Urf –odat va ananalarning ijtimoiy vazifalari
Urf-odat va analarni shakllanishga tasir etuvchi omillar
Download 44.7 Kb.
|
1-35
Urf-odat va analarni shakllanishga tasir etuvchi omillar.
Jamoa orasida xodimni rahbar, mehmondorchilik paytida esa, mehmonni xonadon egasi tanishtiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, tanishuv paytida orada begonalar bo’lsa, ularni e’tiborsiz qoldirib, eski tanishlar, do’stlar bilan uzoq ko’rishib, ularni kuttirib qo’yish yaxshi emas. Agar tanishishning zarurati kelib qolsa-yu tanishtiradigan odam bo’lmasa, o’zingiz bu vakolatni zimmangizga olishingiz mumkin. Oila a’zolari tanishtirilayotganda, ularning ismlarini aytib, “rafiqam”, “qizim”, "o’g’lim” deb tanishtirganingiz ma’qul. Ota-onalarga esa buning aksi bo’ladi, ya’ni boshqalar ota-onalarga tanishtiriladi. Tanishtirishdan awal tanishtirayotgan kishingizning ismini aniq bilib oling va tanishtirayotganda uning ismini chiroyli talaffuz qiling. Yaxshi bo’lardi, agar har bir ismning ortiga ismiga mos ravishda “jon”, “bek”, “xon”, “ali”, “boy” kabi qo’shimchalarni qo’shib aytilsa. Biroq Gavhar ismini «Govxar”, Shavkat ismini «Shovkat”, Latif ismini “Latip” deb aytish ismning asl matnidagi ma’nosiga mutlaqo ziddir. Zero, forscha «Gov”-mol, “Xar”-eshak ma’nolarini anglatadi. Ko’rishish etiketi. Ko’rishish etiketi qoidalari milliy xususiyatlardan kelib chiqib, turli xalqlarda turlicha ko’rinishlarga ega. Ko’rishish salomlashish, bosh qimirlatish, quchoq ochish, qo’l berish, qo’lni ko’ksiga qo’yish va hatto o’pishish orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon hindlarda kaftlarni juftlab, peshonasining o’rtasiga tekizish bilan, afg’onlarda o’ng qo’lini manglayiga tegizib, ta’zim qilish bilan, tibetliklarda bir-birlariga qarab tillarini chiqarish bilan, o’zbeklarda qo’lni ko’ksiga qo’yish bilan ko’rishiladi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, ko’rishishning yuqoridagi shakllaridan biri tanlanadi. Ko’rishayotganingizda suhbatdoshin-gizga yaxshi niyatda ekanligingizni ko’rsatigshga harakat qiling. Bildirayotgan tilaklaringiz, mulohazalaringizni samimiy bayon eting, fikrlaringiz soxtalikdan yiroq bo’lsin. Ko’rishish etiketiga ko’ra, yoshi kichik erkak yoshi katta ayol (tanishi, hamkasbi, qarindoshi) bilan uchrashganda birinchi bo’lib mulozamat bildirishi lozim. Agar ayol kishi erkaklar bilan ketayotgan paytda dugonasini ko’rib qolsa, bu holatda dugonasiga birinchi bo’lib mulozamat qilishi kerak. Garchand, ayollarning erkaklar bilan qo’l berib so’rashishlari xalqimiz tabiati (mentaliteti)ga xos bo’lmasa-da, zamonaviy etiket bu jarayonni me’yor darajasida chetlab o’tadi. Zero, ishlab chiqarish korxonalarida, ta’lim muassasalarida, davlat tashkilotlarida erkaklar bilan birga xizmat qilayotgan ayollar bunday vaziyatlar bilan tez-tez to’qnash keladilar. Lekin erkaklar ayollar bilan ko’rishar ekanlar, nigohlarini ayolga “eb qo’ygudek” qihb tikilishlari kulgili holatlarga olib kelishi mumkin. * Agarda air recha adamlar ro’lgan nonaga airib, lurdan niri bilan qo’l berib ko’rishdingizmi, endi boshqalar bilan ham qo£l berib so’rashishingiz shart. Yo’qsa, mutanosiblik buzilib, bu ayrim kishilarni sizdan ranjishiga olib keladi. Yo’lda uchragan ayol bilan qo’l uzatib ko’rishishga to’g’ri kelib qolsa, ayol qo’lqopini echmasligi mumkin, ammo erkak, albatta, echib ko’rishishi lozim. Restoran, qahvaxona, oshxona va choyxonalarda tasodifan uchrashib qolgan tanishlaringiz, agar ular uzoqroqda bo’lishsa, ularga boshingizni silkitib qo’yishingiz kifoya qiladi. Agar ayollar qurshovida bo’lsangiz, ular bilan umumiy tarzda bir marta salomlashib qo’yiladi. Etiketning buzilishi ko’rishuvning muvozanatini iz-dan chiqarib yuborishi mumkin. Jamoat orasida zinhor baland ovozda tanishlaringiz bilan ko’rishmang, bu madaniyatsizlik alomatidir. Suhbatlashish etiketi. Muomala suhbatlashishishning eng muhim vositasidir. Bunda ham umume’tirof etgan qoidalar mavjud. Suhbatdoshning gapini bo’lmasdan eshitish nafaqat hurmat belgisi, balki insonning ziynati hamdir. Suhbatdoshingizni tinglayot-ganingizda, iloji boricha boshqa narsalarga e’tibor qaratmaslikka harakat qiling, aytayotgan gaplarini tasdiqlash ma’nosida boshingizni silkitish, “darhaqiqat”, “to’g’ri”, “topib aytdingiz», “men ham qo’shilaman”, “chiroyli ta’rifladingiz” kabi ma’qullash ma’nosidagi so’zlarni aytishni unutmang. Sizga gapirayotgan odamga teskari qarab o’tirish, gapirayotgan paytda biror narsani o’qib turish, bir vaqtning o’zida boshqa kishi bilan gaplashish, hadeb soatga qarayverish, es-nash, cho’ntak kavlash yo boshqa shu kabi mayda-chuyda harakat-larni qilish suhbatga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Download 44.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling