Urganch avtomobil va yo`llari texnikumi


Diagnostikaning asosiy vazifalari quydagilardan iborat


Download 365.85 Kb.
bet5/10
Sana22.04.2023
Hajmi365.85 Kb.
#1377464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Avtomobil

2. Diagnostikaning asosiy vazifalari quydagilardan iborat

-avtomobil, uning qismlari, agregat va ayrim mexanizmlarining umumiy texnik holatini baholash;


-avtomobil yoki uning qismlaridagi buzuqlikning paydo bo’lgan joyi, sababi va turini aniqlash;
-avtomobil egasining talabnomasida ko’rsatilgan yoki TXK va ta’mirlash ishlari vaqtida topilgan qism yoki agregatlarda paydo bo’lgan buzuqlik va raddiyatlarni tekshirib ko’rish va aniqlash;
-avtomobilni davlat davriy texnik ko’rigiga tayyor ekanligini aniqlash;
-bajarilgan TXK va ta’mirlash ishlarining sifatini aniqlash;
Diagnostika ishlarining oldiga qo’yilgan ushbu vazifalarni bajarish mas’uliyati ATXKS yoki ATK texnik rahbari zimmasiga yuklanadi.
Avtomobil transporti yoki uning agregatlarida sodir bo’ladigan raddiyat va buzuqliklar asosan shovkin, har xil tovushlar chiqishi, bosimning tez-tez o’zgarishi, dvigatel quvvatining pasayishi va to’tab ishlash kabi alomatlar orqali namoyon bo’ladi. Bunday alomatlar diagnostik parametrlar sifatida xizmat qiladi.
Diagnostik parametrlar orqali avtomobil agregatlarining ishlash qobiliyati va texnik holati xaqida ma’lumotlar olish mumkin.
ATXKS larda ikki xil diagnostika qo’llaniladi (1-rasm)
-kompleks diagnostika. Ya’ni avtomobilning barcha parametrlari mavjud bo’lgan o’lchov jihozlarining imkoniyatlari darajasida tekshiriladi.
-qisman tanlab diagnozlash, ya’ni avtomobil egasining ko’rsatmasiga asosan sodir bo’lgan buzuqliklar tekshiriladi. Bunday xollarda avtomobilning qism va agregatlari alohida-alohida tartib bilan diagnozlanadi va bu ishlar avtomobil egasining xohishiga

ATK larda ham ATXKS kabi ikki xil diagnostika turlari qo’llaniladi:


-umumiy diagnostika-(Д-1);
-qisman (Elementlararo) diagnostika-(Д-2)
Umumiy diagnostika Д-1 avtomobil harakat xavfsizligini ta’minlovchi mexanizmlarni diagnozlashga qaratilgan va TXK-1 paytida yoki undan oldin bajariladi.
Qisman (elementlararo) diagnostika (Д-2) TXK-2 va ta’mirlash ishlaridan avval o’tkaziladi va avtomobilь agregatlaridagi hali sodir bo’lmayotgan buzuqliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va joylarni topish uchun xizmat qiladi.
Diagnozlash jarayoni quyidagi etaplarni o’z ichiga oladi.

  1. Avtomobilьning texnik holatini ifodlovchi diagnostik parametrlarini o’lchash.

  2. O’lchangan diagnostik parametrlarni me’yoriy yoki oxirgi holat qiymatlari bilan taqqoslash.

  3. Mexanizm yoki agregatning texnik holati to’g’risida hulosa tayyorlash.

  4. Agregat yoki mexanizmning oxirgi holatga yetib kelgunga qadar xizmat muddati yoki qoldiq resurs qiymatlarini aniqlash(prognozlash).

ATXKS ishlab chiqarish jarayonlarida quyidagi diagnostika usullari qo’llaniladi.

  • avtomobilь egasi tomonidan aytilgan diagnostika Д3

  • avtomobilьni ATXKSga qabul qilishdagi diagnostika Дп

  • TXK va ta’mir ishlari jarayonida qismlarni sozlash uchun bajariladigan texnologik diagnozlash Др

  • Nazorat qilish uchun diagnozlash Дк

Avtomobilьni egasi tomonidan aytilgan diagnostika (Д3) ATXKSda keng tarqalgan bo’lib, avtomobilьni qabul qilish paytida xujjatlashtiriladi. Bunday diagnostika usuli avtomobilь egasining ishtirokida bajrilishi maqsadga muvofiq bo’lib, avtomobilьning texnik holati to’g’risida egasidan qo’shimcha ma’lumotlar olish imkoniyati bo’ladi. Д3 diagnozlash uchastkalarida yoki maxsuslashtirilgan postlarda bajariladi. (Masalan g’ildiraklarni o’rnatish va balansirovkalash posti). Ba’zi xollarda D3 bajarilayotgan joyning o’zida ayrim buzuqliklar bartarf etiladi. D3 usulidagi diagnostikaning oxirgi natijasi diagnozlash nazorat kartasi hisoblanadi. Bu kartaga diagnostika natijalari va aniqlangan buzuqliklarni bartaraf etish tavsiyalari yozib qo’yiladi.
Avtomobilьni qabul qilish postidagi diagnostika Дп avtomobilьning texnik holati va bajariladigan ishlar hajmini aniqlash uchun o’tkaziladi. SHuning bilan birga ishlar hajmi asosan avtomobilь egasining ko’rsatmasiga ko’ra belgilanadi. Дп natijalariga asosan avtomobilьning ishlab chiqarish uchastkalarida bo’lish marshro’ti belgilanadi va harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi agregat, qismlar diagnozlanadi. TXK va ta’mirlash ishlari vaqtida diagnozlash Др qismlarni sozlash va nazorat qilish hamda TXK va ta’mirlash ishlarining qo’shimcha hajmini aniqlash uchun o’tkaziladi. TXK va ta’mirlash ishlari jarayonida diagnostikani qo’llash nazorat va sozlash ishlari, mehnat sarfini kamaytirish, ularning sifatini oshirish va agregat mexanizmlarni qismlarga ajratmay ta’mirlash qilish imkoniyatlarini paydo bo’lishiga zamin yaratadi.
Nazorat diagnostikasi Дк avtomobillar uchun ATXKSda bajariladigan TXK va ta’mirlash ishlarining sifatini baholash maqsadida o’tkaziladi.



Download 365.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling