Urganch Davlat Universiteti Filologiya va tillarni o’qitish, o’zbek tili (sirtqi bo’lim) 3-kurs talabasi Gulimova Shaxloning Ogahiyning poetik mahorati fanidan mustaqil ishi


Download 70.35 Kb.
bet1/6
Sana22.06.2023
Hajmi70.35 Kb.
#1647948
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gulimova.Sh.Ogahiyning poetik mahorati



Urganch Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o’qitish,
o’zbek tili (sirtqi bo’lim) 3-kurs talabasi Gulimova Shaxloning Ogahiyning poetik mahorati fanidan mustaqil ishi
Mavzu:Ogahiyga bag'ishlangan "Atoqli shoir,tarixnavis,tarjimon "maqolalar toʻplamini mutolaa qilish

Ogahiy (taxallusi; toʻliq ism-sharifi Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli) (1809.17.12, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1874.14.12) — oʻzbek shoiri, tarixchi,tarjimon. Mirob oilasida tugʻilgan



Ogahiy tarixnavislik faoliyatini Munis tomonidan yozila boshlangan “Firdavsul-iqbol” asarining 1812-13-yillardan keyingi davrini yozish va to‘ldirish bilan boshlagan. Shundan keyin Ogahiy turli yillarni qamrovchi 5 mustaqil tarixiy asarni yaratgan: “Riyozud-davla” (1844), “Zubdatut-tavorix” (1845- 1846), “Jome’ul-voqeoti Sultoniy” (1856), “Gulshani davlat” (1865), “Shohidi iqbol” (1873) kabi tarixiy asarlar yozdi

Mavzu:Ogahiy she`riyati haqidagi “Ogahiy xazinasi- tuyg`ular anjumani”(Matnazar Aabdulhakim) maqolasini o`rganish.



  • Ogahiy hazratlari an’analarga sodiq qolgan holda, Navoiy bobomizdan tafovutli fikrlaydi. Birinchi baytda Alisher Navoiy lirik qahramon tarafidan ma’shuqaga shart qo‘yadi. Ya’ni ma’shuqa «Zulfu ruxsor ila» oshiqni «komiga» yetkazishi kerak, shundan keyingina u duoyi xayrini ma’shuqasiga ravo ko‘radi.


Ogahiyning «Ash’ori forsiy» turkumiga kirgan manzumalari dunyoviylikdan ko‘ra ilohiylikka «Ta’vizul-oshiqin»ga qaraganda yaqinroqdir. «Ta’vizul-oshiqinda» ilohiylik va dunyoviylik aralash holda kelsa, «Ash’ori forsiy»da mazkur ohanglardan bittasi, ya’ni ilohiylik ohangi yetakchilik qiladi. Albatta, ilohiylik ruhida tarbiya topgan inson ijtimoiy-siyosiy qarashlardan chetda qolmaydi. Sharq she’riyatida bu ikki jihat bir-birini inkor emas, balki taqozo qiladi. Odam ibodat qilarkan, hatto ibodat mobaynida ham dunyoviy tashvishlarini xotiradan faromush qila olmaydi, balki bu jihatlarga ilohiy kayfiyatdan kelib chiqib, munosabatda bo‘ladi, xolos.


Download 70.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling