Nazariy tushuncha.Sinf mebellariga qo’yiladigan gigiena talablari: ta’lim tarbiyaning, mehnat ta’limining samarali bo’lishida sinf xonalarning va laboratoraiyalarning jihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo’yi, yoshi va tana proporsiyalari, fiziologik xususiyatlariga mos bo’lishi kerak. Sinf xonasining asosiy jihozi parta. Partalarni o’quvchilarga mos tanlash, ularni partaga to’g’ri o’tkazish, ularni qad- qomatining shakillanishida muhim ro’l o’ynaydi. Parta bir va ikki o’rinli qilib yasaladi. Har bir partaning suyanchig’i o’tirg’ichi, masofasi va differensiyasi, yozuv stoli qismlari bo’ladi. Partaning suyanchig’i bola bel-dumg’aza qismining qo’shimcha tayanishini ta’minlaydi. Suyanchiq bola umurtqa pog’onasining bel egriligiga mos kelishi kerak. Bola partaga to’g’ri o’tirganda, parta qirg’og’i bilan ko’kragi orasida 3-5 sm masofa qolishi kerak. Suyanchiq oralig’i- garizantal bo’yicha kursi suyanchig’iga bo’lgan masofa o’quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm ortiq bo’lishi kerak. Masofa musbat, manfiy, nol bo’lishi mumkin. Suyanchiq oralig’i oshib ketsa, o’quvchi ishlayotganda kursi suyanchig’iga tayana olmaydi va bukilib o’tiradi. Suyanchiq oralig’i kamayib ketsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi cheti o’tirg’ichdan 3-5 sm o’tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli (qirg’og’i) 15-25 0 qiyqroq qilib tayyorlanadi. Bu ko’rishni yengillashtiradi, kitob biroz qiya qilib qo’yilganda pastki qator bilan yuqori qatorda ko’z bilan kitob orasidagi masofa bir xil bo’ladi. Kitob garizantal qo’yilsa, o’qilganda ko’z moslashishi bir necha marta o’zgaradi.
Ushbu mavzu bo’yicha xulosa chiqaring.
Nazorat savollari.
1.Sinf jihozlariga nimalar kiradi?
2.Sinf jihozlarini gigienik baholashda nimalarga e’tibor berish kerak?
3.Sinf partalari o’quvchiga mos holda bo’lishi uchun qanday tuzilishda bo’lishi kerak?
MAVZU: “PARTA TURLARI VA ULARNING NOMЕRLARINI ANIQLASH.”
Darsning maqsad:Parta turlari va ularning nomеrlarini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |