Urf-odatlar va umrguzaronlik
Download 15.16 Kb.
|
Milliy Urf-odatlar va umrguzaronlik
Aim.uz Urf-odatlar va umrguzaronlik. Reja: 1. Urug‘, ajdod, sulola shajarasini bilish. 2. Yangi xovliga ko‘chib kirish urf-odatlari 3. korxat o‘yin odati. 4. Gap-gashtak odatlari.
1. Ajdodlarimiz sulola, shajarasi qanday bo‘lgan? 2. O‘z sulola va shajarangizni bilasizmi7 3. Yangi xovliga ko‘chib kelish urf-odatlari qanday? 4. Yangi xovliga ko‘chib o‘tishda amal qilinadigan uch narsa nimadan iborat? 5. Qorxat olganmisiz? 6. Qorxatning qoidasi va shartlarini bilasizmi? 7. “Gap-gashtak” nima sababdan odatga aylangan? 8. “Gap-gashtakni” ma’nosini tushuntirib bering?
M.Sattor “O‘zbek udumlari” o‘zbekiston”-1993y. X.Ismoilov “O‘zbek to‘ylari” Fan-1992y.
Qadimgilar o‘z shajara, urug‘, sulola, ajdodlarini yaxshi bilishgan. turkiy xalqlar uch katta bo‘lakka: qorluq-chigil, qipchoq va o‘quz singari urug‘larga bo‘linadi. Ota-bobolar o‘z nasl-nasab, urug‘, sulola, shajaralarini avlodlar osha saqlab qolib, mustaxkamlashga, obro‘yi, mavqeini oshirishga butun umr bo‘yi xarakat qilganlar. Shajara ma’lum bir oilaning, avlodning qaysi urug‘dan kelib chiqqanligi, qaysi avlodlarni o‘z tarkibiga kiritishga qarab belgilangan. Sulolar xunariga qarab ’am belgilangan. Masalan, temirchilar sulolas, sandiqsozlar sulolasi, nonvoyla sulolasi va xokazo. O‘zbek xalqining mash’ur shajaralaridan Temuriylar shajarasidir. Bu avlod barloslar urug‘iga mansub bo‘lib quyidagilarga bo‘linadi: Baxodir tarag‘ayning o‘g‘li Amir Temur, Amir Temurning o‘g‘li Shoxrux Mirzo, uning o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek, Ulug‘bekning o‘g‘li Shoxrux Mirzo, uning o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek, Ulug‘bekning o‘g‘li Abdulatif va xokazo. Xozirgi zamonda xam xar bir odam o‘z sulolasini, shajarasini to‘la aniqlab, o‘rganish zarur. Sulolaning an’analarini saqlash zarur. Yangi xovliga ko‘chib kirish urf-odatlari. Oila-xonadon boshpana bilan tirik. O‘zbek xonadonlari azaldan serfarzand, katta ro‘zg‘or bo‘lib kelishgan. yangi oila, chngi ro‘zg‘or tashkil bo‘lgan. O‘g‘ilni uylantirishgan, qizni chiqarishgan, uylanish oldidan yangi uy qurilgan. uyga ko‘chib chiqishni o‘z rasm-rusmlari bo‘lgan. Yangi uyning tomi yopilishi bilan sardevor ustida xo‘roz, tovuq kurka singari jonlik so‘yilib xudo yo‘liga qon chiqarilgan. Yaxshi niyat bilan ostona ostiga qum, tosh to‘ldirilgan xum, ko‘za ko‘milgan. Bu ostonasi oltindan bo‘lsin, xonadon baraka, boylik arimasin degan ma’noni bergan. Yangi uyning ko‘zga ko‘rinarli joyiga, isiriq, tikanak osib qo‘yiladi. Yangi uyga ko‘chishda albatta jonlik so‘yiladi. Uch narsaga doimo amal qilingan. Birinchisi ostonadan tuz olib kirilgan, ikkinchisi non-un, uchinchisi ko‘zgu-oyna olib kirilgan. Bu bilan yangi uyga risq-ro‘zli, turmush oynaday ravshan degan ma’no anglatilgan. yangi uyga ko‘chib kirish marosimi xovli to‘yi, uy to‘yi, xudoyi marosimi bilan yakunlanadi. qorxat o‘yin odati. Qish-kadimda dam olish fasli xisoblangan. Ana shunday qish bayramlaridan biri qorxat o‘yinidir. Qorxat odati ajdodlarimiz yozuv madaniyatiga erta ko‘chganlaridan dalolat beradi. Ular o‘zlarining serximmat, qo‘li ochiq, saxiy ekanliklarini bu odat vositasida namoyish qilishagn Qorxat birinchi qor yoqqan kuni yozgan tomonning vakili xatni egasiga yetkazib berarkan, boshqa bir gapni baxona qilib, su’bat orasida ushbu maktubni unga berib qo‘yishni tayinlaganini bildirib, qorxatni topshirgan. So‘ng yugurguncha orqaga-belgilangan marragacha qochgan. Agar qorxat olgan odam belgilangan masofagacha quvib yetib olsa xatdagi shartlarni qorxat yozgan tomon bajargan, yeta olmasa xat olgan tomon bajargan. Qorxat shartlarida katta ziyofat borish uchun ’am bayram tusini olgan. Shoirlar, dostonchilar, xofizlar qatnashganlar. Qorxat xalqimizning sevimli urf-odatidir. Gap-gashtak odatlari. Gap-gashtak tengdosh, maxalladosh, xizmatdosh, maslakdosh dzstlar bilan to‘planishib o‘tkaziladi. gap-gashtaklar nomi azaldan “izdixom”, “davra”, “gap”, “gashtak”, “gap o‘ynash”,”osh”, singari ma’nodosh so‘z iboralar bilan atalib kelgan. Qishloq joylarda ko‘proq bu odat rasm bo‘lib, qish kunlarida o‘tkazilgan. Gap-gashtak baxonasi bilan do‘stlar maslaxati, oilaviy jamoa ishlari ommaviy marosimlarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Teng-tengi bilan deganidek keksa namozxon otaxonlar, yosh yigitlar, o‘rta yoshlilar aloxida-aloxida gap-gashtakka birlashganlar. Xozirgi payitda oilaviy gap-gashtaklar xam muxim o‘rin tutmoqda. Bugungi kunda gaplarning mazmuni xam ancha o‘zgarib ketdi. Xozir gaplar “osh” deb atalib, ko‘chma tarzda xam o‘tkazilaveradi. Nima bo‘lganda xam yaxshi niyat bilan, xush axloqu birdamlik, mexr-oqibatga yo‘g‘irilgan, bizning zamonlarimizgacha yetib kelgan. Yangi-yangi shakllarda o‘z xayotini davom ettirayotgan qadimiy odatimiz gap-gashtakni saqlab qolib, kelgusi avlodlarga yetkazish muqaddas burchimizdir. Download 15.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling