Urganch 2022 Erkaklar shimini ishlab chiqarish texnalogik jarayonini loyixalash Kurs loyihasining maqsadi va vazifalari. Kurs loyihasi «Texnologik jarayonlarni loyihalash»


Download 496 Kb.
bet3/10
Sana23.08.2023
Hajmi496 Kb.
#1669314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Urganch 2022 Erkaklar shimini ishlab chiqarish texnalogik jarayo

Oldingi tahrirga qarang.
chorva mollarini so`yish bo`yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarga ega va ularni yangidan ishga tushirayotgan tashkilotlar va terini qayta ishlovchi korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar yer solig`i to`lashdan ozod etiladi;
(3-bandining to`rtinchi xatboshisi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-fevraldagi PQ-4982-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son)
“O`zto`qimachiliksanoat” va “O`zcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy konsultantlari, shuningdek, to`qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo`ynachilik sohalari korxonalarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xorijiy mutaxassislar O`zbekiston Respublikasidagi daromad manbalari bo`yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida to`laydi.
4. Belgilansinki, “O`zpaxtasanoat” AJ tomonidan 2018 — 2020-yillar hosilidan paxta tolasini mahalliy to`qimachilik korxonalariga birja savdolarida milliy valyutaga sotish mahsulot yuklab jo`natilgan kundan 90 kun mobaynida yakuniy hisob-kitob qilgan holda 35 foiz oldindan to`lov asosida amalga oshiriladi.
5. “O`zpaxtasanoat” AJga paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga sotish nazarda tutilgan paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarining baholash qiymatidan quyidagi chegirmalarni taqdim etish masalasida paxta tozalash zavodlarining boshqaruv organlarida tashabbus bilan chiqish tavsiya etilsin:
bir yil mobaynida to`langanda — 50 foiz miqdorida;
ikki yil mobaynida to`langanda — 40 foiz miqdorida;
uch yil mobaynida to`langanda — 30 foiz miqdorida.
Bunda paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarining chegirmalarni hisobga olgan holdagi bahosi ularning balans qiymatidan past bo`lishi mumkin emas.
6. Belgilansinki:
paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarining paxta xomashyosini yetishtirish bo`yicha xarajatlarini moliyalashtirish uchun 2019-yilda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash jamg`armasining (keyingi o`rinlarda — Jamg`arma) kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar faqat 11 oy o`tganidan so`ng qaytariladi, har bir transh uchun qaytarish muddatini hisoblash esa paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga mablag`lar kelib tushgan paytdan boshlanadi. Xuddi shunday tartib tijorat banklari tomonidan Jamg`arma kredit resurslarini qaytarishda ham qo`llaniladi;
paxta urug`lik chigitini ishlab chiqarish paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin;
paxta-to`qimachilik ishlab chiqarishi va klasteri doirasida o`z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilayotgan paxta tolasini sertifikatlash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
7. Tijorat banklariga paxta xomashyosini yetishtirish va yig`ib olishni moliyalashtirish uchun valyuta kredit liniyalari jalb qilinishini ta`minlash tavsiya etilsin.
8. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kelgusi yil uchun paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari va g`o`zani navlari bo`yicha joylashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorlari oldingi yilning 1-oktabridan kechiktirmasdan qabul qilinishini ta`minlasin.
9. Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi O`zbekiston-Koreya o`quv-amaliy to`qimachilik texnoparki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxat bo`yicha o`z ehtiyojlari uchun olib kiradigan, O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta`minotlar uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona to`lovlaridan (bojxona yig`imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Toshkent viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma`muriy kengashi bir oy muddatda Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi O`zbekiston-Koreya o`quv-amaliy to`qimachilik texnoparkining buyurtmanomalariga binoan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududidan to`qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratilishini ta`minlasin.
10. O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda to`qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo`ynachilik sohalari korxonalarida zamonaviy tozalash inshootlari qurishni va mavjudlarini modernizatsiya qilishni moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar, xalqaro hamda xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar bank tuzilmalarining texnik ko`mak mablag`larini (grantlarini) jalb etish bo`yicha tegishli choralarni ko`rsin.
11. Toshkent shahar hokimligi “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasiga mahalliy to`qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning doimiy faoliyat ko`rsatuvchi ko`rgazma maydonchasini tashkil qilish uchun Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko`chasi, 44-b uy manzilida joylashgan uch qavatli binoni unga tutash hududi bilan balans qiymatida topshirsin.
12. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o`zgartirishlar va qo`shimcha kiritilsin.
13. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-oktabrdagi “To`qimachilik sanoati xomashyo bazasini diversifikatsiya qilishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3314-son qarori o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.

Download 496 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling