Urf –odat va ananalarning ijtimoiy vazifalari


Zamonaviy madaniyatda texnikaning ahamiyati


Download 44.7 Kb.
bet15/15
Sana31.03.2023
Hajmi44.7 Kb.
#1310605
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1-35

Zamonaviy madaniyatda texnikaning ahamiyati.

XIX asrda texnotsentrik dunyoqarash keng tarqalib, kishilar o’z hayotini ilmiy asosda qurishga urina boshladi. Injenerlik faoliyati tamoyillari tabiat va jamiyat hayotiga keng yoyildi. Insonning turmush jarayonidagi bunyodkorlik, tirikchilik tashvishlari o’rnini bundan buyon ixtirochilik, texnika ijodkorligi, ehtiyojlarni qondiruvchi texnika vositalari yaratish egalladi. Тabiat, inson, madaniyat kabi tushunchalar talqini sezilarli o’zgardi. Тabiat material va energiyaning bitmas tuganmas manbai, universal omborxonaga aylanib qoldi. Hatto, ta biat sirlarini o’ta chuqur anglash ham unga yaqinlashish degani emas, balki, aksincha qandaydir uzoq begonalikni, faqat texnik yondashuvni bildiradi. Insonning o’z tabiati sirlarini anglashga urinishi shunchalik qarama-qarshi natijalarga olib keladi. XIX asr insonga “koinot sardori”, “barcha narsalardan yuqori”, yorlig’ini beradi. Inson ko’proq “mexanik agregat”, “fizik kimyoviy unsurlar majmui”, “maymunga turdosh mahluq“, “turli mehnat qurollari tayyorlovchi Хomo faber” kabi sifatlar bilan atala boshlandi. Insonning o’z mexanizmi bo’lgani kabi, dunyo ham unga o’xshash ulkan mashina ishlab chiqaruvchi fabrikadir.Insonning o’zi o’rtacha mehnat unumdorligi o’lchamidagi madaniyat ijodkori. Maqsadga muvofiqlik, risoladachilik, me’yorlik insonni butunlay hayotini belgilab, uni o’rtacha, baravar qilib tanglashtiradi: maqsadlar baravarlashadi, umumhayotiy andoza, turmush tarzi qonuniylashdi, barchaning huquqi tenglashdi, ko’p sonli o’rta sinflar tenglashdi. Misli ko’rinmagan muvaffaqiyatlar ila ozodlikka erishdi, munosabat, did, odatdalar andozalashdi. Ommaviy madaniyat, hissiz, shaxssiz madaniyatlar davri keldi. 


Тexnika so’zining o’zi mahorat, san’atni anglatib, ishlab chiqarishga bog’liq yoki bog’liq bo’lmagan faoliyatni amalga oshirish uchun kishilar yaratgan vositalar yig’indisi uni belgilaydi yoki anglatadi. Insonlar jamiyati paydo bo’lishi bilan amalda texnika paydo bo’ldi, dastlabki kishining mehnat faoliyatida yordam beruvchi mehnat quroli sifatida keyin, har xil maqsadlarda ishlatiladigan texnikaning boshqa turlari vujudga keldi. Тexnikaning xususiyatlari shundaki:
1. Тexnika sun’iy ravishda kishilar tomonidan tabiatning o’zgarishi natijasida yaratilib, oqibatda oldindan yaralgan ideal andozalar moddiylikdan mujassamlanadi;
2. Тexnikaning ommaviy xususiyati - u avvalo, kishilarning amaliy extiyojlari bilan bog’liq bo’lib, shu ehtiyojlarni qodirishga xizmat qiladi;
3. Тexnikaning muhim parametrlaridan biri ratsionallik hisoblanadi, ma’lum jamiyat doirasida u yoki bu texnika qurilmasini ma’lum qadar tezroq ishlab chiqarishga mo’ljallanadi.
Тexnika madaniyatning favqulotda hodisasi sifatida jamiyat va tabiat o’rtasidagi munosabatni ta’minlaydi, u ijtimoiy madaniyat jarayonining ajralmas tarkibiy qismidir. Тexnika tarqqiyoti insonning tabiat ustidan hukmronlik qilishida va uning imkoniyatlarini kengaytirdi, madaniy va ijtimoiy o’zgarishlarni muqarrar amalga oshiradi. Madaniyatda texnikaning o’rni xususida turlicha qarashlar mavjud.
Yevropada XVIII -asr oxirlaridanoq texnikaning halokatli ta’siri haqida xabarlar tarqala boshladi. Тurli falsafa maktabining vakillari texnika sivilizatsiyasi, uning qattiq, “temr sur’ati”, beshafqat va axloqsizligini ta’kidlab, hayot, tabiat, insonga xurmatsizligini qattiq tanqid qila boshladilar. ular jamiyatda texnikada sig’inish, uni ilohiylashtirish holati sodir bo’layotganiga, texnika zamonaviy sivilizatsiyaning ofati bo’lajagiga o’z e’tiborlarini qaratdilar. Тexnikaning nazoratsiz taraqqiy etishi ekologik muammolarni tug’dirdi, harbiy sanoat komplekslarining keng rivojlanishiga sabab bo’lib, oqibatda insonni texnikaning ijro qismiga aylantirib qo’yadi.
Agar nazoratchilarning bir qismi texnikaga pessimistiknazar bilan qarab, an’anaviy jamiyatga qaytishni yagona yo’l deb qarashayotgan bo’lsalar, boshqalari esa texnikaning agressivligi va murosasizligini ta’kidlab inson bunday sharoitda faqat bitta iloji bo’lgan usul bilan qarshi turishi mumkin, ya’ni kuchi yetganicha texnomadaniyatning parchalanishiga yordam berishi kerak deb hisoblaydilar.
Download 44.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling