Urganch 2022 Erkaklar shimini ishlab chiqarish texnalogik jarayonini loyixalash Kurs loyihasining maqsadi va vazifalari. Kurs loyihasi «Texnologik jarayonlarni loyihalash»


YENGIL SANOATNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA TAYYOR MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI RAG`BATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA


Download 496 Kb.
bet2/10
Sana23.08.2023
Hajmi496 Kb.
#1669314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Urganch 2022 Erkaklar shimini ishlab chiqarish texnalogik jarayo

YENGIL SANOATNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA TAYYOR MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI RAG`BATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA
So`nggi yillarda respublikada yengil sanoatning to`qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo`ynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo`llab-quvvatlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ko`rilgan chora-tadbirlar respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 80 foizdan ko`prog`ini va ip kalavaning 45 foizdan ko`prog`ini qayta ishlash bo`yicha quvvatlarni yaratish, shuningdek, 2018-yilda tayyor mahsulot eksport hajmini 1,6 milliard AQSh dollariga yetkazish imkonini berdi.
Charm-poyabzal va mo`ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalar mahalliy tayyor charm ishlab chiqarish hajmini 6 foizga va krast bosqichidagi charm ishlab chiqarish hajmini 44 foizga oshirish imkonini yaratdi.
Shu bilan birga jahon bozorlaridagi raqobatning kuchayishi, texnologiyalarning rivojlanishi va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining kamaytirilishi ushbu sohalarni rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini talab etmoqda.
Yengil sanoatning jadal va barqaror rivojlanishini ta`minlash, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali birinchi navbatda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo`lgan yuqori qo`shilgan qiymatga ega to`qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo`ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida bozor talablaridan kelib chiqqan holda yuqori qo`shilgan qiymatga ega to`qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo`ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020 — 2025-yillarga mo`ljallangan maqsadli parametrlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
2019-2020-yillarda yengil sanoatning to`qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo`ynachilik sohalarini qo`llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish bo`yicha “Yo`l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O`zto`qimachiliksanoat” va “O`zcharmsanoat” uyushmalari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlarning bajarilishini so`zsiz ta`minlashga qaratilgan investitsiya loyihalari ro`yxatini tasdiqlasin.
2. Belgilab qo`yilsinki:
a) O`zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN bo`yicha 4104, 4105, 4106 21 000 0 kodlari) olib chiqishda 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida yig`im undiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) O`zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022-yil 1-yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023-yil 1-yanvardan — 0,1 AQSh dollari, 2025-yil 1-yanvardan — 0,2 AQSh dollari miqdorida yig`im undiriladi;
(2-bandning “b” kichik bandi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-fevraldagi PQ-4982-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) mazkur bandning “b” kichik bandida ko`rsatilgan mablag`larning (trikotaj mato eksportidan undirilgan yig`imlar bundan mustasno) 5 foizi, “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasining alohida bank hisob raqamiga quyidagilar uchun yo`naltiriladi:
(2-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-53-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma`lumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 06/22/53/0052-son)
to`qimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari korxonalarida xalqaro standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash bo`yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
tarmoq korxonalarining xalqaro ko`rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bog`liq xarajatlarini qoplash;
ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jumladan ularni xorijga o`qish uchun yuborish;
“O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning ijro etuvchi apparati xodimlarini moddiy rag`batlantirish, shuningdek, Uyushmaning xorijiy vakolatxonalarini saqlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
“O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi a`zolari umumiy yig`ilishining qarori bilan belgilangan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar.
“O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu bandning “v” kichik bandida ko`rsatilgan mablag`lar bo`yicha daromadlarni shakllantirish va mablag`lardan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizom loyihasini kiritsin hamda unda har yili daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlanishini, shuningdek, ushbu mablag`lardan maqsadli foydalanilishi ustidan Uyushma a`zolarining umumiy yig`ilishi va O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazorat olib borilishini nazarda tutsin.
3. 2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o`rnatilsinki, unga muvofiq:
hisobot davri natijalari bo`yicha yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam bo`lmagan eksport ulushiga ega bo`lgan korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk solig`ini to`lashdan ozod etiladi;
to`qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo`ynachilik sohalari korxonalarining foyda solig`i bo`yicha soliqqa tortiladigan bazasi yetti yil
davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish bo`yicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi;


Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling