Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti 201-guruh talabasi Boltaboyeva Mahliyoning Kompyuter lingvistikasi fanidan taqdimoti


Download 247.94 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi247.94 Kb.
#1380988
Bog'liq
psixologiya

Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti 201-guruh talabasi Boltaboyeva Mahliyoning O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi fanidan taqdimoti


Mavzu: Tovush tushish hodisasi
Keyingisi
Dars shiori: Birlashgan o‘zar,birlashmagan to‘zar. (O‘zbek xalq maqoli)
  • Kun hikmati: Beshikdan to qabrgacha ilm izla.
  • O‘zbek xalq maqoli

Keyingisi
I.DARSNING BORISHI: a) darsni tashkil etish: salomlashib, davomat aniqlanadi.
Sinfda men navbatchi.
Tayyor barcha o‘quvchi.
Aziz oʻquvchilar! Darsimizni uch guruhga boʻlingan holda olib boramiz.
Birinchi guruh – “Bilimdonlar”
Ikkinchi guruh – ”Zukkolar”
Uchinchi guruh – “Topqirlar”
O‘tgan mavzuni takrorlash bo‘yicha test topshiriqi.
1. “Ulkan portlash”dan keyin koinot nimalar bilan to‘lgan?
a) mayda zarralar va suv tomchilari bilan;
b) quyuq chang va gazlar bilan;
c) qum zarralari va kislorod bilan;
d) chang va tomchilar bilan.
2. “Ulkan portlash” haqidagi noto‘g‘ri hukmni toping.
a) 13,8 milliard yil avval sodir bo‘lgan;
b) biz shu portlashning ichida hayot kechiryapmiz;
c) “Ulkan portlash” hali tugagan emas;
d) u faqatgina bir marta sodir bo‘lgan.
Keyingisi
Keyingisi
  • Ayrim so‘zlarni talaffuz qilayotganimizda tovush tushishi hodisasiga duch kelamiz. Bu hodisaning ba’zilari yozuvda aks etadi, ya’ni talaffuz qilganimiz kabi yozamiz. Bu holat, ko‘pincha, so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilganda sodir bo‘ladi.Masalan:
  • shahar, singil, burun, bag‘ir kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilsa, ikkinchi bo‘g‘indagi unli tovush; qayir, ayir fe’llariga -il qo‘shimchasi qo‘shilganda i tovushi;
  • ikki, olti, yetti so‘zlariga -ov, -ala, -ovlon qo‘shimchalari qo‘shilganda i tovushi;
  • men, sen so‘zlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda n tovushi;
  • past, sust so‘zlariga -ay qo‘shimchasi qo‘shilsa, t tovushi tushgan holatda yoziladi.
  • (shahrim, ayrilmoq, ikkovlon, sening, pasay va h.k)
  • 86-mashq. Maqollar mazmuniga diqqat qilib, daftaringizga ko‘chiring. Tovush tushishi hodisasiga uchragan so‘zlarning tagiga chizing.
  • 1. Yig‘lab-yig‘lab marza (ariq sirti, pushta egat) olsang, O‘ynab-o‘ynab sug‘ora san.
  • 2. Ishlaganning og‘zi oshga tegar,
  • Ishlamaganning boshi – toshga.
  • 3. Tuyaga yantoq kerak bo‘lsa, bo‘ynini cho‘zar. 4. Berarman (beruvchi)ga beshov ko‘p, olarman (oluvchi)ga oltov oz.
  • 5. Ko‘ngli ochiqning qo‘li ochiq, qo‘li ochiqning – yo‘li.

Keyingisi
Keyingisi
Ba’zan so‘zlarda tovush tushishi hodisasi faqat talaffuzdagina sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarish yozuvda aks etmaydi.
Masalan: go‘sht, sust, Toshkent, baland, xursand kabi
so‘zlarning oxirgi undoshi deyarli aytilmasa-da, yoziladi.
1-topshiriq. So‘z oxirida talaffuzda tushib qoladigan so‘zlarga misollar yozing.
Keyingisi

E’tiboringiz uchun rahmat

  • E’tiboringiz uchun rahmat

Download 247.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling