Buxoro viloyast xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar ta’limi kafedrasi matematikadan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va olimpiadalarga tayyorlash yo‘llari


Download 448.77 Kb.
bet1/9
Sana10.12.2020
Hajmi448.77 Kb.
#163893
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
metodik-tavsiya-iqtidorli o'quvchilar



BUXORO VILOYAST XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

ANIQ VA TABIIY FANLAR TA’LIMI KAFEDRASI

MATEMATIKADAN IQTIDORLI O‘QUVCHILARNI ANIQLASH VA OLIMPIADALARGA TAYYORLASH YO‘LLARI

(matematika o’qituvchilari uchun metodik ko‘rsatma)

Buxoro – 2020

Tuzuvchilar: U.Aslonov – Buxoro VXTXQTMOHM Aniq va tabiiy fanlar ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi

Taqrizchi: T.Avezov - Buxoro VXTXQTMOHM Aniq va tabiiy fanlar ta’limi kafedrasi o’qituvchisi

Ushbu metodik ko’rsatma Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining 2020 yil ______________ _____-sonli yig’ilishida muhokama etilgan va ilmiy kengashga tavsiya etilgan.

Matematikadan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va olimpiadalarga tayyorlash yo‘llari

  1. KIRISH

  2. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashda sinfdan tashqari ishlarning o‘rni.

  3. Matematika fanidan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning turlari, ularni tashkil etish yo‘llari.

  4. Matematika fani bo‘yicha sinfdan tashqari tadbirlarni o‘tkazishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish.

  5. Iqtidorli o’quvchilar bilan darasdan tashqari to’garaklarda yechishga tavsiya etiladigan misollardan namunalar.

  6. Maktabda matematika fanidan o’tkaziladigan bilimlar bellashuvi va olimpiada misollaridan namunalar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

KIRISH

Innovatsion rivojlanish yo‘lidan jadal borayotgan mamlakatimizda barkamol avlod tarbiyasi, ma’rifatli va yuksak ma’naviyatli fuqarolarni yetishtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek: “Bizning vazifamiz, kerak bo‘lsa, oliy burchimiz – farzandlarimizning ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan uyg‘un rivojlangan, zamonaviy bilim va tajribalarni puxta egallagan, Vatanimiz va xalqimiz kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha-barcha ishlarni amalga oshirishdan iboratdir”.

Ta’limning bugungi kundagi asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatish, uzluksiz o‘rganish uchun ma’qul muhit, sharot-sharoit yaratishdan iborat. Buning uchun o‘qituvchining o‘zi ham muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi, pedagogik mahoratni uzluksiz oshirishi, jahon va miliy pedagogik meros hamda fan-texnika yutuqlaridan ijodiy foydalangan holda ta’lim jarayonini takomillashtirib borishi lozim.

Bugungi kunda ta’lim tizimining asosiy vazifasi mustaqil fikrlay oladigan, milliy merosimizni qadrlaydigan, ijodkor, axloqli, har tomonlama kamol topgan yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Bu vazifalarni amalga oshirishda hozirgi zamon o‘qituvchisidan tinmay ijodiy izlanish, o‘qitishga yangicha munosabat va fidoyilik talab etiladi.

Umumiy o`rta ta'lim maktablari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi muhim o`zgarishlariga hamisha o‘z munosabatini bildirib kelmoqda. Bugungi kunda ta'lim tizimiga qo`yilgan talablar mustaqil fikrlay oladigan, milliy merosimizni qadrlaydigan, ijodkor, ahloqli, har tomonlama kamol topgan yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Bu talablarni amalga oshirishda hozirgi zamon o`qituvchisidan tinmay ijodiy izlanish, o`qishga yangicha munosabat va fidoyilik talab etiladi.

O`zbekiston Respublikasining «Ta'lim to`g`risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Davlat ta'lim standartlari» talablaridan kelib chiqqan holda umumiy o`rta ta'lim maktablarida matematika o`qitishning umumiy maqsad va vazifalari belgilab berildi.

Umumiy o`rta ta'lim maktablarida matematika o`qitishdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad - hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitlarini hisobga olgan holda har bir jamiyat a'zosining mehnat faoliyati va kundalik hayoti uchun zarur bo`lgan matematik bilim, ko`nikma va malakani berish, shuningdek, o`quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosablarini ular tomonidan ongli o`zlashtirishlariga hamda hayotga tatbiq eta olishga intilish; o`quvchilarda izchil mantiiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo`llarini topa olishiga ko`maklashish; insoniyat kamolati, hayot rivoji hamda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to`g`risidagi tasavvurlarni shakllantirishdan iborat. Matematika o`qituvchisi dars jarayonida, darsdan tashqari mashg`ulotlarda, matematika to`garaklarida, turli kechalar, uchrashuvlar, qiziqarli mavzular yoki mashhur olimlarning ijodi, faoliyatiga bag`ishlab turli tadbirlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. Bular bilan bir qatorda o`qituvchi dars vaqtida, mavzuga bog`liq bo`lgan matematik tushunchalarning fanga kiritilishi, ularning rivojlanib borishi va bu sohadagi qomusiy olimlarning hissalarini tushuntirishi lozim. Shu yerda ta'kidlash kerakki, o`quvchilardan barcha tarixiy dalillarni, sanalarni yoddan bilishi talab qilinmaydi. Mazkur maqsadlarni dars jarayonining o`zida to`laqonli amalga oshirib bo`lmaydi.

O`quvchilar bilan sinfdan tashqarii mashg`ulotlarni tashkil qilishda, o`qituvchi ta'lim samarasi past bo`lgan metodlarga nisbatan, ya'ni o`quvchi passiv tinglovchi, esda saqlab qoluvchi va takrorlovchi emas, ongli ishtirokchi bo`lishini ta'minlashdan iborat bo`ladi. Shubhasizki, bunday darslarga tayyorlanish va o`tkazishda o`ziga xos qiyinchilik va murakkablik o`qituvchi zimmasida bo`ladi. Buning evaziga o`qituvchi o`quvchilarning puxta, aniq tassavurga ega bilim olishiga, matematik tafakkuri rivojlanishga, o`zi qiziqan ixtisosni egallashiga maqsadli yondoshishga yo`naltira oladi.

Isbotlashlar va masalalar yechishning turlari, ularning kelib chiqish tarixi bilan tanishishning darsda imkoniyati bo`lmaganligi uchun sinfdan tashqari vaqtda o`rganishi maqsadga muvofiqdir.

Matematikadan sinfdan tashqari mashg`ulotlarida o`quvchilarda alohida qiziqish tug`diradigan masalalar, mavzularga e'tibor berishi maqsadga muvofiqdir. Buning samarasi sifatida o`quvchilar mashg`ulotlarda yangi va qiziqarli narsalarni bilib oladilar va ular o`qituvchining birinchi yordamchisi bo`lib qoladilar, o`quvchilarning matematik qobiliyatlari rivojlanadi va shu bilan birga o`qituvchining o`z malakasi ham oshib boradi.

Matematika o‘qituvchisi talabalarni faqat darsda o‘qitish bilan cheklanib qololmaydi. Yaxshi o‘qituvchi va tarbiyachi ma’lum matematik bilimlar yig‘indisini talabalarga singdirish bilan birga, ularda aktiv ijodiy fikrlashni uyg‘otishi va foydali mehnat malakalarini tarbiyalashi lozim.

Bu fanni bunyodga keltirish uchun odamlarning qanchadan qancha aqliy mehnat qilganliklariga ko‘p talabalar shubxa qilmaydilar. Talabalarni matematika tarixi, atoqli olimlarning hayoti va faoliyati bilan tanishtirishni ko‘proq darsdan tashqari mashg‘ulotlarda olib borishga to‘g‘ri keladi.

Darsdan tashqari mashgְ‘ulot formalaridan biri matematika to‘garagi bo‘lib, programma materiallarini kengaytirish va chuqurlashtirish , matematika fanining ulug‘ olimlari bilan talabalarni tanishtirish , matematika tarixining revojlanishi, modellar yasash, matematik olimpiadalar o’tkazish maqsadida o‘tkaziladi.

Har bir darsda olgan bilimiga qaraganda ko‘proq bilishni istaydigan talabalar bo‘ladi. Ularni tarixiy faktlar, qiyin masalalar yechish, murakkab modellar yasash, fan ustida mustaqil ijodiy ishlash va hokozalar qiziqtiradi.



Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlashda sinfdan tashqari ishlarning o‘rni

O‘quvchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish, ularda egallangan nazariy bilimlardan amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish ko‘nikmalarini hosil qilishda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar muhim o‘rin tutadi. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iborat. Shuning uchun sinfdan tashqari ishlarning turli shakllaridan foydalanish mumkin. Matematika o‘qituvchisi dars jarayonida, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, matematika to‘garaklarida turli kechalar, uchrashuvlar, qiziqarli mavzular yoki mashhur olimlarning ijodi va faoliyatiga bag‘ishlab turli tadbirlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. Bular bilan bir qatorda o‘qituvchi dars vaqtida, mavzuga bog‘liq bo‘lgan tushunchalarning matematika faniga kiritilishi, ularning rivojlanib borishi va bu sohadagi qomusiy olimlarning hissalarini tushuntirishi lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, o‘quvchilardan barcha tarixiy dalillarni, sanalarni yoddan bilishi talab qilinmaydi.

Mazkur maqsadlarni dars jarayonining o‘zida to‘laqonli amalga oshirib bo‘lmaydi. Dars bilan uzviy bog‘liq holda darsdan tashqari ishlar matematika o‘qitishning majburiy shakli bo‘lib qoldi, ular darsni davom ettiradi va mustahkamlaydi. Hozirgi kunda o‘quvchilarning matematika fani bo‘yicha bilim darajalarini ko‘tarish juda muhim. O‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘qitish va komil inson qilib voyaga yetkazish dars va sinfdan tashqari ishlar samaradorligini sezilarli darajada oshirishni talab etadi.

O‘qituvchi o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, matematika faniga bo‘lgan qiziqish va muhabbatini rivojlantirish uchun sinfdan tashqari ishlarning turli-tuman shakllarini o‘tkazishga jiddiy e’tibor qaratishi lozim. U o‘quvchilarni iqtidori va qobiliyatiga qarab to‘g‘ri yo‘naltira olishi kerak. O‘qituvchining oldida turgan asosiy masalalardan biri sinfdan tashqari ishlarni olib borish uchun munosib o‘quvchilarni tanlab olishdan iborat.

O‘quvchilarning faol ijodiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan sinfdan tashqari ishlar jarayonida matematika faniga iqtidori bor bolalarni tanlab olish oson kechadi. Eng asosiysi o‘qituvchi matematika fanini o‘rgatishda sinfdagi va sinfdan tashqari ishlarni bog‘lab olib borishi kerak. Bunda sinfdagi mashg‘ulotlarni mantiqiy davom ettiradigan sinfdan tashqari ishlarning shakl va usublaridan foydalanish, birinchi navbatda o‘quvchilar tomonidan matematika faniga oid nostandart masalalar tuzilishi va yechilishiga e’tiborni kuchaytirish zarur.

Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarni darsda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda nima bilan shug‘ullantirish kerakligini aniqlab olishi lozim, deb o‘ylayman. O‘quvchi mashg‘ulotlar tugagach u nimani o‘rganganligi va mustaqil ravishda yana nimani o‘rganishi lozimligi to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘lishi kerak. O‘qituvchi esa o‘quvchilarda amaliy masalalar yechishning yangi ijodiy tomonlarini mustaqil izlash va topish istagi paydo bo‘lishi uchun intilishi va harakat qilishi kerak. Mustaqil mashg‘ulotlar jarayonida ba’zi o‘quvchilar zamonaviy matematikaning o‘ta muhim bo‘limlarini tushunib yeta olish malakasiga ega bo‘ladilar va bunga chin dildan qiziqish bildiradilar.

O‘quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil qilishda, o‘qituvchining vazifasi ta’lim samarasi past bo‘lgan metodlarga nisbatan, ya’ni o‘quvchi passiv tinglovchi, esda saqlab qoluvchi va takrorlovchi emas, ongli ishtirokchi bo‘lishini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Shubhasizki, bunday darslarga tayyorlanish va o‘tkazishda o‘ziga xos qiyinchilik va murakkablik o‘qituvchi zimmasida bo‘ladi. Buning evaziga o‘qituvchi o‘quvchilarning puxta, aniq tassavurga ega bilim olishiga, dunyoqarashi va tafakkuri rivojlanishga, o‘zi qiziqqan ixtisosni egallashiga maqsadli yondashishga yo‘naltira oladi.

Matematika fani bo‘yicha sinfdan tashkari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning fan asoslarini chuqur va mustahkam o‘zlashtirishlariga erishish, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari, ko‘rgazmali vositalar yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish, o‘quvchilarning qiziqishlari va bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlari, mustaqil va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kasbga yo‘llash, o‘quvchilarning ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish maqsadida o‘tkaziladi.



Matematika fanidan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning turlari, ularni tashkil etish yo‘llari

Maktab tajribasida matematikadan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: viktorina, tanlov, olimpiada, matematikadan devoriy gazetalar, to‘garak va boshqalar. Matematikadan viktorinalar ma’lum mavzu, bo‘lim, yoki umuman matematikaga doir masalalar bo‘yicha savol-javob o‘yini bo‘lib, ko‘p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi. Matematikadan viktorinalar 10-20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyorlangan 5-6 savolga og‘zaki yoki yozma javob olinadi. Matematikadan viktorinalarni tizimli o‘tkazib turish o‘quvchilarni masalalarni turli usullarda yechishga o‘rgatadi, ularning fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini kamol toptiradi.

Umuman, viktorinalar qizg‘in musobaqa tarzida o‘tadi, eng bilag‘on, topqir va hozirjavob o‘quvchini yoki ilg‘or sinfni taqdirlash imkonini beradi. Viktorinada qatnashish mutlaqo ixtiyoriy bo‘lib, o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, matematikaga qiziquvchilarni aniqlash va keyinchalik ularni matematika to‘garagiga jalb etish maqsadida o‘tkaziladi. Albatta, viktorinada tavsiya etilgan savollar turlicha qiyinlikda bo‘lib, unga ko‘proq o‘quvchilarning qatnashuviga erishish kerak.

Matematikadan viktorinalar har xil o‘tkazilishi mumkin. Quyida ularning ikki xilini misol tariqasida keltiramiz:

1. Savollar (misol, masalalar) o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga og‘zaki beriladi yoki doskaga oldindan yozib qo‘yiladi. Javobni ham o‘quvchilar og‘zaki tayyorlaydilar yoki o‘z daftarlariga qisqa, ya’ni o‘zlari eslab turishlari uchun kerakli narsalarni yozib turadilar. O‘qituvchi o‘quvchilardan bir nechtasi qo‘l ko‘targuncha kutib turib, keyin birinchi bo‘lib qo‘l ko‘targan o‘quvchidan so‘raydi. Agar birinchi qo‘l ko‘targan o‘quvchi noto‘g‘ri javob bersa, ikkinchi, uchinchi qo‘l ko‘targan o‘quvchilardan (to‘g‘ri javob olguncha) so‘raladi.

2. Agar o‘qituvchi savolni doskaga yoki katta qog‘ozga oldindan yozib qo‘yadigan bo‘lsa u o‘quvchilarga ishlash uchun buyruq beradi va javoblarni daftarga yozib to‘g‘riligiga ishonch qilgandan keyin qo‘l ko‘tarish kerakligini aytadi. O‘qituvchi qo‘l ko‘targan o‘quvchilar oldiga borib berilgan savol, masala yoki misol javobini ko‘radi. So‘ngra avval qo‘l ko‘targan o‘quvchiga javobni aytishga va javobini tushuntirib berishga ruxsat beradi.

Matematika to‘garagi mashg‘ulotlarida qandaydir alohida qiziqish tug‘diradigan masalalar qaraladi. To‘garak mashg‘ulotlarida talabalar yangi va qiziq narsalarni bilib oladilar, darsda ular o‘qituvchining birinchi yordamchisi bo’lib qoladilar, talabalarning matematik qobiliyatlari rivojlanadi va shu bilan birga o‘qituvchining malakasi ham oshib boradi .

Matematika to‘garak mashg‘ulotlari o‘qituvchini o‘z ustida ishlashga, har xil adabiyotlarni qidirib topishga majbur qiladi.

Bizning amaliyotimizda to‘garakni qanday boshlash masalasi qiynaydi. Yaxshisi, matematika to‘garagi jonli ravishda darsda yangi mavzuni o‘tish paytida kelib chiqqani ma’qul . Masalan , biror teoremani isbot qilishda shu teoremaning boshqa darsliklarda turlicha yo’l bilan isbot qilinishini, yoki isbotlashga doir masalalar yechishda bir necha yo’llar bilan isbot qilish mumkinligini aytaman . Shu bilan birga, bu qonun va teoremalarni yaratish uchun olimlar ozmuncha mehnat sarf qilmaganliklarini uqtiraman. Isbotlashning va masalalar yechishning hamma turlari, ularning kelib chiqishi tarixi bilan tanishishning darsda imkoniyati bo‘lmaganligi uchun darsdan tashqari vaqtda o‘rganishni, ya’ni matematika to‘garagini tashkil qilish kerak.

To‘garak tashkil qilishni darsda e’lon qilish bilan birga, bu e’lonni fakultetning e’lonlar taxtasiga ham osib qoyiladi. Ishni to‘g‘ri tashkil qilish uchun to‘garak ishining bir yoki yarim yillik programmasi tuziladi.

Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o‘tkazilgan ba’zi to‘garak mashg‘ulotlarining taxminiy rejalarinini keltiramiz.

To’garak mashg`ulotining rejasi

I- mashg`ulot.

1. Tashkiliy masalalar ( to’garak boshlig`ini saylash, yillik reja bilan tanishtirish).

2. Kvadrat ildiz chiqarish.

3. Qiziqarli misol va masalalar.

II mashg`ulot.



  1. O’zbek matematik olimlari haqida Al-Farobiy

  2. Algebraik masalalar echish.

III mashg`ulot.

1. «Har qadamda matematika» yoki «Atrofimizda matematika» mavzusida suhbat (kasbga yullash).

2. Geometrik masalalar echish.

IV-mashg`ulot

1. Turli sanok sistemalari.

2. Hisoblash misollari.

V- mashg`ulot.


  1. Qushimcha formulalar bilan ishlash. (bunda darslikda bo’lmagan formulalar beriladi.)

  2. Ajoyib sonlar olamiga sayohat (matematik kechaga tayyorgarlik.)

VI-mashg`ulot.

1.Markaziy Osiyolik buyuk matematik Ali Qushchi

hakida suhbat.

2. Trigonometrik ifodalarni shakl almashtirish.



VII- mashg`ulot.

1.Al-Xorazimiyning didaktik qarashlari.

2.Irrastional va modul qatnashgan tenglamalarni echish.



VIII- mashg`ulot.

1.Ayol matematiklar xakida suxbat.

2.Olimpiada masalalarini echish.

IX-mashg`ulot.

1) Yakunlovchi mashg`ulot.

2) Hisoblash markazlariga sayohat.
Birinchi tashkiliy yig‘ilishda talabalarni programma bilan tanishtiraman, ko‘riladigan masalalarning mazmuni bilan tanishtiraman. Shundan keyin talabalarga mavzularni bo‘lib beraman. Ularga tegishli adabiyotlarni ko‘rsataman va ishlab chiqilgan materialni qanday topshirish kerakligi haqida maslahatlar beraman. To‘garak a’zolari tashkiliy masalalarni hal qilish uchun to‘garak boshlig‘ini, talabalarning ba’zi original yo‘llar bilan hal qilgan masalalarni ro‘yxatga olib borish uchun kotib saylaydilar. To‘garak mashg‘ulotlari bir oyda kamida ikki marta yoki to‘rt marta o‘tkaziladi.

Dasturni tuzishda quyidagilarni asos qilib olamiz:

1. Imkoniyat boricha tegishli dars materiallarini yorituvchi mavzularga doir matematika tarixi .

2. Shu kurs o‘quv materialini chuqurlashtirish .

3. Qiziqarli matematika va sofizmlar

4. Modellar yasash .

To‘garak mashg‘ulotlari quydagicha boshlanadi:

1. Ba’zi matematik fikrlarning kelib chiqishi va taraqqiy etishi yoki biror olimning biografiyasi haqida talabaning qisqacha ma’ruzasi;

2. Qiyin masalalar yechish;

3. Matematik topishmoqlar yoki sofizmlar .

Mavzuning asosiy masalalarini tanlashda ma’ruzachiga yordam beriladi. Har bir mashg‘ulot ma’lum mavzuni o’rganishga bag‘ishlanganligi uchun material diqqat bilan tanlanadi .

Fanga o’quvchilarning qiziqishini oshirish uchun ularning konstruktorlik qobiliyatlarini revojlantirishga – ba’zi masalalarning modellarini yasashga, masalalar yechilishini tanlashga, topishmoq va sofizmlarga aloxida e’tibor beramiz .

Biz yasagan buyum yoki narsaning sifati, qimmati, u oddiy loydan yasalgan sopol kosami, murakkab mashinami yoki san’at asarimi, barcha hollarda uni yasashda foydalanilgan xomashyoning sifatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun olimpiadachi o‘quvchini to‘g‘ri tanlash uni olimpiadaga tayyorlash jarayonini osonlashtiradi va muvaffaqiyatga erishishda katta ahamiyatga ega. Olimpiadachi nomzodni tanlash jarayonini bir-biriga bog‘liq bo‘lgan quyidagi 5 ta bo‘limdan iborat ketma-ketlikda amalga oshirish mumkin.

Boshqa fanlar o‘qituvchilari nomzodlarni tanlab, o‘quvchini band qilib qo‘ymasliklari va o‘quvchini olimpiadaga tayyorlash uchun ko‘proq vaqt bo‘lishi uchun nomzodlarni tanlashni iloji boricha quyiroq sinfdan boshlab amalga oshirish zarur. Dastlab bir sinfdagi yoki parallel sinflardagi a’lo va yaxshi baholarga o‘qiydigan o‘quvchilar tanlanadi. Bunda dastlab nomzodlar soni bir nechta bo‘lishi, ularning bilimi, iqtidori, intilishlari har xil bo‘lishi mumkin. Tanlangan nomzodlar doimo sizning nazoratingiz ostida bo‘lishi zarur. Darslarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar haqida ma’lumotlar yig‘ishni boshlashingiz mumkin.

Hech bir muvaffaqiyatga mehnatsiz erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun darslarda, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda va uyda mustaqil bajarish uchun qo‘shimcha topshiriqlar berish, ularning natijasini nazorat qilish va boshqa usullar yordamida tanlangan nomzodlar ichidan mehnatsevar, tirishqoq, o‘z ustida tinimsiz ishlovchi, qobiliyatli va, shu bilan birga, fikrlash darajasi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarni ajratib olish hamda ular bilan ishlashni davom ettirish zarur.

O‘quvchi kelajakda matematika fani yo‘nalishidagi kasbni tanlashiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun tanlangan nomzodlar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini ham olib borishga to‘g‘ri keladi. Bunda, albatta, buyuk matematik olimlar, shu jumladan, buyuk o‘zbek matematiklari va O‘rta Osiyo matematik olimlarining hayoti va ijodi bilan tanishtirish, matematika fani bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar bilan o‘quvchilarni tanishtirish ishlari olib boriladi. Bu ishlarni to‘garak mashg‘ulotlarida darsdan tashqari mashg‘ulotlarda va sinf rahbarlari yordamida amalga oshirish mumkin. Agar o‘quvchi tanlagan kasb yo‘nalishi matematika faniga bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalish bo‘lsa, bunday o‘quvchilarni nomzodlar ro‘yxatidan chiqarish mumkin. Chunki o‘quvchi yuqori sinflarga o‘tgach, o‘zi tanlagan oliy o‘quv yurtiga kirish imtixonlariga tayyorlanish bahonasida olimpiadalarga tayyorlanishni davom ettirishdan va olimpiadalarga qatnashishdan bosh tortishi yoki butun imkoniyatini ishga solmay mas’uliyatsizlik qilishi mumkin.

Albatta, o‘quvchi u yoki bu ta’sirlar ostida kasb yoki kasblar yo‘nalishini tanlashi mumkin, lekin ota-onasi bunga qanday qaraydi? Ota-onalar fikri bilan ham hisoblashishga to‘g‘ri keladi, chunki o‘quvchi yuqori sinfga kelgach, ota-onasi ta’sirida yoki boshqa sababga ko‘ra tanlagan kasb yo‘nalishini o‘zgartirsa, yuqoridagi holat yuz berishi mumkin. Buning oldini olish uchun maktab psixologi bilan hamkorlikda masalani har tomonlama o‘rganib chiqish zarur.

Nomzodlar orasida ota yoki ona yo‘nalishi bo‘yicha ajdodlarida kuchli matematiklar o‘tgan yoki bor bo‘lgan o‘quvchi bo‘lsa yoki Allox bergan qobiliyatli o‘quvchi bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur. Lekin har qanday holatda ham tanlangan nomzod yoki nomzodlar ustida qunt bilan ishlashga, matematik bilimlarini oshirib, qobiliyatlarini rivojlantirib, ularda haqiqiy matematik uchun zarur bo‘lgan ba’zi sifat va fazilatlarni, jumladan, matematik topqirlik, metin iroda, mehnatsevarlik, chidamlilik kabi sifatlarni rivojlantirib borish zarur.

Yuqoridagi mezonlar asosida tanlangan 2-3 nafar nomzod o‘quvchilar bilan olimpiadalarga tayyorlanishni boshlash mumkin. Buning uchun, avvalo, siz berayotgan matematik bilim va tushunchalar o‘quvchiga to‘la yetib borishi, o‘quvchi ularni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi uchun zarur bo‘lgan o‘quvchining ba’zi sifatlarini rivojlantirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish kerak:

1.Nomzod o‘quvchilarning faolligini oshirib borish, ularga olimpiada masalasi, nostandart masalalar haqidagi tasavvurlarni sekin-asta singdirib borish uchun ularni darslarda va to‘garak mashg‘ulotlarida darslikdagi murakkab va o‘ta murakkab masalalarni yechishga yo‘naltirish zarur.

2.O‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlashda ularni mustaqil ishlashga o‘rgatish katta ahamiyatga ega. O‘quvchini qo‘shimcha adabiyotlar va qo‘llanmalardan mustaqil foydalanib kerakli bilim va ma’lumotlar olish ko‘nikmalarini hosil qilish va rivojlantirishda sinf, maktab, tuman yoki shahar markaziy kutubxonalaridan va o‘qituvchining shaxsiy kutubxonasidan foydalanish mumkin. Sekin-asta o‘quvchiga o‘z shaxsiy kutubxonasini tashkil etishga yordam berib borish kerak.

3.Olimpiadalarga tayyorlanish jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi orasidagi chegara asta-sekin yo‘qolib borishi kerak, chunki o‘quvchi o‘qituvchidan tortinsa, masalalarni yechishda yoki nazariy tushunchalarni o‘rganishda o‘z fikrini ochiq va dadil ifodalay olmaydi, bu esa uning bilimida bo‘shliqlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari olimpiadachiga darslarda murakkab masalalarni yechishni topshirish, darsda yoki darsdan tashqarida o‘qituvchidan masala yechimi yoki nazariy materiallarni tushuntirib berishni so‘ragan o‘quvchilarga yordam berishni topshirish va boshqa yo‘llar yordamida unga bo‘lgan ishonchingizni ochiq bildirib turish ham yaxshi natijalar beradi. Yuqori sinflarga o‘tgach, quyi sinf o‘quvchilari orasidan olimpiadaga nomzodlar tanlashda, ularga masala va topshiriqlar tanlash yoki tuzishda, ular bilan ishlashda olimpiadachi o‘quvchidan yordam so‘rash va undan foydalanish o‘quvchining mas’uliyatini oshiradi va yanada tirishqoqlik bilan izlanishga undaydi.

4. 9-11-sinf o‘quvchilari orasidan tuman yoki shahar olimpiadalariga nomzodlar tanlash maqsadida o‘tkaziladigan sinf va maktab I tur olimpiadalari davrida 5-8-sinf o‘quvchilari orasida ham bunday olimpiadalarni tashkil etish va o‘tkazish hamda g‘oliblarni tuman, viloyat olimpiadalari g‘oliblari bilan bir qatorda o‘quvchilar, ota-onalar yig‘ilishlarida e’lon qilish va taqdirlash o‘quvchining kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi va yangi g‘alabalar uchun mehnat qilishga chorlaydi. Bundan tashqari 8-sinfdan boshlab O‘zbekiston televideniyesi, Respublika o‘quv-metodika markazi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida 1994-yildan buyon matematika, fizika, kimyo, iqtisod fanlaridan qish-bahor oylarida muntazam ravishda o‘tkazilib kelayotgan «Sirtqi televizion olimpiada» larda qatnashishlarini ta’minlash kerak. Bu biz tanlagan olimpiadachi-nomzodlar uchun birinchi haqiqiy sinov bo‘ladi va boshqa tuman, viloyatdan kelgan matematika ixlosmandlari hamda Respublikamizning ko‘zga ko‘ringan matematik olimlari bilan yuzma-yuz muloqatda bo‘ladilar. Buning natijasida o‘quvchilarda haqiqiy matematika olimpiadasi, haqiqiy olimpiada masalasi haqida tushunchalar paydo bo‘ladi hamda o‘z bilim darajasini belgilab olishga yordam beradi.

Tanlangan nomzod bilan ishlashda «oddiydan murakkabgacha, osondan qiyinga» prinsipiga amal qilish kerak. O‘quvchining matematik qobiliyatini rivojlantirish, fikrlash darajasini o‘stirib borish uchun matematikani quyidagi qismlarga bo‘lib o‘rganish mumkin.



  1. Mantiqiy masalalar.

  2. Sonlar nazariyasi.

  3. Tenglamalar.

  4. Ayniyatlarni isbotlash.

  5. Tengsizliklar.

  6. Tengsizliklarni isbotlash.

  7. Matnli masalalar yechish.

  8. Funktsiyalar xossalarini o‘rganish.

  9. Trigonometriya.

  10. Ketma-ketliklar.

  11. Matematik induksiya.

  12. Kombinatorika va Nyuton binomi.

  13. Ehtimollar nazariyasi elementlari.

Bu taxminiy reja bo‘lib, ko‘rsatilgan mavzularni yana boshqa mavzularga bo‘lish va boshqa mavzularni qo‘shish ham mumkin.

Olimpiadachi o‘quvchi o‘zining matematik bilimlarini tinimsiz ravishda oshirib borishi uning atrofida matematik muhitning yaratilishiga bog‘liq. Bunda matematika darslari va to‘garak mashg‘ulotlaridan tashqari informatika va hisoblash texnikasi asoslari, fizika, kimyo hamda astronomiya darslaridan ham foydalanish maqsadga muvofiq, shuning uchun olimpiadaga nomzodlar tanlangach, yuqorida tilga olingan fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib borish kerak.

1. Informatika va hisoblash texnikasi darslarida o‘quvchining mantiqiy fikrlash, mantiqiy xulosalar chiqarish, masalani qismlarga ajratish va ularni alohida masalalar sifatida yechish hamda berilgan masalaning yechimini hosil qilish, induktiv xulosalar chiqarish kabi sifatlarini shakllantirish mumkin.

2. Fizika va kimyo darslarida o‘quvchining ifodalarni shakl almashtirish, hisoblash, masalalar yechish, tasavvur qilish, formulalardan to‘g‘ri foydalanish, topqirlik va boshqa ko‘nikmalari shakllanib boradi.

3. Astronomiya darslarida o‘quvchining abtsrakt fikrlash, tasavvur qilish, fazoviy tushunchalari shakllanib boradi.

Olimpiadachi o‘quvchi turli sinov va olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashishi, o‘zining bor bilim va imkoniyatlarini to‘la namoyish qila olishi uchun uni psixologik jihatdan tayyorlab borish zarur. Buning uchun quyidagi 4 ta qismdan iborat ishni amalga oshirish kerak.

1. O‘quvchini o‘z bilim va imkoniyatlariga ishonish ruhida tarbiyalash o‘quvchini olimpiadalarga tayyorlash jarayonining ajralmas qismi bo‘lishi kerak. O‘quvchi har qancha bilimga va qobiliyatga ega bo‘lmasin notanish va qiyin masalaga duch kelganda o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin, shuning uchun o‘quvchini har xil tasodifiy holatlarga va turli sharoitlarga ko‘niktirib borish katta ahamiyatga ega.

O‘quvchi sinov yoki olimpiadaga kirishdan oldin har xil yo‘llar bilan uning ruhini ko‘tarish, shu olimpiadaga qatnashishining o‘zi katta muvaffaqiyat ekanini tushuntirish, g‘alaba qilish uchun uning bilimi va imkoniyati yetarli ekanini uqtirish zarur.

2.O‘quvchini vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishga o‘rgatish kerak. Agar sinov yoki olimpiada paytida o‘quvchi ishni eng murakkab masalani yechishdan boshlasa va yecha olmasa, vaqtni boy berib qo‘yishi mumkin, shuning uchun ishni eng sodda masalani yechishdan boshlagan ma’qul. Oson masalani hal qila olsa, o‘quvchining kayfiyati ko‘tariladi, o‘z kuchiga va bilimiga ishonchi ortadi hamda murakkabroq masalani yechishga qo‘rqmay kirisha oladi. Bundan tashqari, o‘quvchini topshiriqlar uchun ajratilgan vaqtdan oxirigacha foydalanishga, yechimlarni qayta-qayta tekshirib chiqishga, agar vaqt bo‘lsa, masalalarni boshqa usullarda ham yechishga harakat qilishga odatlantirib borish kerak.

3.Turli malakalarni yechishda yordam beruvchi ko‘rsatmalar, formulalar, jadvallar, tushunchalar, teoremalar, tayanch masalalar va boshqalardan o‘z o‘rnida foydalanishga o‘rgatish zarur. O‘quvchi hamma berilgan masalalar shartlarini to‘liq o‘rganib, tushunib olgandan keyingina biror masalani tanlab, yechishga kirishgan ma’qul.

4.Masalaning yechimini matematik, mantiqiy va psixologik tahlil qilgan holda eng maqbul javobn ianiqlashga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari masala yechimini har tomonlama tekshirish kerak. Topilgan yechimning matematika qonunlariga mos kelishi, mantiqan ziddiyatsiz ekanligi, masala shartlariga to‘liq mos kelishi tekshirib ko‘rilgandan so‘ng eng maqbul yechimni yozishga o‘rgatish zarur.

Shuningdek, internet tarmog‘idan foydalanib ―Vertual matematik tanlovlar, ―Masofaviy ta’lim imkoniyatlari bilan ham o‘quvchilarni tanishtirib borish va ularning faoliyatini tashkil qilish yaxshi natijalar beradi. Bunday tanlovlar sifatida matematikadan xalqaro ―Kenguru tanlovi (www. mathkang.ru), respublikamizda tashkil qilingan www.cobo.uz saytidagi onlayn tanlovni misol qilib keltirish mumkin. Shu bilan birga, www. khanasademy.org – Xon akademiyasining masofaviy ta’lim portali (quyidagi ilovaga qarang), ―Kvant (Rossiya), ―Matematika, fizika va informatika ilmiy ommabop jurnallarining internetda saqlanayotgan barcha sonlari arxivi manzillarini o‘quvchilarga bildirib, ulardagi turli-tuman matematikaga oid materiallarni toppish va ulardan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda elektron resurslarning internetdagi manzillari mazkur maruzalar matni oxirida foydalanish tavsiya qilinayotgan adabiyotlar ro‘yxatida keltirilgan.

Matematikadan ertaliklar (kechalar) ommaviy tadbirlardan biri bo‘lib, o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida matematik bilimlarni tarqatish hamda o‘quvchilarning matematikaga qiziqishini oshirish, shu bilan birga ularni matematika to‘garaklariga ko‘proq jalb qilish maqsadida o‘tkaziladi.

Matematikadan ertaliklarni bir sinf bilan yoki parallel sinflarni qo‘shib o‘tkazish mumkin. Ertalik o‘rta hisobda bir soat davom etishi mumkin. Ertalikni o‘tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak. Buning uchun eng kamida bir oy oldin o‘qituvchi chuqur o‘ylangan reja tuzib chiqishi kerak. Shundan keyin o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularga qilinadigan ishlar taqsimlab chiqiladi. Bu ishga ota-onalarni ham jalb qilish mumkin. Ertalik dasturini kerakli materiallar (she’r, qo‘shiq, boshqotirma, qiziqarli masala, matematik o‘yin, konkurs masalalari, viktorina savollari, ishtirokchi personajlar liboslari va boshqa) tayyor bo‘lgandan so‘ng yana bir marotaba ko‘rib chiqish va muhokamadan o‘tkazish kerak. Bu muhokamada ertalikni (kecha) o‘tkazish uchun yordam beradigan barchani taklif etish shart.

Ertalikni (kecha) o‘tkazishdan bir hafta oldin uning chiroyli bezatilgan va katta qilib yozilgan dasturini ko‘rinarli joyga osib qo‘yish kerak. Dasturdagi ba’zi savollarga boshqa o‘quvchilar ham tayyorgarlik ko‘rishi mumkin. Ertalik o‘tadigan xona (zal) iloji boricha ertalikka moslab bezatiladi. Ertalik (kecha)da ishtirok etgan bolalar fantaziya qilish, mulohaza yuritish, to‘g‘ri fikrlash va gapirishga o‘rganishadi.

Demak, matematikadan ertalik uchun sarflangan vaqt faqat matematik qimmatga ega bo‘lmay, balki o‘quvchilar uchun umummadaniy qimmatga va tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.

Yuqorida aytib o‘tilgan sinfdan tashqari ishlarda (10 minutlik, viktorina, ertalik va h.k.), asosan, butun sinf o‘quvchilari ishtirok etsa, matematik musobaqalarda (konkurs, olimpiada) ko‘pchilik ishtirok etib, g‘oliblar musobaqasi bilan yakunlanadi, ya’ni bu musobaqa bir necha kun (ko‘pincha 3 yoki 4) davom etadi. 1-turda istagan hamma o‘quvchilar qatnashishi mumkin. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilar 2-turda qatnashadilar. 2-turdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 3-turda qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar va h.k. 1-turni sinfdagi barcha o‘quvchilar ishtirokidagi og‘zaki qiziqarli savollar orqali viktorina shaklida o‘tkazish mumkin. Shunda g‘olib chiqqan o‘quvchilar bilan 2-tur musobaqalar o‘tkaziladi. Shundan keyin parallel sinflar o‘quvchilari 3-turda kuch sinashadi. Natijada sinf yoki maktab bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilar aniqlanadi.

Matematika fani bo‘yicha devoriy gazetalar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Matematika fani bo‘yicha devoriy gazeta odatda matematika to‘garagi organi hisoblanadi, shu sababli devoriy gazeta to‘garak a’zolarining kuchi bilan o‘qituvchining bevosita rahbarligida tayyorlalanadi. O‘qituvchi, devoriy gazetani tayyorlashda mumkin qadar o‘quvchilarning shaxsiy tashabbuskorligini oshirishga erishishi kerak. Devoriy gazetalar quyidagi bo‘limlardan tashkil topishi mumkin:

 Matematika tarixidan bir shingil;

 Sinf o‘quvchilarining matematik hayoti;

 O‘quvchilarga o‘qish uchun tavsiya qilinadigan adabiyotlar;

 Masalalar (qiziqarli, mantiqiy, konkurs);

 Matematik o‘yinlar;

 Yumor;

 O‘tgan sonlardagi konkurs masalalarining yechimlari va javoblarini redkollegiyaga topshirgan o‘quvchilar haqida ma’lumot.

Devoriy gazetada matematika faniga hissa qo‘shgan buyuk allomalar haqida qisqa, lekin maroqli hikoyalar berilishi kerak. Biror alloma haqida hikoya qilinadigan bo‘lsa, uning rasmi va rasmning tagida bu olim haqidagi, uning ishlari to‘g‘risidagi ma’lumot yoki olim hayotidagi qiziq voqealar to‘g‘risidagi kichikroq hikoya beriladi. Olim aytgan fikrlarni yoki u haqidagi boshqa olimlar aytgan so‘zlarni ko‘chirib yozish ham foydali.

Gazetada beriladigan masalalarning shartlari qisqa, tez esda qoladigan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan shuni xulosa qilish mumkinki, turli shakl va uslublardan foydalangan holda tashkil etilgan sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Matematika fani bo‘yicha sinfdan tashqari tadbirlarni o‘tkazishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish

Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda o‘yinli texnologiyalardan samarali foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Buning assiy sababi ta’lim oluvchilarda muayyan faoliyat yuzasidan egallangan nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikma va malakalarga aylantirish, ularda ta’limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda o‘yinli texnologiyalar o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida qo‘llash uchun qulay bo‘lgan turli o‘yinli texnologiyalar yaratilgan.

O‘yinli texnologiyalar ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash, ta’lim oluvchilarda muayyan faollikni yuzaga keltirish, shuningdek, bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi vaqt oralig‘ini qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga yordam beradi. O‘yinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo‘ladiki, buning oqibatida har bir ta’lim oluvchi o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, o‘z o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Bu texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko‘nikma va malakalarga aylanishini ta’minlabgina qolmay, balki ta’lim oluvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga o‘z ulushini qo‘shadi.

Quyida matematika fani bo‘yicha sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan o‘yinlardan birining umumiy loyihasi keltirilmoqda. O‘yinni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarning matematika faniga oid bilimlarini chuqurlashtirish. Mazkur o‘yin bellashuv tarzida ham tashkil etilishi mumkin. Unda ikki yoki to‘rtta guruh ishtirok etib, qator shartlarni bajaradilar.

O‘yin davomida guruhlar bir necha bekatlarda to‘xtashib, ushbu bekatlar nomi bilan bog‘liq shartlarni bajarishlari lozim bo‘ladi. Bekatlarning nomini shartli ravishda Bilag‘onlar, Qoidalar, Tafakkur, Jumboq, Ixtirochilar, Mahorat, Ijodkorlar nomlari bilan ataymiz. Bilag‘onlar bekatida har guruh portretlarda tasvirlangan yoki o‘zlari tanlab olgan varaqalardan nomlari yozilgan alloma va olimlarning (matematika fanining rivojlanishiga munosib ulush qo‘shgan) hayoti, faoliyati to‘g‘risida hikoya qilib berishlari kerak bo‘ladi. O‘yinda Muhammad Muso Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa shaxslarning portretlari ko‘rsatilishi hamda ular to‘g‘risida ma’lumotlar berilishi talab etilishi mumkin.

Qoidalar bekati. U yerda har bir guruhlarga matematika faniga oid tushunchalar mazmunini qay darajada bilishlari hamda sharhlay olishlari aniqlanadi (guruh vakili tushunchalar nomi yozilgan varaqlardan birini tanlab oladi).

Tafakkur bekati. Bu yerda guruhlarga matematika faniga oid 8 yoki 10 ta so‘zdan iborat matn tuzish vazifasi topshiriladi. Guruhlar o‘zlariga berilgan so‘zlar yordamida shartni bajarishlari mumkin (bu so‘zlar bellashuv hay’ati tomonidan taqdim etiladi). Bu bekatda boshqa mazmundagi shartlarni bajarish topshirig‘i ham berilishi mumkin.

Jumboq bekatida guruhlar e’tiboriga matematika faniga oid rebus yoki boshqotirmalarni yechish vazifasi topshiriladi.

Ixtirochilar bekati. Bu yerda har bir guruh matematika kursi doirasidagi istalgan mavzu yuzasidan ko‘rsatmali qurol, jadval yoki loyiha tayyorlashi kerak bo‘ladi.

Mahorat bekatida har bir guruh matematika faniga oid tushunchalarni ifodalovchi she’r, qo‘shiq yoki sahna ko‘rinishi ijro etib berishlari kerak.

Ijodkorlar bekati. Bu bekatda har bir guruh matematika faniga oid devoriy gazeta tayyorlashlari kerak (topshiriqlar bellashuv boshlanmasdan oldin berib qo‘yiladi).

O‘yinli texnologiyalar asosida tashkil etilgan bellashuvlar ta’lim oluvchilarda nazariy bilimlarni puxta egallash, pedagogik faoliyatni tashkil etish ehtiyojining yuzaga kelishiga turtki beradi.

Matematika fanidan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda “Yosh matematik”, “Matematika olamida”, “Qiziqarli matematika” kabi nomlar bilan ataluvchi devoriy gazetani chiqarish ham ijobiy samara bera oladi. Uning sahifalarida muayyan mavzu mohiyati, informatsion texnologiyalar sohasida ro‘y berayotgan voqelik, yutuq va yangiliklarning mazmun va tafsilotlari keng yoritib boriladi. Shuningdek, devoriy gazetada o‘quvchilar tomonidan tuzilgan masalalar yoki dasturlar, bilimlar bellashuvi va fan olimpiadasi materiallari, o‘z o‘zini sinab ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar, o‘quvchilarning javoblari kabi ma’lumotlarga ham keng o‘rin berilishi mumkin. O‘qituvchi devoriy gazetaning chiqarilishida guruh yoki sinfdagi barcha o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor berishi lozim. O‘yinlarni o‘tkazish yoki devoriy gazetani tayyorlash chog‘ida har bir ta’lim oluvchining ishtirokini ta’minlash ayni vaqtda ularning nazariy bilim, amaliy qo‘nikma va malakalari darajasini ham baholab borish uchun sharoit yaratadi.

O‘yinli texnologiyalar turli shaklda bo‘lsada, ularning barchasi o‘z mazmuniga ko‘ra yagona maqsad sari yo‘naltirilgan. Ular o‘quvchilarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish, egallangan nazariy bilimlardan amaliyotda mustaqil va samarali foydalana olish ko‘nikmalarini hosil qilish, o‘quvchilarni ijtimoiy munosabatlarni uyushtirishga tayyorlash, ularda ijtimoiy faollikni shakllantirish, komil shaxsni kamol toptirishdan iborat vazifani hal etadi.



Download 448.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling