Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 160.92 Kb.
bet5/21
Sana16.06.2023
Hajmi160.92 Kb.
#1489466
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Автореферат Юсупов Ш. Х

Tadqiqotning obyekti. Xorazm vohasining XIVXV asrlardagi tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi yozma manbalar ma’lumotlari, mavzuga oid arxeologik tadqiqotlar natijalari hamda ilmiy-tarixiy adabiyotlardagi ma’lumotlarni qiyosiy o‘rganish asosida ilmiy jihatdan tahlil qilib, umumlashtirish va vohaning shulardan kelib chiqib yaratiladigan shu davrga oid yaxlit tarixiy-madaniy manzarasi tadqiqot obyekti sifatida tanlandi.
Tadqiqot predmeti. Amir Temur va temuriylar davri madaniyati tarixiga oid muammolarni tizimli o‘rganish yo‘li bilan o‘sha davrda Xorazmdagi madaniy jarayonlarga ilmiy baho berish tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada tarixiy-qiyosiy tahlil, tarixiy ma’lumotlarni umumlashtirish, xronologik ketma-ketlik, voqea-hodisalarga baho berish, manbalar ma’lumotlariga tanqidiy yondashuv, xolislik tamoyili kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yozma manbalarning yangicha tahlili hamda ularni yangi arxeologik tadqiqotlar ma’lumotlari bilan qiyosiy tahlil qilish asosida Xorazmning Amir Temur va temuriylar davridagi madaniy rivojlanish jarayoni mustaqillikkacha bo‘lgan ilmiy adabiyotlarda, ayniqsa, sobiq sovet tarix­shunosligida o‘zining haqqoniy aksini topmaganligi, Sovet tuzumi davri adabiyotlaridagi Amir Temur hujumlari natijasida Xorazm madaniyati yer bilan yakson qilinganligiga doir fikrlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va chiqarilgan xulosalarning xolis emasligi isbotlab berilgan;
Xorazmning XIVXV asrlardagi siyosiy va iqtisodiy holati, shaharlar madaniyati va ularning moddiy madaniyat komplekslari, shu davr ma’naviy hayoti masalalarini tahlil qilish asosida Xorazmning shu davrlarda Amir Temurning ulkan saltanati tarkibiga kirganligi hamda Amir Temur va temuriylar davrida amalga oshirilgan bir qator tadbirlar yagona saltanatning boshqa hududlari qatori Xorazmning ham madaniy rivojlanishi yo‘lidagi omillardan bo‘lganligi aniqlangan;
Temur va temuriylarning boshqa davlatlar bilan olib borgan elchilik munosabatlari, yozishmalarida mamlakatlar o‘rtasida savdo-sotiqni rivojlantirish masalasi alohida ta’kidlangani zamirida ham obodonchilik, ayniqsa, shaharlarni yuksaltirish istiqbolli rejasi mavjudligi va shu davrda qadimgi Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishlari bo‘ylab savdo aloqalarining tiklanishi orqali Xorazm ham ushbu tizim doirasida amal qilganligi hamda shu tariqa bu davrlarda saltanatning boshqa hudud va shaharlari qatori Xorazmning ham xalqaro mavqei yuksalganligi isbotlangan;
XIVXV asrlarda ilm-fan yuksak darajada (ilohiyot, fiqh, tibbiyot, falsafa, tarix, adabiyot, xattotlik va musiqa) keng rivojlanganligi yozma manbalar hamda arxeologik tadqiqotlar natijalari Xorazmning ijtimoiy-madaniy va etnik munosabatlar markazlari Gurgancj, Qiyot, Zamaxshar va Jampiqqal’ada topilgan moddiy ashyolar asosida ochib berilgan;
yozma manbalar ma’lumotlari va arxeologik tadqiqotlar natijalaridan tashqari, tadqiqot mavzusini mukammal yoritib berish va tugal ilmiy xulosalar chiqarish uchun boshqa yordamchi tarix fanlari (etnografiya, numizmatika, toponomika, san’atshunoslik yo‘nalishlaridagi tadqiqotlar) ma’lumotlarini ham tadqiqot ishiga jalb qilish va shu asosda hali ilmiy muomalaga to‘liq kiritilmagan faktik materiallarni xolislik nuqtai nazaridan tadqiq qilish zarurati aniqlangan;
XIVXV asrlardagi Xorazm vohasida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar tahlil qilinib, ilmiy xulosalar chiqarilgan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Download 160.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling