Urdu tabiiy fanlar fakulteti Biologiya 209-guruh 2-kurs talabasi Qurbonboyeva Sarvinozning falsafa fanidan tayyorlagan taqdimoti
Falsafa nazariy tafakkur sifatida
Download 1.03 Mb.
|
2 5391107163995248198
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun raxmat
Falsafa nazariy tafakkur sifatida
Dunyoqarashning kundalik, diniy-afsonaviy va badiiy turlaridan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash asosiy qoidaga muvofiq nazariy shaklda mavjud bo‘ladi. Falsafa o‘z oldiga ongli tarzda muayyan muammolarni qo‘yadi va ularni ma'lum tamoyillar asosida maxsus joriy qilingan va ishlab chiqilgan tushuncha (kategoriya) va usullar orqali hal qiladi. Falsafa avval boshdanoq nazariydir. Bundan tashqari, u umuman tarixiy jihatdan tafakkurning dastlabki shakli hisoblanadi. Falsafa o‘z shakllanishining boshidanoq tajriba (amaliy bilim, amaliy malaka, hayotiy ko‘nikma va an'analar)dan farqli o‘laroq, narsalarni mantiq va dalil, kundalik tasavvurlarga tanqidiy munosabat, yuzaki voqyea-hodisalarning ichki, tashqi nigohdan yashirin mohiyatini to‘g‘ri xulosa, fikr qilish orqali topishga qaratilgan. Qadimgi Xitoy faylasuflari o‘z davridayoq yakuniy shakldagi dao bilimi (bevosita ma'lum modda dunyosini bilish) va asosiy sabab sifatidagi dao (mohiyatni bilish)ni farqlaganlar. Asosiy sabab sifatidagi daoni bilish - yakuniy shakldagi daoni bilish kalitidir: «er yuzida ibtido mavjud va u Olam onasidir. Onani anglashga qachon erishilsa, demak uning bolalarini ham anglash mumkin bo‘ladi» Forobiy uning taxallusi boʻlib, toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon – jahon madaniyatiga katta hissa qoʻshgan Markaziy osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. Oʻrta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bogʻliq. Forobiy oʻz zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qoʻshganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulugʻlanib, “Al-Muallim as-soniy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan. Borliqning kelib chiqishi haqida Forobiy taʼlimotida – mavjudot 4 unsur – tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topadi; osmon jismlari ham shu unsurlarning birikuvidan vujudga keladi. Moddiy jismlarning oʻzaro farq qilishiga sabab, ularning ibtidosidagi unsurlarning turlicha boʻlishidir: olov – issiqlik sababi; suv – sovuqlik, namlik; tuproq – qattiqlik sababi. Forobiy butun mavjudotni sabab va oqibat munosabatlari bilan bogʻlangan 6 daraja (sabab)ga boʻladi: Alloh (as-sabab al-avval), osmon jinslari (as-sabab as-soniy), aql (al-aql al-faol), jon (an-nafs), shakl (as-surat), materiya (al-modda). Bulardan Alloh – vujudi vojib, yaʼni zaruriy mavjudliqdir, qolganlari esa – vujudi mumkin, yaʼni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-birlari bilan sababiy bogʻlangan.
Forobiyning aql, umuman bilish haqidagi taʼlimotida mantiq (logika) ilmi muhim oʻrin tutadi. “Mantiq sanʼati kishiga shunday qonunlar haqida maʼlumot beradiki, – deb yozgan edi u, – bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sogʻlom fikr yuritishga oʻrganadi”. Forobiy mantiq ilmi bilan grammatika oʻrtasidagi mushtaraklikni qayd etadi: mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yoʻldan olib borish uchun aqlni toʻgʻrilab turadi. Forobiy oʻz davridayoq buyuk olim sifatida mashhur boʻlgan. Sharq xalqlarida u haqda turli hikoya, rivoyatlar vujudga kelgan. Oʻrta asr olimlaridan ibn Xallikon, ibn al-Qiftiy, ibn Abi Usabiʼa, Bayhaqiylar oʻz asarlarida Forobiy ijodini oʻrganib, uning gʻoyalarini rivojlantirganlar. Xususan, ibn Rushd Forobiy asarlarini oʻrganibgina qolmay, ularga sharhlar ham (“Sillogizmga nisbatan al-Forobiyning fikri”, “Abu Nasrning mantiqqa doir asarida ifodalangan fikrning bayoni” “Al-Forobiy, xususan uning “Organon” izohlariga turli sharhlari” va b.) yozdi. Averroizm nomi bilan mashhur boʻlgan uning falsafiy taʼlimotining shakllanishi dastlab Forobiy va ibn Sino faoliyati bilan bogʻliq. Averroizm ilmiy tendensiyalarni ifodalovchi ilgʻor yoʻnalish sifatida keng yoyilgan va Uygʻonish davrining koʻp ilgʻor mutafakkirlari dunyoqarashiga taʼsir koʻrsatgan. E’tiboringiz uchun raxmatDownload 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling