Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua
Download 2.14 Mb.
|
M.t.t et.Majmua-2022
1 bosqich – loyihani tayyorlash: loyiha mavzusi va maqsadi aniqlanadi; talabalar o‘qituvchi bilan birgalikda loyihani muhokama qiladi va konsultatsiya (loyihani bajarishga oid yo‘l-yurik ko‘rsatish maqsadida beriladigan maslahat, yordam, o‘tkaziladigan suhbat va mashg‘ulot) oladi; o‘qituvchi loyihani bajarish istiqbollarini ochib beradi, maqsadlarini tushuntiradi va maslahat beradi.
2 bosqich – rejalash: axborot manbalarini, axborot tuplash va tahlil qilish usullarini, hisobot shakllarini, natija va jarayonni baholash mezonlarini aniqlash, vazifalarni taksimlash (loyihani guruh bilan bajarishda) talabalar ish rejasini ishlab chikadi va vazifalarni aniq ifodalab ta’riflaydi, o‘qituvchi esa reja va vazifalarga tuzatishlar kiritadi, o‘z fikrini taqlif etadi, natijani oldindan bashorat qilishga yordam beradi. 3 bosqich – tadqiqot; axborot tuplash, qo‘yilgan masalalarni yechish; talabalar tadqiqot o‘tkazib, oralik va sungi vazifalarni hal etadi, o‘qituvchi esa bu ishlarni kuzatib boradi, zarur bo‘lganda yordam va maslahat beradi. Axborot manbai sifatida intervyu, surok, kuzatish, tajriba, ma’lumotnoma adabiyotlar bilan ishlash va b. dan foydalaniladi. 4 bosqich – tadqiqot natijalarini umumlashtirish: axborotni tahlil qilish, xulosalar va taqliflarning mantiqiy tuzilish shaklini belgilash va ifodalash; o‘qituvchi maslahat beradi. 5 bosqich – hisobot (natijalarni topshirish): og‘zaki ma’ruza, referat, kurs ishi yoki kurs loyihasi, stendga qo‘yiladigan material, yozma hisobot, kitob, risola va x.k. Talabalar hisobot beradi, doklad qiladi, o‘qituvchi esa talabalar bilan bab-baravar va ekspertlar bilan birgalikda eshitadi, savollar beradi va to‘g‘rilaydi. 6 bosqich – natijalar va jarayonni (loyihaning tugallanganligini) baholash: talabalar loyiha qatnashchilarining (ba’zan, o‘zining xam) reytingini baholash va aniqlashda qatnashadi; o‘qituvchi talabalar va ekspertning ishini baholaydi, bunda loyiha qatnashchilarining fikrini nazarga oladi, keyingi tadqiqotlarni bajarish uchun dalillar keltiradi. Informatsion texnologiyalar davrida telekommunikatsion loyihalar eng istiqbolli buladi. Bunday loyihalar: tadqiqot shaklida; ijodiy; informatsion; amaliyotga qaratilgan; tabiiy fanlar; o‘quv o‘yinlari va b. bo‘lishi mumkin. Telekommunikatsion loyihalarni amalda qo‘llanish shakli telekonferensiyalar, qatnashchilarning «kompyuter-kompyuter» yordamida telekommunikatsion sinxron aloqa orqali yozishmalari va x.k. dan iborat. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling