+ Iflos suvni ichish insonning sogʻligiga zarar yetkazishi mumkin. +
Download 129.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqtanqidiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––– Yuqoridagi chiziq oʻrnida quyidagi jumlalardan qaysi biri boʻlishi kerak A
NAMUNAVIY TEST SAVOLLARIDAN FOYDALANIB TUZILGAN TANQIDIY FIKRLASH BOʻYICHA SAVOLLAR 1. Dunyoda ichishga toza suvi yoʻq boʻlgan odamlar juda koʻp. + Iflos suvni ichish insonning sogʻligiga zarar yetkazishi mumkin. + Oʻz aholisining sogʻligi haqida qaygʻurish hukumatlarning vazifasidir. = ––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––– Yuqoridagi chiziq oʻrnida quyidagi jumlalardan qaysi biri boʻlishi kerak? A Odamlar iflos suv ichmasligi kerak. B Hamma soʻglom boʻlishga harakat qilishi kerak. C Koʻp odamlar toza suv topish uchun uzoq yoʻl bosishiga toʻgʻri keladi. D Hukumatlar hech qachon oʻz vaziflarini bajarmaydilar. E Hukumatlar oʻz aholisi toza suv bilan taʻminlashi kerak. 2. Maktabimiz o’quvchilari bilan suhbatda mashhur tadqiqotchi: “Yoshlar sarguzashtsevar bo’lishi kerak. Bu ularning o’zlari uchun foydali” - dedi. Quyidagi faktlardan qaysi biri tadqiqotchining gapini toʻldirib, eng yaxshi isbot bo’la oladi? A Ba’zi yoshlar tabiiy ravishda boshqalaridan jasurroq bo’ladi. B Hayotda hech qachon tavakkal qilmaydigan odamlar xavfli vaziyatlarda qanday harakat qilishni bilmaydilar. C Baxtsiz hodisalardan butunlay qutilish mumkin emas, lekin ehtiyotkor odamlar ularga kamroq duch keladilar. D Kerak bo’lmagan vaziyatlarda ham tavakkal qiladigan odamlar o’zlarini ham, boshqalarni ham xavfga duchor qiladilar. E Sayohatsevar bo’lish hamisha ham xavfli tavakkal qilish degani emas. 3. Umuman olganda kattaroq miya oʻlchami aqliy salohiyatning yuqoriroq ekanidan dalolat beruvchi belgidir. Insonlar boshqa sut emizuvchilarga qaraganda aqliy jihatdan yaxshiroq rivojlangan va shunga mos ravishda ularning miyalari ham boshqa sut emizuvchilarnikiga qaraganda kattaroq. Ammo qushlarning miyalari juda kichkina boʻlishiga qaramasdan, ular anchagina aqlli jonzotlardir. Qargʻalar har xil buyumlardan oʻz maqsadi yoʻlida foydalanishni biladilar, sayroqi qushlarning sayrashi ular uchun sodda suhbatlashish tili vazifasini oʻtaydi va toʻtiqush inson nutqini oʻrganishi mumkin. Odatda qushlarning miyasi sut emizuvchilarning miyalarida n ancha kichik boʻlishiga qaramasdan, koʻp xollarda sut emizuvchilardan aqlli ekanini koʻrishimiz mumkin, ayniqsa kichikroq sut emizuvchilar bilan taqqoslaganda. Yuqoridagi maʻlumotlarga xulosa sifatida quyidagilardan qaysi birini keltirish mumkin? Download 129.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling