Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti 185- o‘zbek tili guruhi talabasi Ag‘ajonova Soliyajonning umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan
Download 184.17 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-mavzu umumiy psixologiya
Латипова Умид а ЮсуфбоевнаTaqdimot ishi Mavzu: Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari
Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetning mohiyatini yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro‘si ham birinchi navbatda o‘sha metodlar yordamida to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi bog‘liq bo‘ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo‘lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. B. Ananev psixologik o‘rganish metodlarini tashkiliy, emprik (amaliy) olingan natijalarni qayta ishlash yoki statistik hamda natijalarni sharhlash deb nomlab, 4 ta katta turkumga ajratadi.
Kuzatish metodi So‘roq metodlari Testlar metodi Ekspriment Modellashtirish Kuzatuv metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumot to‘plash usulidir. O‘z-o‘zini kuzatish esa odam o‘zida kechayotgan biror o‘zgarish yoki hodisani o‘zi o‘rganishi maqsadida ma’umotlar to‘plash va qayd qilish usulidir. Erkin kuzatuv ko‘pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o‘rganish maqsadida qo‘yilganda qo‘llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv qilinsa oldindan maxsus reja yoki dastur bo‘lmaydi, kuzatuv obyekti ham qat’iy bo‘lishi shart emas So‘rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birinchi ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tomonidan qo‘yilgan qator savollarga muxtasar javoblar qaytarishi kerak bo‘ladi. Og‘zaki so‘roqni ba’zan oddiygina qilib, subat metodi deb ataladi, o‘tkazadigan shaxs unha maxsus darajada tayyorgarlik ko‘radi. Psixologik eksprimentning mohiyati shundaki, unda ataylab su’niy vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladi, aynan shu vaziyatda qiziqtirgan psixik jarayon yoki hodisa ajratiladi, o‘rganiladi, ta’sir ko‘rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy ekspriment o‘sha qiziqtirayotgan fenemon tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitda maqsadli tashkil etilib o‘rganilsa, laboratoriya eksprimenti maxsus joylarda, maxsus asbob uskunalar vositasida ataylab o‘rganiladi. Modellashtirish metodi kuzatish, so‘roq, ekspriment yoki boshqa usullar yordamida o‘rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qo‘llaniladi. Bunda o‘xsha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o‘sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi. Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo‘lishi mumkin. Download 184.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling