Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Po‘latova Rohila Habibulla qiziga tavsiyanoma


Download 14.86 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi14.86 Kb.
#1037643
Bog'liq
Dekan tavsiyanomasi


Urganch davlat universiteti Filologiya
fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish:
o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich
talabasi Po‘latova Rohila
Habibulla qiziga
TAVSIYANOMA
Po‘latova Rohila Habibulla qizi Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishiga to‘lov kontrakti asosida talabalikka qabul qilindi. O‘qish davomida u namunali, tashkilotchi, intiluvchan, izlanuvchan, zehnli va ijodkor talaba sifatida o‘zini ko‘rsata oldi va o‘qituvchilari e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Po‘latova Rohila iqtidorli talabardan biri bo‘lib, o‘zining a’lo baholarga o‘qishi, universitet jamoat ishlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashishi, mehnatsevarligi, qobiliyati, o‘tkir zehni, zukkoligi va namunali xulqi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Fakultetimizda o‘tkaziladigan insholar tanlovida doimiy ravishda ishtirok qilib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Universitetimiz miqyosida o‘tkazilgan “She’riyat shohsupasi” tanlovida faxrli 3-o‘rinni egallab, o‘z iste’dodini yana bir bora namoyon qildi. Fakultetimizda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Navoiyxon talaba” ko‘rik tanlovida ham qatnashib faxrli o‘rinlarni egallamoqda. “Zakovat” intellektual o‘yinlarida, kitobxonlik tanlovlarida va universitet badiiy kechalarida ham muntazam ishtirok qilib kelmoqda. Universitetlar kesimida o‘tkaziladigan sport musobaqalarida fakultetimiz nomidan faol qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab, har bir sohada iste’dodli ekanligini yana bir bir isbot qildi.
Bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida onlayn olimpiadalarda faol qatnashib, ilmiy bilimlarini ham mustahkamlab bormoqda.
Po‘latova Rohila Habibulla qizi universitet hayotida faol talabalardan biri ekanligi, tirishqoqligi va izlanuvchanligi, namunali xulqi va barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirganini inobatga olib, bugungi kunning iqtidorli talabalariga qo‘yilgan talablarga mos keladigan talaba sifatida moddiy rag‘batlantirishga tavsiya qilaman.


Filologiya fakulteti dekani f.f.d.dots.D.Q.G‘ayipov
Download 14.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling