UrDU maxsus sirtqi bo‘lim BT va STI yo‘nalishi 3-kurs uchun “Husnixat va uni o‘qitish metodikasi” fanidan oraliq nazorat uchun savollar
1- variant
1. “Husnixat va uni o‘qitish metodikasi” fanining maqsad va vazifalari
2. Raqam va tinish belgilarini yozish metodikasi
3. Topshiriq: G‘ g‘ harflarini husnixat qoidalariga rioya qilib yozish
4. Matn yozish: Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi. Hovlimizda bir tup bodom bolardi. Erta bahorda qiyg‘os gullardi-yu, hech meva tugmasdi. Onam: «Bodom yolg`iz bo‘lgani uchun meva qilmaydi», deb tushuntirardi. Shu bodom tagida supa bor edi. Kun botishi bilan onam hovliga koloblatib suv separ, kunboyi oftobda qizigan yer hidi supa oldidagi rayhonlar isiga qo‘shilib ajib bir tarovat taratar, atrof jirnjit bolib qolar edi.
5. Test
1. Yozuv daftari necha gradus qiyalikda qo‘yiladi?
A) 80°;
B) 72°;
C) 65°;
D) 60°.
2. «Husnixat metodikasi» (Toshkent, 1976) kitobining muallifi kim?
A) Abdullaev I.;
B) Bogolyubov N.;
C) Suyunov A.;
D) G‘ulomov M.
3. «Husnixat». 2-sinf (O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. Т.: O‘qituvchi) kitobining
muallifmi toping.
A) Safarov R.;
B) G‘ulomov М.;
C) Abdullayev Y.;
D) Qosimova K.
4. «Husnixat va uni o‘qitish metodikasi» fani quyidagi qaysi fanlar guruhi bilan yaqin robitada bo‘ladi?
A) tarix, tilshunoslik, estetika, fiziologiya, pedagogika;
B) tarix, arxeologiya, matematika, psixologiya, huquq;
C) tilshunoslik, fizika, pedagogika, tarix;
D) estetika, psixologiya, zoologiya, ximiya, huquq.
5. Yozuv taraqqiyotining tadrijiy inkishofi bosqichlarini toping.
A) frazeografiya — logografiya — orfeografiya — fonografiya;
B) ideogramma —> frazeografiya —> fonogramma —» orfeografiya;
C) sillabografiya —> fonografiya —► frazeografiya — logografiya;
D) frazeografiya — orfeografiya — fonografiya —> logografiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |