Urganch Davlat Pedagogika Instituti “Pedagogika” fakulteti 222-Texnologik ta’limc yo’nalishi talabasi Matyakubova Rajabgul Ozodovnaning “ O’zbekistonning eng


Download 0.53 Mb.
bet6/7
Sana13.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1091686
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
R.Matyoqubova IQTISODIY ISLOHOTLAR

Tojikiston rahbariyati uchun vaziyat shundayki, O‘zbekiston bilan samarali hamkorlikdan qanday foydalar kelishiga qaramay, ular bu g‘oyadan (Rog‘un GES qurilishi) voz kecha olmaydi. Bu afsuslanarli, lekin fakt. Rog‘un qurilishda davom etadi, hamda bu, albatta, O‘zbekiston bilan munosabatlarni yaxshilashga turtki bermaydi, har holda bu Dushanbe o‘zida Amudaryoning quyi oqimida joylashgan barcha mamlakatlar salbiy munosabatda bo‘layotgan bu loyihadan voz kechishga kuch topa olganida bo‘lishi mumkin bo‘lgan sur'atlar va dinamikada yuz bermaydi. O‘zbekiston prezidentining Dushanbega tashrifi davomida bu masala muhokama etiladimi? Kun tartibida yana qanday masalalar bo‘lishi mumkin?

Ikki davlat rahbarining Dushanbedagi uchrashuvida Rog‘un GES qurilishi masalasi muhokama qilinadimi? Albatta, muhokama etiladi. Biroq bu muzokaralardan effekt savollarni keltirib chiqaradi. Aftidan, chegara masalalari tilga olinadi. Hozir davlatlararo chegaraning 70-80 foizini delimitatsiya qilish bo‘yicha hujjatlar imzolanishi mumkin. Qolgan 20 foizi, xuddi Qirg‘iziston bilan bo‘lgani kabi, murakkabdir. Bu qismlar aholi zich joylashgan tumanlarda bo‘lib, ular bo‘yicha oson yechim yo‘q. Gap gaz yetkazib berishni tiklash haqidagi ham borishi mumkin – yiliga taxminan 900 mln kubometr. Boshqa real loyihalar yo‘q. O‘zbekistonning bugungi kunda asosiy tashqi savdo sherigi kim? Avvalgidek Xitoymi, yoki Rossiya vaziyatni o‘zgartirishning hamda yetakchilikka chiqishning uddasidan chiqdimi?

Katta ehtimol bilan joriy yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston tashqi savdo sheriklari ro‘yxatida Rossiya birinchi o‘ringa qaytadi, u bu pozitsiyani 2015 yilda yo‘qotgandi. Toshkentning jahon kuch markazlaridan bir xil masofani saqlash siyosati ishlamoqda. Ba'zilar bu to‘siqlarga chap berish siyosati ekanini aytmoqda. Biroq siyosat – to‘siqlardan qochish san'atidir. Hamma gap bu senda qanday yuz berishi va nimalarni berishida. U esa ko‘p narsa beradi: Rossiya bilan 15,5 mlrd dollarlik sarmoyalar va savdo kelishuvlari Xitoy bilan 22 mlrd dollarlik savdo va investitsiya kelishuvlari bilan to‘ldirildi. Bu O‘zbekiston YaIM yarmidan ko‘p. Shu bilan birga, kimdir oldinga o‘tib ketgani, kimdadir ko‘proq imkoniyatlar borligi haqida gapirmagan bo‘lardim. Toshkentning strategik vazifasi – Xitoy, Rossiya va G‘arb o‘rtasida ham siyosiy, ham iqtisodiy munosabatda muvozanatni saqlash. 


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling