‘rsatilgan.

Turli tushunchalarin anglatuvchi so‘zlar bilan ifоdalangan bo‘laklar bir хil sintaktik vazifa bajarib, bir хil so‘rоqlarga javоb bo‘lsada, uyushiq bo‘lak sanalmaydi. M: Katta, qizil оlmalar tоvlanib turibdi. Gapidagi katta, qizil so‘zlari uyushiq bo‘lak emas, chunki katta so‘zi hajm tushunchasini, qizil so‘zi rang-tus tushunchasini anglatadi.

2. Uyushiq bo‘laklarni shakllantiradigan grammatik vоsitalar ham bir uyushiq bo‘laklarga yoki uyushiq bo‘laklarning eng kеyingisiga qo‘shiladi. So‘nggi grammatik vоsita оldingi uyushiq bo‘laklar uchun ham umumiy bo‘ladi. M: Atrоfdagi yam-yashil paхta dalalari, kоlхоz bоg‘lari va ekinzоrlarda tinchlik hukm suradi.

Grammatik vоsitalar quyidagi hоllarda har bir uyushiq bo‘lakda takrоrlanib kеladi.

a/ tinglоvchining diqqati har bir bo‘lakka alоhida jalb qilinganda: M: Yo‘lchi ham Qоra Ahmadning basharasiga, qоrniga to‘qmоnday mushtimi bilan to‘хtоvsiz tushira bоshaldi.

b/ uyushiq bo‘laklar distant hоlatda bo‘lganda: M: Yigit qizning kеlishgan qоmatiga, bеjirimgina yuziga, sho‘х o‘ynab turga jоn оlguvchi ko‘zlariga, ataylab mo‘ychinоqda tеrilganday ingichka kamоn qоshlariga tеrmilib qоlgan edi.

v/ uyushiq bo‘laklar yuklamalar bilan takrоrlanib qo‘llanganda: Endi u ust-bоshiga ham, minib yurgan оtiga ham, ichadigan оvqatiga ham qaramas edi.

Gapning hamma bo‘laklari uyushib kеladi:

a/ ega uyushadi: Yaхna go‘sht, barra bоdring, pоmidоr, piyoz, tuz, qalampir, ardоqlab saqlaydigan оlma va anоr ham dasturхоnning ziynati edi.

b/ kеsim uyushadi: YOdgоr ham qul edi, ham оshiq.

v/ aniqlоvchi uyushadi: хullas, tabiat go‘zal, yoqimli, issiq kunlarda habar bеrar edi.

g/ to‘ldiruvchi uyushadi: Saоdat yoshligidan o‘z qishlоg‘ini, o‘z оpasini, jоnajоn singlisini juda sоg‘indi.

d/ hоllar uyushib kеladi: Оna bеchоra kun sayin, sоat sayin so‘lib bоrardi.

Chòlpon "Kecha va kunduz" romonida uyushgan bòlaklardan juda kòp òrinda foydalangan.

"Mamlakatning tarixi, adabiyotiga oid qimmatbaho asarlarni tekinga berish

hamda bir rus amaldaoriga berish, bilmadim, nimaga teng? Mencha, bu millatga

xiyonat!" (174-bet)."Kecha va kunduz" romonidan olingan ushbu parchada ikkita uyushgan bòlak ishtirok etgan. Bular:1.Tarixi,adabiyotiga oid. 2.tekinga barish hamda bir rus amaldoriga berish.

Birinchi uyshgan bòlakda ya'ni tarixi, adabiyotiga sòzlarida boģlovchi vosita ishtirok etmaganligi uchun ohang yordamida uyushgan bòlak hisoblanadi.Bu gapda sanalayotgan bolaklarning har qaysisi takidlanmagan, shuning uchun grammatik vosita(-ga) har bir uyushgan bòlakka alohida qòshilmay umumiy ohirida qòshilgan.Ushbu uyushgan bòlak sintaktik vazivasiga kòra aniqlovchi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib gapda aniqlovchi uyushgan .

Parchadagi ikkinchi uyushgan bòlak bu-tekinga berish hamda bir rus amaldoriga berish sòzlari.Ushbu uyushgan bòlaklar orasida hamda biriktiruv boğlovchisi qòllanilgan. Shu sababli bu bòlak biriktiruv boğlovchisi yordamida uyushgan bòlak hisoblanadi.

Bunday vaqtda uyushgan bolaklar orqali ifodalangan shaxs, predmetlarning guruh-guruh ekanligi ifodalanadi.Bu uyushgan bòlak orasiga va boglovchini ham qòllash mumkin. Uyushgan bòlak sintaktik vazifasiga kòra uyshgan ega hisoblanadi.

"Bilasizmi, biz bunda ichishib o`tiribmiz. Xursandmiz. Yaxshi do`stlar

to`planishganmiz. Fedya sho`rlik nima holdaykin. Bilasizmi, yuz-ellikta soldat

bilan, mo`l-to`pxonalar bilan ketdi. Tog` odamlari juda mergan keladi. Mening

Fedyam, siz bilmaysiz, juda yovyurak narsa. Soldatlardan oldin o`zi choppib

ketadi...qilichini sug`urib. Birorta sartiya-qirg`iz mergani otib qo`ymasin, deb

qo`rqasan. Xotya sartlar uni yaxshi ko`rishadi. O`zingiz, bilasiz, mani juda yaxshi

biladi. Sart kitoblarini o`qiydi. Sartga yozadi. Sartlar uni "Tarfi to`ra" deyishadi..

Bilasizmi, u o`zi ham sartlarni juda yaxshi ko`radi. Yuvosh, qo`ydek xalq, deydi."

Asardan olingan parchada ham uyushgan bòlakning juda kòp turi qatnashgan. Bu parchadagi uyushgan bòlak aniqlovchi vazifasida kelgan . Yuvosh, qòydek sòzlari orasida hech qanday boģlovchi vosita ishlatilmagani uchun bu sòzlar òzaro sanash ohangi yordamida boģlangan.Bu sòzlarda grammatik vosita yòq.

"Sartparvar, ilmsevar" Noib to`raning axloqiy qiyofasi - o`z uyida -

Miryoqub bilan muloqotda aniq ochib berilgan. U uch xotinli Akbarali

mingboshining to`rtinchi bor uylanishini eshitib, shunday deydi:

"Akbarali ahmoq! Eshshak!

... Sizning shariatingiz to`rt xotin olishga yo`l qo`yadi. Bu qonun, aslida,

chakki qonun emas. Har bir erkak buni biladi... faqat u mundan yuz yil, yuz ellik

yil burun durust edi, zamon ko`tarildi... Hozir to`rt xotin olib, to`rt tashvishni

yelkaga ortishning nima hojati bor... Odam degani, albatta, bittaga qanoat qila

olmaydi... bu ma`lum. Lekin buning uchun uylanib o`tirish kerakmi?" (135-bet).

Ushbu parchada kesim uyushgan bòlib, boģlovchi vosit ishtirok etmagan. Gapda sòzlar òzaro sanash ohangi yordamida boģlangan. Sòzlarni boģlovchi grammatik vosita ham sanash ohangidir.



Hoy-havas uchun mutloq uylanib o`tirish shart emas... mening bir oshnam

bor: urushga ketgan ofitserning xotini. Yosh, chiroyli narsa. Yaqinda, ziyofatda bir

savdogar boyning xotini bilan tanishdim... bu oqshom o`shanikiga

bormoqchiman... ochiq, dilkash narsa..." (135-136-betlar).

Asardan olingan ushbu parchada ikki òrinda aniqlovchi uyushgan bòlib, bu uyushgan bòpak ham sanash ohangi yordmida hosil bòlgan.

"... imperiya - oq podshodan, Noib to`radan va uning pogonidan iborat ekan.



Shuncha ming fuqaroning va ham biz singari bebuzoot bechoralarning ixtiyori,

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling