Urdu magistratura 222-guruh adabiyotshunoslik yo’nalishi talabasi Ag’ajonova Soliyajonning adabiyotshunoslik tarixi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu: klassitsizm va ma’rifatchilik adabiyotshunosligi


Download 0.87 Mb.
bet7/7
Sana29.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1401001
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RAUeIZEm2XNguCwfM PvNTfJY6yWyBgT

 ADABIYOTSHUNOSLIK tarixida 12-asrda yashagan shoir va adabiyotshunos Nizomiy Aruziy ibn Umar Samarqandiy, 15-asrda adabiyotshu-nos olim Atoulloh Husayniy, Zamax-shariy, Xondamir, Vosifiy asarlari muhim ahamiyatga egadir. Oʻzbek A.ning takomili Navoiy (qarang Alisher Navoiy) ijodiy faoliyati bilan chambarchas bogʻliq.

  •  ADABIYOTSHUNOSLIK tarixida 12-asrda yashagan shoir va adabiyotshunos Nizomiy Aruziy ibn Umar Samarqandiy, 15-asrda adabiyotshu-nos olim Atoulloh Husayniy, Zamax-shariy, Xondamir, Vosifiy asarlari muhim ahamiyatga egadir. Oʻzbek A.ning takomili Navoiy (qarang Alisher Navoiy) ijodiy faoliyati bilan chambarchas bogʻliq.
  • Oʻzbek tilidagi tazkira janriga asos solgan „Majolis un-nafois“ („Goʻzal majlislar“) ilk oʻzbek adabiy qomusi hisoblanadi. Ushbu asarda Navoiy deyarli yarim asr mobaynida oʻziga zamondosh boʻlgan 469 shoir, olim, bastakor, xattot, sheʼriyat homiylari haqida maʼlumot beradi, badiiy mahorat, sanʼatkorning ijtimoiy burchi, poetik janr masalalarini yoritadi. Navoiyning „Holoti Pahlavon Muhammad“, „Holoti Sayyid Hasan Ardasher“, Jomiyga bagʻishlangan „Hamsat ul-mutahayyirin“ („Besh hayrat“) singari asarlari adabiy portretning dastlabki namunalaridir. Uning „Mezon ul-avzon“ („Vaznlar oʻlchovi“) asarlarida aruzning nazariy, amaliy masalalari tadqiq etil-gan. Husayn Boyqaro esa, oʻz navbatida, Navoiyning betakror mahorati, u yaratgan adabiy muhit, davr adabiy jarayoni haqida maʼlumot beruvchi risola yarat-gan. Zahiriddin Muhammad Bobur „Mux-tasar“ kitobi bilan Navoiydan soʻng aruz ilmi tadqiqini yangi bosqichga koʻtardi. Bu kitobda aruzning 20 dan ortiq bahri, 530 dan ortiq vazni haqida maʼlumot be-riladi. Oʻzbek adabiyotshunosligining key-ingi davrlardagi yoʻnalishini, asosan, tazkiralar belgilaydi.

Tasavvuf taʼlimotining badiiy ijodga koʻrsatgan taʼsiri xususida Na-jmiddin Komilov („Tasavvuf“, 1- 2-kitoblar), Ibrohim Haqqulov („Tasav-vuf va sheʼriyat“) va boshqa mutaxassislarning kitoblari chop etildi. Navoiyning 20 jildli „Mukammal asarlar toʻplami“ nashr qilinishi barobarida, mutafakkir ijodini tamomila yangi mezonlar asosida oʻrganish boshlandi va oʻnlab risolalar yaratildi.

  •  Izzat Sultonning „Adabiyot nazariyasi“ darsligi va boshqa monografiyalar nashr etilganini qayd etish mumkin. Biroq 40-yillar oxiri — 50-yillar boshlarida A. fani kosmopolitizmga qarshi kurash, yagona oqim, konfliktsizlik nazariyasi deb nomlangan xato yoʻllarni bosib oʻtishiga ham toʻgri keddi. Ayni shu yillari Oy-bek, Maqsud Shayxzoda va boshqa mualliflarning tarixiy yoʻnalishdagi, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Said Ahmad singari adiblarning zamonaviy mavzudagi asarlari, oʻsha „nazariyalar“ dan kelib chiqib, nohaq qoralandi.50-yillar oʻrtalaridan avval qatli om qilingan ayrim yozuvchi-shoirlar hayoti va ijodini qayta oʻrganishga harakatlar boʻldi. Matyoqub Hoʻshjonov, Ozod Shara-fiddinov, Ibrohim Gʻafurov, Umarali Normatov, Salohiddin Mamajonov, So-bir Mirvaliyev singari adabiyotshunos olimlarning adabiy jarayon, alohida ijodkor va asar haqidagi kitob va maqolalari adabiyotning nisbatan erkin nafas olishiga zamin yaratdi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling