Urdu Tarix fakulteti tarix yo’nalishi 205-guruh talabasi Marks Jumaniyozovning Umumiy pedagogika va psixologiya fanidan mustaqil ishi
Download 1.09 Mb.
|
1 2
Bog'liqpedagogika (2)
surdopedagogika (lotincha surdus — kar, gung so‘zidan olingan) — eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha tiflos — ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) —ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, fren — aql), so‘zlaridan olingan, — aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; logopediya (yunoncha logos — so‘z, padeo — tarbiya so‘zlaridan olingan) — og‘ir nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini urganadigan fan
Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
rivojlanish anomaliyasii erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish; Anomal bolalarni o’qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash Anomal bolalarni tarbiyalash — korrektsion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo’lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, Litimoiv reabilitatsiva (yunoncha «rehabilitas» — layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari. Korrektsion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega: SHuning uchun anomal bolalar o’qitilmasa yoki o’qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar yetkaziladi. psixik funktsiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi, nuqsonlar o’ta jiddiy bo’lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Oilaviy tarbiya reabilitatsiyani samarali tashkil etish omili. Oila va maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko’nikmalami shakllantirishni tahminlaydi. litimoiv adaptatsiya (yunoncha «adapto» — moslashish) — anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini tahminlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo’layotgan o’zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ulaming layoqati yetmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi. O’zbekiston Respublikasida korrektsion pedagogika (defektologiya)- ning rivojlanish tarixi Rossiya defektologiya fani bilan uzviy bog’liq bo’lib, ayni vaqtda u o’z xususiyatlariga ham ega. Bu xususiyatlar dinning o’zbek xalqi hayoti va turmushiga chuqur singganligi va o’zbek milliy mentaliteti bilan tavsiflanadi. O’zbek xalqi anomal bolalarga nisbatan insonparvar munosabatda bo’lib, ularga rahmdillik, mehribonlik ko’rsatgan. Ayni vaqtda respublikada anomal bolalar uchun maxsus o’quv muassasalari (ko’zi ojiz hamda kar bolalar uchun maktab-intcrnatlar, aqli zaiflar uchun yordamchi maktab-internatlar) faoliyat olib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni (1997-yil)ning 23-bandida psixik yoki jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalar va o’smirlarni o’qitish va davolash maxsus (ixtisoslashtirilgan) ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilishi ta’kidlab o’tilgan. O’tgan asrning 60—70-yillarida respublikada korrektsion pedagogika bo’yicha tadqiqotlar olib borish hamda defektolog pedagoglarni tayyorlash yo’lida ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 1967-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya bo’limi ochilib, ixtisoslashtirilgan muassasalar uchun pedagog-defektologlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi. Hozirgi kunda respublika olini defektologlari ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida korrektsion-rivojlantirish sinflarini tashkil etish, anomal bolalarning maktabga moslashishlari uchun yordam ko’rsatish hamda ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi muammolarni o’rganmoqdalar. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling