Pedagogika -“bola yetaklovchi” degan ma’noni bildiruvchi yunoncha “paydogogos” so‘zidan kelib chiqqan.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari - shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Perseptiv qobiliyat - qisqa daqiqalarda ta’lim oluvchilar holatini idrok qila olish fazilati.
Produktiv o‘zlashtirish darajasi – bunda ta’lim oluvchi olgan bilimining noan’anaviy masalalarni yechishda mustaqil fikr yuritishi talab qilinadi.
Psixologik kompetentlik – pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Rolli o‘yinlar–ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holatlari xatti-harakati ishlanadi, rollar majburiy mazmuni.
Sintez – elementlardan, bo‘limlardan yangilikka ega bo‘lgan yaxlitlikni yaratish ko‘nikmasini anglatadi.
Tabaqalashtirib o‘qitish - o‘quv jarayonini tashkil etishning shakli sifatida umumiy didaktika prinsipariga asoslangan bo‘lib, maxsus tashkil ettirilgan ta’lim oluvchilarning gomogen guruhlarida, o‘quv jarayonini ixtisoslashtirishni ta’minlaydi
Tarbiya —aniq maqsad asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tahlil – bu toifa o‘rganilgan material tarkibini bo‘laklarga bo‘lib, uning tuzilmasini yaqqol ko‘rsatish ko‘nikmalarini anglatadi.
Tashkilotchilik qobiliyati- o‘quv guruhi yoki jamoani uyushtirish va uni boshqarish iste’dodi.
Ta’lim maqsadlari- muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlarni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |