Urdu fizika-matematika fakulteti Amaliy Matematika va Informatika yo’nalishi 191-guruhi talabasi Ramatjanov Jaloladdinga 6-son umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori B
Download 16.97 Kb.
|
Tavsifnoma Jaloladdin
UrDU fizika-matematika fakulteti Amaliy Matematika va Informatika yo’nalishi 191-guruhi talabasi Ramatjanov Jaloladdinga 6-son umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori B.Abdullayev tomonidan berilgan TAVSIFNOMA Ramatjanov Jaloladdin 2022-yil 1-noyabrdan 14-yanvargacha 6-son umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Jumaniyozov Shixnazarga amaliyotchi qilib biriktirildi. Sinflarda o’quvchilar bilan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. U amaliyot davrida bajarilayotgan ishlarni tez o‘rganib oldi. Ustozlar bergan maslahatlariga tayanib har bir darsni ma’suliyatini sezgan holda o‘tdi va bir qancha natijalarga erishdi. Xususan, ustozlar bilan maslahatlashib matematika fanidan ochiq darslar tashkil qildi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazdi. Darslarni o‘tishda shu maktabning matematika o‘qituvchisi Jumaniyozov Shixnazar ustoz maslahatlariga tayangan holda ish olib bordi. Bundan tashqari o‘zining bilim va ko‘nikmalariga tayangan holda maktabning 6-, 7-sinf va 8-, 9-, 10-sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchilari ishtirokida bir qancha matematik olimpiadalar va bellashuvlar tashkil etdi. Ushbu sinflardagi a’lochi o‘quvchilarga o‘z bilimlarini oshirishda ko‘maklashib ularga har xil tipdagi murakkab masalalarni yechishni o‘rgatdi, murakkab olimpiada masalarini yechishda maktab o’quvchilariga alohida darslar olib bordi, darslardan tashqari o’quvchilarga matematika to’garagi tashkil qildi va ularga o’z bilimlarini ulashdi. Aksincha o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarga boshqa tengdoshlariga yetib olishlari uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkillashtirdi. U amaliyot davrida tartib qoidalarga rioya qilgan holda ishladi, har bir darsga o’z vaqtida qatnashdi. Amaliyot davridagi faoliyati davomida o‘zining ijobiy tomonlarini ko‘rsatdi ya’ni yaxshi muomalasi, o’z vaqtida darslarga qatnashishi, o’quvchilarni olimpiadalarga tayyorlashi, darsdan bo’sh paytlarida o’qituvchilardan o’ziga qiziq bo’lgan mavzularda tortinmay maslahatlar so’rashini aytishimiz mumkun. O‘qituvchining ish faoliyati davomida qilinadigan barcha ishlarni o‘rgandi. Yangiariq tumani 6-son umumiy o’rta ta’lim maktabining o‘qituvchilari uning qobiliyatlari, izlanuvchanligi, ziyrakligini hisobga olib, uning kelgusida mohir pedagog bo‘lishiga ishonch bildirdilar. 6-son maktabi direktori: B.Abdullayev Matematika fani o‘qituvchisi: Sh.Jumaniyozov Download 16.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling