Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi


Download 46.98 Kb.
bet4/9
Sana25.10.2023
Hajmi46.98 Kb.
#1722257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Umid oga

U = S+I+G

Uyalpi milliy mahsulot, daromad;

S — uy xo‘jaligining o‘z mamlakatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilishga sarflangan iste’mol xarajatlari;

I — shu mamlakat ishlab chiqaruvchilarining o‘z mamlakati investitsiya tovarlariga xarajatlari;

G – davlat tomonidan o‘z mamlakati tovar va xizmatlarining xarid qilinishi.

  • Ochiq iqtisodiyotda mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro aloqalar mavjud bo‘lib, ular milliy iqtisodiyotda tovarlar va daromad harakatida namoyon bo‘ladi.

  • Asosiy iqtisodiy tenglikka qo‘shimcha ko‘rsatkich kiritilsa, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.

  • U = S+I+G+NX bunda, NX — xorijliklarning mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilgan Tovar va xizmatlarga qilgan xarajatlari bilan xorijda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga ichki xarajatlar o‘rtasidagi, ya’ni eksport va import o‘rtasidagi farq. Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisob tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar YAMM va milliy daromadni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan, bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimidir. Bunday hisoblar xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-yildan boshlab qo‘llanilib kelinadi. Mazkur tizim dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham keng qo‘llaniladi. Milliy hisoblar asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi,foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi va sof eksport. Milliy hisoblar mikroiqtisodiyotning me’yordagi muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. MILLIY HISOBLAR TIZIMI (MHT)NING MOHIYATI G‘arb mamlakatlari iqtisodiy statistikasi nazariyasi va amaliyotida makroiqtisodiy tartibga solish milliy hisoblar tizimi (MHT) keng qo‘llaniladi. U o‘zida ijtimoiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi balans jadvallari to‘plamini mujassamlashtiradi.

  • Ularda milliy iqtisodiyotning rivojlanish natijalarini aks ettiruvchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanibgina qolmay, natijalarni olib kelgan jarayonlar ham tahlil qilinadi. Shuning uchun ham MHT jarayonlar yoki oqimlar statistikasi deb ham ataladi. Iqtisodiy voqelik,ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molning moliyaviy qiymati ko‘rsatkichlari harakatlari sifatida aks ettirilgan MHT o‘zida xalq xo‘jaligining modelini mujassamlashtirib, mohiyatiga ko‘ra uch iqtisodiy mezonning, ya’ni iqtisodiy vazifalar, iqtisodiy agentlar va iqtisodiy operatsiyalarning muvofiqlashuvi hisoblanadi.

  • 1. Iqtisodiy vazifa deganda, ishlab chiqarish, taqsimot, qayta taqsimlash, iste’mol va jamg‘arishning makroiqtisodiy jarayonlari tushuniladi.

  • 2. Iqtisodiy agentlar iqtisodiy funksiyalarni bajaruvchilar hisoblanadilar (nomoliyaviy korporatsiyalar, moliya muassasalari, hukumat idoralari, xususiy notijorat muassasalari, uy xo‘jaligi va boshqalar).

  • 3. Iqtisodiy operatsiyalar yordamida iqtisodiy agentlar xalq xo‘jaligi jarayonlariga qo‘shiladi. Masalan, oldi-sotdi, bir ne’matni boshqasiga almashtirish, moliyaviy qiymatlarni ayirboshlash va shu kabilar.

  • MHÒda butun xalq xo‘jaligi biror bir korxonaning kattalashtirilgan shakli sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun bu yerda buxgalteriyadagi kabi har bir ko‘rsatkichni ikki tomonlama yozilishi qoidasi qo‘llaniladi. Bu qo‘shib yozish ehtimolini kamaytirib, tovarlar, xizmatlar va moliyaviy resurslar oqimlarini to‘laroq hisobga olish imkonini beradi.

  • MHÒ ijtimoiy ishlab chiqarishni va milliy iqtisodiyotning boshqa ko‘rsatkichlarini o‘lchash usuli sifatida amalda deyarli barcha bozor iqtisodi mamlakatlarida qo‘llaniladi (Kanada, Shvetsiya, Angliyada 1971-yildan, Yaponiyada 1978-yildan). Hozirgi vaqtga kelib jahonning 150 mamlakati har yili, shu jumladan, AQSh va Yaponiya har uch oyda MHÒ ma’lumotlarini nashr etadi. Eslatish lozimki, har bir mamlakat o‘z milliy hisoblar tizimidan foydalanadi. Biroq jahon ayirboshlashuvining rivojlanishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatini yanada kengayishi bilan mamlakatlararo taqqoslash zarurati tug‘iladi. Shu sababli, Birlashgan Millatlar Òashkilotining statistika komissiyasi rivojlangan mamlakatlar tajribasini umumlashtirib, 1953-yilda birinchi standart MHÒni ishlab chiqdi va u xalqaro iqtisodiy axborotlarni ixchamlashtirish maqsadlarida foydalanish uchun tavsiya etildi. 1993-yilda uning kengaytirilgan yangi nusxasi ma’qullandi. Bu nusxada tan olingan va keng tarqalgan pul nazariyasi, iqtisodiy o‘sish, xalq farovonligi, ekologiya sohasidagi mutaxassislarning ilmiy ishlanmalari hisobga olingan.BMÒ uslubiyatidan foydalanib, sobiq SSSRning statistika tashkilotlari

  • ilk bor 1978-yilda YAMMni hisoblab chiqdilar. O‘zbekistonda bu hisobot ko‘rsatkich 1989-yilda hisoblab chiqilgan.MHÒ nima uchun kerak, degan savolga birinchidan, davlat boshqaruvi tashkilotlariga qarorlar qabul qilish uchun, ikkinchidan, tadbirkorlarga o‘z faoliyatlarini amalga oshirish maqsadida makroiqtisodiy vaziyatni baholash uchun, uchinchidan, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda aloqalarni o‘rnatish va taqqoslashni amalga oshirish uchun zarur deb javob berish mumkin.


    Download 46.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling