Urdu m 191-Psixologiya yo’nalishi magistranti Raximov Boburning Tadbiqiy sport psixologiyasi fanidan 9-mavzu Sportchilarni musobaqaga taktik tayyorlash mavzusida tuzgan test savollari


Download 51.5 Kb.
Sana15.09.2020
Hajmi51.5 Kb.
#129834
Bog'liq
Raximov.B TEST 9-MAVZU


UrDU M 191-Psixologiya yo’nalishi magistranti Raximov Boburning Tadbiqiy sport psixologiyasi fanidan 9-mavzu Sportchilarni musobaqaga taktik tayyorlash mavzusida tuzgan test savollari.


  1. Taktika” so’zi qanday ma’noni anglatadi?




  1. Taktika (yun. tasso – sarflayman) belgilangan maqsadga erishish uchun ishlatiladigan vosita va usullar majmui. *

  2. Taktika (lot. taktikos – mo’ljalga olish) biror bir muammoli vaziyatni bartaraf qilishga qaratilgan yechimlar majmui.

  3. Taktika (nem. taxiger – anglamoq) biror bir ilmiy gipotezani aniqlashtirishga qaratilgan usullar majmui.

  4. Taktika (ing. tactic – ishonchli) ma’lum bir vaziyat uchun ishlab chiqilgan harakatlar dasturi.




  1. Sport taktikasi” deb…




  1. Sportchilarni musobaqalarga tayyorlashning texnik qonun-qoidalari yig’indisiga aytiladi.

  2. Sportchilarga musobaqalarda yuqori natijalarga erishishi uchun ishlab chiqilgan motivatsion ta’sir mexanizmlari majmui.

  3. Sport musobaqasida eng yuksak sport natija va g’alabalarga erishish uchun ishlatiladigan usul va yo’l-yo’riqlar yig’indisiga aytiladi. *

  4. Sportchilarni jismoniy jihatdan chiniqtirish usullari yig’indisi.




  1. Yaxshi taktik bo’lishi uchun sportchi avvalo qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?




  1. Yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak.

  2. Yaxshi kuzatuvchanlik xususiyatiga ega bo’lishi kerak. *

  3. Uzoqni ko’ra olish xususiyatiga ega bo’lishi kerak.

  4. Yaxshi ruhiy tayyorgarliga ega bo’lishi lozim.



  1. Konkret (spetsifik) shartlarga quyidagilardan qaysilari kiradi?




  1. Maxsus bilim, malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirish. *

  2. Maxsus tayyorgarlik, chaqqonlik va moslashuvchanlik.

  3. Maxsus taktik tayyorgarlik, ko’nikma va bilim.

  4. Maxsus texnik tayyorgarlik, sabr-toqatlilik va kommunikativlik.



  1. Sportchining taktik mahorati nimalarga bog’liq?




  1. Aqliy, jismoniy va fiziologik sifatlar rivojlanish darajasi bilan mustahkam bog’langan.

  2. Texnik, aqliy va biologic sifatlar rivojlanish darajasi bilan mustahkam bog’langan.

  3. Fiziologik, psixik va taktik sifatlar rivojlanish darajasi bilan mustahkam bog’langan.

  4. Jismoniy, texnik va psixik sifatlar rivojlanish darajasi bilan mustahkam bog’langan. *




  1. Taktik xatti-harakatlar tuzilishini tashkil qiladigan sifatlar noto’g’ri berilgan javobni aniqlang.




  1. Sport holatini idrok qilish.

  2. Musobaqa vaziyatini tasavvur qilish. *

  3. Taktik vazifalarni aqliy yechish.

  4. Taktik vazifalarni psixomotor realizatsiya qilish.




  1. Sport holatini idrok qilish nimaga xizmat qiladi?




  1. Texnik holatlarni birinchi fazasini aks ettiradi.

  2. Charchoq, toliqish va apatiya holatlarini organizmga ta’sirini aks ettiradi.

  3. O’zida taktik xatti-harakatning birinchi fazasini aks ettiradi. *

  4. Turli xil salbiy fikrlar va axborotlarning sportchi ruhiyatiga ta’sirini aks ettiradi.




  1. Taktik vazifalarni psixomotor reallashtirish qanday ko’rinishda amalga oshiriladi?




  1. Nazariy ko’rinishda.

  2. Harakat ko’rinishida. *

  3. Biologik ko’rinishda.

  4. Psixologik ko’rinishda.




  1. Taktik malaka nima?




  1. Bu taktik harakatlarni muvofaqqiyatli bajarish, taktik mahoratning yuqori darajasi.

  2. Taktik vaziyatlarga tez moslasha olish (adaptatsiya) qobiliyati.

  3. Bu musobaqadan oldin sportchi bo’lajak raqibining jismoniy va ruhiy potensialini to’g’ri baholay olish qobiliyati.

  4. Bu sportchi ongli ko’rinishining shunday shakliki, bunda orttirilgan taktik bilimlar asosida amalga oshiriladigan va shakllangan aniq xatti-harakatlarni aks ettiradi. *


10) Taktik harakatlarni muvofaqqiyatli bajarish taktik mahoratning yuqori darajasi paydo bo’lish sharoiti hisoblangan prensepsiya, intellekt, psixomotorika sferasida sportchining psixologik xususiyatlari va sifatlaridir deb nimaga ta’rif berilgan?


  1. Taktik qobiliyatlar. *

  2. Texnik qobiliyatlar.

  3. Taktik malakalar.

  4. Texnik bilimlar.


11) Sport mutaxassislaridan kim futbol bo’yicha sharoitni to’g’ri baholash va shu sharoit uchun maqsadga muvofiq qarorni topish malakasi “Sportchining o’yin topqirligi” ni aniqlaydi va ularga taktik mahorat asosida yetadi deb ta’rif bergan?

A) A.G.Eyngorn

B) B.A.Arkadev *

C)A.A. Xmelev

D)E.P.Ilin
12) Sport mutaxassislaridan kim voleybol bo’yicha sharoitni to’g’ri baholash va shu sharoit uchun maqsadga muvofiq qarorni topish malakasi “Sportchining o’yin topqirligi” ni aniqlaydi va ularga taktik mahorat asosida yetadi deb ta’rif bergan?

A) A.G.Eyngorn *

B) B.A.Arkadev

C)A.A. Xmelev

D)E.P.Ilin

13) Motor harakat ko’nikmasi deb nimaga aytiladi?


  1. Bu olingan bilimlar va tajriba asosida harakatlarni bajarishning takomillashgan usullaridir.

  2. Bu aniq signalga anglangan javob motor harakatidir.

  3. Bu to’liq bajariladigan iqtisodli, yuqori sifati va soni bilan mashq jarayonida yuqori takomillashgan darajasigacha yetkazilgan butun ongli avtomatik harakatdir. *

  4. Bu konkret motor harakati mashg’ulotlarini yechishni ta’minlaydigan xatti-harakatlari obrazlaridir.

14) Taktik tafakkurga berilgan to’g’ri ta’rifni aniqlang.


  1. Bu sport musobaqalarining ekstremal holatlaridagi sport faoliyati jarayonida takomillashtirish va bevosita konkret taktik vazifalarni yechishga yo’nalgan sportchi tafakkuridir. *

  2. Bu niyat qilingan taktik harakat rejasini, agar u sport kurash sharoitlarini qoniqtirmasa, o’zgartirish malakasidir.

  3. Taktik harakatlarni qisqa vaqt ichida bajarish bilan asoslanadi.

  4. Yangi taktik qarorlarni qidirishni to’htatmasdan va chalg’imasdan ehtiborni kuchaytirish malakasi.



15) Tafakkurning maqsadga yo’nalganligi deganda nima tushuniladi?


  1. Taktik vazifalarni o’z kuchi bilan yechish, qarorni mustaqil qabul qilish va sharoitga qarab harakat qilish malakasida ko’rinadi.

  2. Yangi taktik qarorlarni qidirishni to’htatmasdan va chalg’imasdan ehtiborni kuchaytirish malakasi. *

  3. Sportchi taktik bilimdonligining muhim belgilaridan biridir.

  4. Taktik harakatlar borishiga tahsir qiladigan munosabatlar, aloqalar ko’pchiligini o’zining nazorati ostida doimiy ushlab turish malakasi bilan tugallanadi


Tuzuvchi: Raximov.B
O’qituvchi: ps.f.n Nurullayeva.B
Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling