Urdu maxsus sirtqi bo‘lim bt va sti yo‘nalishi 3-kurs uchun “Husnixat va uni o‘qitish metodikasi” fanidan oraliq nazorat uchun savollar


Download 186 Kb.
bet6/30
Sana08.01.2022
Hajmi186 Kb.
#249339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Husnixatdan SOI 2020

Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova

UrDU maxsus sirtqi bo‘lim BT va STI yo‘nalishi 3-kurs uchun “Husnixat va uni o‘qitish metodikasi” fanidan oraliq nazorat uchun savollar

6-variant

1. Sinfda o‘quvchilar ish joyini to‘g‘ri tashkil etish.

2. Harflarni guruhlarga bo‘lib o‘rgatish.

3. Topshiriq: Ch ch harflarini husnixat qoidalariga rioya qilib yozish

4. Matn yozish: Qabriston jimjit. Faqat yolakning ikki chetida saf tortgan mirzateraklar qabr ustiga bosh eggan farzandlardek onaga orom tilab alla aytadi. Ularning mungli shivirlashi tilovat sadolariga qo‘shilib, yurakni ezuvchi ohanggaaylanadi... Oq surp yaktak kiygan, mosh-guruch soqoli o‘ziga yarashgan go‘rkov yuziga fotiha tortib o‘rnidan turadi.

5. Test


1. Parta ustining cheti o‘tirg‘ichning ichiga 4 sm masofada kirib tursa...

A) manfiy distantsiya deyiladi;

B) musbat distantsiya deyiladi;

C) nol distantsiya deyiladi;

D) nol va musbat distantsiya deyiladi.

2. Parta ustining cheti bilan o‘tirg‘ichning orasida hech qanday masofa bo‘lmasa...

A) nol distantsiya deyiladi;

B) manfiy distantsiya deyiladi;

C) musbat va manfiy distantsiya deyiladi;

D) musbat distantsiya deyiladi.

3. Parta ustining cheti bilan o‘tirg‘ichning orasidagi masofa keng bo‘lsa...

A) nol distantsiya deyiladi;

B) musbat distantsiya deyiladi;

C) manfiy va nol distantsiya deyiladi;

D) manfiy distantsiya deyiladi.

4. Parta ustining qiyaligi necha gradusga teng bo‘lishi lozim?

A) 25° ga;

B) 20° ga;

C) 10° ga;

D) 15° ga.

5. Parta differentsiyasi deb nimaga aytiladi?

A) parta qopqog‘ining cheti bilan o‘tirg‘ichning orasidagi masofaga;

B) parta ustining pastki qirrasi bilan suyanchiq orasidagi masofaga;

C) ko‘krak qafasi bilan uning qirrasi orasidagi masofaga;

D) parta ustining pastki qirrasi bilan pol orasidagi masofaga.


Download 186 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling