Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua
Download 0.94 Mb.
|
M.t.t et.Majmua-2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisiga qo’yiladigan talablar. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish. Pedagogik texnologiyalar – ta’lim texnologiyalari sifatida.
- Tayanch tushunchalar
Muhoqama uchun savollar
1.Texnologiya va texnologik jarayon haqida tushuncha bering. 2.Sanoatda texnologiya tushunchasining mohiyatini oching. 3.Pedagogika nazariyasi va tarixiga hissa qo‘shgan olimlardan qimlarni bilasiz? 4.Ularning pedagogik faoliyatini o‘rganing. MA’RUZA № 4 4-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisiga qo’yiladigan talablar. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish. Pedagogik texnologiyalar – ta’lim texnologiyalari sifatida. Reja: Pedagogik texnologiyalarni tasniflanish usullarini mohiyati.Pedagogik tizimlar va ularning shakllari haqida tushuncha Ta’lim tizimlariga umumiy tavsif G.K.Selevko bo‘yicha tasniflash usuli. Pedagogik texnologiya tamoyillari. Tayanch tushunchalar: Ta’lim tizimi – davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining eng ma’suliyatli bosqichi- ijtimoiy, siyosiy va iktisodiy hayotning keskin burilish davrini boshdan kechirmokda. XX asr tugab, jamiyatimiz xar bir fuqarosi XXI asri ibtidosida, ortda qolgan yillarni sarhisob qilish va kelajak hayotning turli jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelish ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi. Bunday xollarda jamiyat ijtimoiy rivojining ilmiy asoslangan istiqbolli rejasini tuzib, uning ustuvor yo‘nalishilarni belgilab olish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Arastu o‘z vaqtida aytganidek, har doim va har bir joyda ezgulikka erishi ikki shartning bajarilishiga: har qanday faoliyat yakunidagi maqsadni to‘g‘ri belgilashga pirovard maqsadga erishi chora-tadbirlarini izlab topishga bog‘liqdir. Ilmiy tilda buni faoliyatning metodologik asosini aniqlash va maqsadga Ytishish usul va uslublarini to‘g‘ri belgilash deyiladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, ko‘p marotaba ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganib, ularning o‘quv muassasalarimizga olib kirish zarurligini uqtirilgan. Pedagogik texnologiyani o‘quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDHga kiruvchi mamlakatlar ichida birinchilar qatorida ilmiy asoslab bergan Rossiyalik olim BP.Bespalkoning fikricha, «Pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsni shakllantirish jarayoni loyihasidir». pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib pedagogikada ijtimoiy-muxandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy asosi standart xolga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq xodisadir. Pedagogik texnologiyaning an’anaviy uslublaridan asosiy farki, uning to‘la - to‘kis majmualar nazariyasi qonuniyatlaridan kelib chikkanligidadir. Pedagogik texnologiyaning avvalgi uslublaridan afzalligi, u ta’lim jarayonini bir butunlikda kurib, ta’lim maqsadi, uning mazmuni, bilim berish usullari va vositalari xamda ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchilarni majmuaga keltirib, ta’lim bosqichlarini loyihalab, ta’lim jarayonini nazorat qilish va ta’lim jarayonini baholash kabi qismlarni o‘zaro uzviy bog‘lab majmuaga keltirib turib, uning loyihasini tuzishidadir. Uning an’anaviy usullaridan keyingi farqi, talabalarning o‘zlariga berilgan bilimni yodlab olib aytib berishiga emas, balki ta’lim va tarbiya jarayonining yakunida amaliy ishlarni bajarishga yo‘naltirilganidadir. Pedagogik texnologiyaning boshqa ta’lim uslublaridan navbatdagi farqi, uning yordamida o‘quv jarayonini tashkil etilganda, dars natijasi bilim beruvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq emasligidadir. Ilmiy asoslanib, yaxshi loyihalashtirilgan pedagogik texnologiya bo‘yicha xar qanday o‘qituvchi xam, a’lo bo‘lmasa-da yaxshi dars o‘tadi. Chunki pedagogik texnologiyani pedagogik olim metodik va ilg‘or tajribali o‘qituvchilar tuzadi, shu bois ularning pedagogik mahorati pedagogik jarayon loyihasida o‘z ifodasini topgan buladi. Avvalgidek, «darsdan ko‘zlangan maqsad ob’ektiv sabablarga binoan Ytib bo‘lmaydi» yoki «kutilmagan omillarga binoan dars buzildi» va shunga o‘xshash gaplarda pedagogik texnologiyada o‘rin yo‘q. Pedagogik texnologiya - bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarni samarali shakllaniruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini majmua sifatida kurib, uni tashkil qiluvchi qismlari bo‘lgan (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi(talaba)larga ma’lum sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatilgan ta’sirini nazoratda tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir. Pedagogik texnologiyani yaratish tamoyillarining birinchisi-muayyan dars, mavzu, qism, o‘quv predmetidan ko‘tilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish; ikkinchisi maqsaddan kelib chiqib, darsni, yoki o‘quv predmetini modullariga ajratib, xar bir moduldan ko‘tilgan maqsadni va modullar ichida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab olish; uchinchisi, modul ichida Ychiladigan masalalarni har biri bo‘yicha test savollari tuzilgandan keyin, maqsadlarga Ytish usullarini tanlab, ularni ishlatadigan aniq joylarini belgilab olish. Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv paytida majmua tamoyillariga binoan dars qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqliklarga va fanlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratilgan. Bu pedagogik texnologiyaning beshinchi tamoyili hisoblanadi. Pedagogik jarayonning umumiy metodologiyasi soha oldiga qo‘ygan ko‘rsatkichlari bilan didaktikaning umumiy tamoyillaridir. Pedagogika sohasini umumiy maqsadi jamiyatning eng umumiy maqsadi, ya’ni g‘oyadan kelib chiqib, uning ajralmas qismi hisoblanadi. Ijtimoiy sifat jamiyat ehtiyojidan kelib chikkan davlat buyurtmasi bo‘lib, ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xar bir inson ulardan umumiy metodologik asos sifatida foydalanishi kerak. Bu umum sohaviy metodologiyaning birinchi qismi hisoblanadi. Umumiy metodologiyaning ikkinchi qismini xamma o‘qituvchilarga yaxshi tanish bo‘lgan didaktika tamoyillarini tashkil etadi. Didaktika tamoyillariga ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchi diqqatini berilayotgan bilimga qaratib, uni jarayon oxirigacha saqlab turish; xar bir bilimni ilmiy asoslab berish; bilim berishda o‘quvchi (talaba)ning imkoniyati va yosh xususiyatidan kelib chiqish; bilim berishda mumkin qadar ko‘proq ko‘rgazmali vositalardan foydalanish;bilim berishda muntazamlik va davomiylikni saqlash; o‘quv jarayonini mehnat jarayoni bilan kushib olib borish; ta’lim va tarbiya jarayonida talabalarning faolligi va ongliligini ta’minlash; ta’lim va tarbiyaning tizimli; izchil bilish va uning birligi tamoyillari kiradi. Ta’lim uslubi-o‘qituvchi va talabalar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o‘zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tadbirlar. O‘qitish uslublari o‘quv jarayonini asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli uslublarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi. Uslublar bilimlarni uzatish va kabul qilish xarakteriga qarab so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyga bulinadi. Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchi (talaba)larning bilim faoliyatiga munosib ravishda quyidagi uslublar:tushuntirish illustrativ (informatsion retseptiv), reproduktiv, muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik xamda yarim tadqiqot uslublari qo‘llanishi mumkin. Ta’lim faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayoni uzatish, kabul qilish anglash, esda saqlash va amalda qo‘llay olishni nazarda tutadi. Bunga hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar kiradi. Bu uslublarni qo‘llashda o‘qituvchi (pedagog) so‘z vositasida o‘quv materialini bayon qiladi, tushuntiradi, o‘quvchi (talaba)lar esa tinglash orqali uni faol kabul qiladilar. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling