Urdu magistratura 222-guruh adabiyotshunoslik yo’nalishi talabasi Ag’ajonova Soliyajonning adabiyotshunoslik tarixi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu: klassitsizm va ma’rifatchilik adabiyotshunosligi


MARKAZIY OSIYODA TAZKIRACHILIK TARAQQIYOTI


Download 0.87 Mb.
bet3/7
Sana29.04.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1401001
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RAUeIZEm2XNguCwfM PvNTfJY6yWyBgT

MARKAZIY OSIYODA TAZKIRACHILIK TARAQQIYOTI

Reja:

1.Avfiy Buxoriy

2.Nisoriy

3.Tabibiy tazkiralari

Avfiy Buxoriy, Muhammad Avfiy, Nuriddin Muhammad ibn Tohir ibn Usmon Buxoriy (1172/77, Buxoro – 1233, Hindiston) – adabiyotshunos, tarjimon. Sharq adabiyotida tazkirachilik asoschilaridan.

  • Avfiy Buxoriy, Muhammad Avfiy, Nuriddin Muhammad ibn Tohir ibn Usmon Buxoriy (1172/77, Buxoro – 1233, Hindiston) – adabiyotshunos, tarjimon. Sharq adabiyotida tazkirachilik asoschilaridan.
  • Buxorodagi madrasada oʻqigan. 1201-yil Buxoroda ilek (hokim) saroyida kotiblik qilgan. Xorazm, Xuroson shaharlari – Nishopur, Tuye, Hirot, Marvga sayohat qilgan, Najmiddin Kubro, Shayx Majdiddin Bagdodiy kabi olimlar bilan muloqotda boʻlgan. 1204 yilgacha Samarqandda Qoraxoniylar sulolasining podsholari Ibrohim ibn Husayn va Usmon ibn Ibrohim saroylarida hizmat qilgan. Moʻgʻul istilosi davrida Hindistonga ketib, umrining oxirigacha oʻsha yerda yashagan. "Lubob ulalbob" ("Magʻizlarning magʻzi") tazkirasini yaratgan (1222–23). 12 bobdan iborat mazkur tazkira moʻgʻul istilosidan avvalgi adabiyot va madaniyat arboblari haqida yagona manba sanaladi. 1223-yilda Krzi Muhsin Tannuhiy (Yu-asr)ning "Alfaraj" ("Shodlik") asarini arabchadan forschaga tarjima qilgan. A. B.ning ikkinchi yirik asari "Javomeʼ ul-hikoyot va lavomeʼ ul-rivoyot" ("Xikoyatlar toʻplami va rivoyatlar jilosi", 1228)da turli fanlarga oid ilmiy lavhalar, bahslar va xulosalar hikoya va rivoyat tarzida sodda bayon qilingan. Asar Sharqda keng tarqalgan, ayrim hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1][2]

Nisoriy (taxallusi; asl ismsharifi Hasanxoja Podshohoja oʻgʻli) (1516 — Buxoro — 1597) — oʻzbek shoiri, tazkiranavis.

  • Nisoriy (taxallusi; asl ismsharifi Hasanxoja Podshohoja oʻgʻli) (1516 — Buxoro — 1597) — oʻzbek shoiri, tazkiranavis.
  • Tanikli shoir va davlat arbobi Xoja (Podshohoja)ning oʻgʻli. Buxoro madrasalarida oʻqigan. Riyoziyot, handasa, tibbiyot, musiqa ilmlarini puxta egallagan, otasidan aruz sirlarini oʻrgangan. Sheʼrlar mashqqilgan. Otasi Balxda shayxulislomlik paytida (1533—43) N. shu shahardagi Kamoliddin Qoʻnoq madrasasida handasa ilmidan dare bergan. Buxoroga qaytgach, 1545—50 yillarda Abdulazizxon, 1550— 66 yilda Miyonkol hokimlari huzurida sadrlik vazifasini bajargan. Soʻng Buxoroda umrining oxirigacha maktabdorlik qilgan, badiiy ijod bilan mashgʻul boʻlgan. "Malik ushshuaro" unvoniga musharraf boʻlgan. N. turkiy va forsiydagi sheʼrlaridan devon tuzgani maʼlum, lekin devon hali topilmagan. Faqat 16-asrda yaratilgan bir kancha asarlar orqali uning bir necha gʻazal, ruboiylari, "Bahoriyot" qasidasi hamda "Muzakkiri ahbob" (1566) tazkirasi yetib kelgan.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling