Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti matematika yònalishi 205-guruh talabasi rajabova zaynabjonning matematik fizika tenglamalari fanidan


Download 154.59 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi154.59 Kb.
#1571478
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zaynabjon






URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI MATEMATIKA YÒNALISHI 205-GURUH TALABASI RAJABOVA ZAYNABJONNING MATEMATIK FIZIKA TENGLAMALARI FANIDAN

KURS ISHI


MAVZU: GIPERGEOMATRIK FUNKSIYA VA ULARNING INTEGRAL IFODASI

Topshirdi: Rajabova Zaynabjon
Qabul qildi: Sobirov Shexzod

Urganch 2022


MAVZU: GIPERGEOMATRIK FUNKSIYA VA ULARNING INTEGRAL IFODASI
REJA:

  1. KIRISH.

  2. ASOSIY QISM:

1. Darajali qatorlar va ularning xossalari
2.Eyler integrallari
3. Gipergeometrik funkisya tushunchasi
4. Gipergeometrik funkiyalarning ingtegral ifodasi

  1. XULOSA.

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.




  1. KIRISH.

Hozirgi vaqtda olib borilayotgan ko’plab ilmiy-amaliy tadqiqotlar buzilish chizig’iga ega va singulyar koeffisientli differensial tenglamalar uchun boshlang’ich va chegaraviy masalalarni o’rganishni taqozo etmoqda. Bu kabi tenglamalarga qiziqishning ortishi ularning o’qqa nisbatan simmetrik potensiallar nazariyasi, tomografiya, suyuqlik va gazlar dinamikasi va akustika, Maksvell-Eynshteyn tenglamalari kabi ko’pgina amaliy masalalarga tatbiq etilishi bilan izohlanadi. Bunday tenglamalarning murakkabligi va ularni yechishning umumiy analitik usullari to’la shakllantirilmaganligi sababli ushbu tenglamalarga oid tadqiqotlarni rivojlantirish dolzarbligicha qolmoqda. Kasr tartibli operatorlarni xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun boshlang’ich va chegaraviy masalalarni yechishga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu kabi masalalarni yechishda yoki yechimlarning xossasini o’rganishda Gaussning gipergeometrik funksiyasining o’rni katta hisoblanadi. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda sonli usullarning keng rivojlanishi va shu yo’nalishda olib boriladigan tajribaning roli oshishi munosabati bilan nafaqat gipergeometrik funksiyalar, balki maxsus funksiyalarga ham qiziqish ortdi. Bu o’z navbatida nazariy va amaliy fizikaning ko’plab muhim masalalarini hal qilish uchun ularni chuqur bilish kerakligini taqozo qiladi.

Download 154.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling