Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti 213- iqtisodiyot sirtqi guruh talabasi
Download 94.2 Kb.
|
Zamonaviy innovatsion strategiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: ZAMONAVIY INNOVATSION STRATEGIYALAR VA INNOVATSIYALAR MARKETINGI Topshirdi: Vaisov Ergash Qabul qildi: ____________________________
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI 213- iqtisodiyot sirtqi guruh talabasi “Innovatsion iqtisodiyot” fanidan yozgan MUSTAQIL ISH MAVZU: ZAMONAVIY INNOVATSION STRATEGIYALAR VA INNOVATSIYALAR MARKETINGI Topshirdi: Vaisov Ergash Qabul qildi: ____________________________ Urganch -2023 yil MAVZU: ZAMONAVIY INNOVATSION STRATEGIYALAR VA INNOVATSIYALAR MARKETINGI Reja:
Zamonaviy innovatsion strategiyalar Innovatsion strategiya turlari Innovatsiyalar marketingi Adabiyotlar ro`yxati Zamonaviy innovatsion strategiyalar Bozor munosabatlariga o‘tish, ishlab chiqarishning tuzilmaviy qayta qurilishi va ijtimoiy ehtiyojlar murakkablashuvi iste’molchi holatining kuchayishiga olib keldi. Aksentlarning bunday almashinuvi natijasi sifatidagi marketing g‘oyasi shundan iboratki, yangiliklarning o‘zi – yakuniy maqsad emas, balki iste’molchi ehtiyojlarini qondirish vositasi, xolos. Garchi so‘nggi yillarda iste’molchilarning talablari ma’lum miqdorda yaratilayotgan yangiliklarda aks etila boshlansada, lekin baribir ushbu jarayon (umuman olganda ijobiy jarayon) innovator (yangilik tashabbuskori)ni iste’molchiga yaqinlashtira olmadi. Tadqiqotchi, konstruktor va texnolog hozircha bozordan uzoqlashgan holda qolmoqda. Ular hali innovatsiyalarning tijorat imkoniyatini va ma’lum shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini baholay olmaydi. Shu sababli muqobil, yangi konseptual yondashuv darkor. Iste’molchiga, bozorga yo‘nalgan yondashuv shunday bo‘lishi mumkin. Bunday yondashuvda innovatsion jarayon iste’molchilar ehtiyojini qondirish sohasiga (ilmiy, texnik) bilimlarning kiritilishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunda mahsulot-yangilik faqat texnologiya sohibiga aylanadi, va u kirgan shakl faqat texnologiya va qondiriladigan ehtiyoj birikmasidan keyingina aniqlanadi. Ammo vaziyatdan chiqish yo‘li bitta – mahsulot-yangilik, bu yerda esa biz ishlab chiquvchining o‘z ilmiy salohiyatini biznes maqsadlariga aylantirish tabiati haqidagi g‘oyalarida sezilarli o‘zgarishlarga duch kelamiz, chunki ikkinchi yondashuv ehtimolli iste’molchi ehtiyojlariga yo‘nalgan. Innovatsiya ko‘rsatkichlarini kelajakdagi bozor ehtiyojlariga bog‘lashda muvaffaqiyatsiz innovatsiyalarning ulushi kamayadi, chunki ularning ko‘pchiligi bunday bog‘lanishning yo‘qligi bilan paydo bo‘lgan. Innovatsiyalar samaradorligi (tijorat muvaffaqiyati)ga ko‘pgina omillar ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy omillar quyidagicha: 1) bozorga yo‘nalganlik; 2) innovatsion loyihalarni tanlash va baholashning samarali tizimi; 3) loyihalarni samarali boshqarish va ularning nazorati; 4) ijodiy g‘oyalar manbasi; 5) tashkilotning yangilik kiritishlarga moslashuvchanligi; 6) yangilik kiritishlarga (guruhli, individual) qarshilik. Eng muhim nuqtalardan biri – bozorga yo‘nalganlikdir. Bunda vazifalardan biri – Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari sohasi va marketing o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish. Bu yerda korxonalar (kompaniyalar)ning Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari bilan shug‘ullanadigan xodimlar va marketing bo‘yicha mutaxassislar o‘rtasidagi unumli o‘zaro aloqalar o‘rnatishga halal beradigan kommunikatsion qiyinchiliklari va tashkiliy tuzilmasi xususiyatlari bilan bog‘liq muammolar vujudga keladi. Ma’lumki, yangiliklar (mahsulot va b.) yaratish g‘oyalari odatda yo bozor ehtiyojlari natijasi sifatida (“bozor turtkisi”), yo Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari bo‘linmalari ichida (“texnologik turtki”) vujudga keladi. Ikki yo‘ldan qaysi biri samaraliroq ekanligi haqidagi fikrlar ko‘pincha bir-biriga ziddir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar amaliyoti ko‘rsatadiki, yangilik kiritishlar asosida yotgan barcha g‘oyalarning 25% dan 35%i ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari bo‘linmalari ichida shakllangan. Ularning aniq nisbati qanday bo‘lmasin ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari ham, marketing ham g‘oyalarning asosiy manbasi bo‘lib xizmat qiladiki, ularning rivojlanishi zaif kommunikatsiyalar va o‘zaro tushunishning etishmovchiligiga duch keladi. Yangilik yaratishning ijodiy g‘oyalarining ushbu ikki manbasini qarama-qarshi qo‘yish noto‘g‘ridir. Texnik va bozor jihatlarining unumdor o‘zaro ta’siri darkor, bunga esa xizmatlar o‘rtasidagi yaqin aloqalar orqali erishiladi. Bu ko‘rib chiqilgan konseptual modellarga nisbatan shuni anglatadiki, ikkala yondashuv – “Bozorga yo‘nalganlik” va “Mahsulotga yo‘nalganlik” – mavjud bo‘lish huquqiga ega. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishi, soha va korxonalar (tashkilotlar) holatining mazkur bosqichida ikkinchi konseptual yondashuv – bozorga yo‘nalganlikka ustunlik beriladi. Ammo shunga qaramay, bu holatda ham ijodiy g‘oyalarning ikki manbasi o‘rtasida ma’lum bir nisbat bo‘lishi lozim. “Mahsulotga yo‘nalganlik” konseptual yondashuv (“texnologik turtki” g‘oyasi manbasi)dan voz kechish, “Strategiya” tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. Tor ma’noda strategiya qaror qabul qilish qoidalari majmui sifatida belgilanadi; tashkilotga muvozanat va umumiy o‘sish yo‘nalishini ta’minlaydigan tizimli yondashuv; beqarorlik sharoitlarida firmaga yordam beruvchi vosita. Bu jihatdan strategiyani qaror qabul qilish jarayoni, o‘zaro bog‘liq harakatlar majmui, maqsadlarga erishish kompleksli rejasi yoki maqsadlarga erishish yo‘li sifatida ham ko‘rib chiqishadi. Keng ma’noda strategiyani qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish uchun qo‘llanadigan tamoyil, usul, harakat vosita va yo‘llari majmui sifatida ta’riflanadi. Korxonalar (ilmiy-ishlab chiqarish komplekslari, firmalar) o‘z faoliyatida (ishlab chiqarish, innovatsion) qo‘llagan strategiya tamoyillari uning ko‘p tomonlarini qamrab olib, quyidagilarda qo‘llaniladi: 1) faoliyatning hozirda va kelajakdagi natijalarini baholashda; 2) tashkilotning tashqi muhit bilan munosabatlarini belgilashda, bunda muayyan innovatsion ishlanmalar, ularning amalga oshirish o‘rni va raqobatchilar ustidan ustuvorlikka erishish yo‘llari asoslab beriladi; 3) tashkilotning ichki munosabatlarini o‘rnatishda (masalan, Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari xizmatlari va marketing o‘rtasidagi munosabatlar) va tezkor faoliyatni amalga oshirishda. Strategiya uchun quyidagi xususiyatlar xarakterlidir: strategiyani tanlash jarayoni korxona pozitsiyalarini mustahkamlaydigan umumiy yo‘nalishlarni aniqlash bilan tugaydi; u rivojlanishning samarali yo‘llari va imkoniyatlarini aniqlashda yordam beradi; umumlashtirilgan va har dom ham aniq bo‘lmagan ma’lumotlar ishlatiladi; teskari aloqa ma’lumotlari (reklamatsiya, iste’molchilar talablari va h.k.) keng qo‘llaniladi. Strategiya va orientirni ajratish lozim. Orientir - bu tashkilot intilgan maqsad, strategiya esa – maqsadga erishish vositasidir. Bitta orientirda samarali bo‘lgan strategiya, korxona (firma) orientirlari o‘zgarganda boshqacha bo‘ladi. Strategiya va orientir o‘zaro bog‘liq va o‘zaro almasha oladi. Shu asnoda, ba’zi ko‘rsatkichlar, masalan, bozor ulushining ortishi, rentabellik darajasining oshishi, ma’lum bir vaqtda tashkilot uchun orientir bo‘lib, boshqa vaqtda – uning strategiyasi bo‘lishi mumkin. Boshqarishning yuqori darajalarida (soha, vazirlik) bozor ulushining ortishi strategiya bo‘lib, pastkilarida esa (korxona, birlashma) orientirga aylanadi. Innovatsiyalar strategiyasi zarurati asosan korxona (tashkilot, birlashma) ning tashqi muhitidagi keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lganda vujudga keladi. Bunday o‘zgarishlarga quyidagilar kiradi: bozorning to‘yinganligi va talabning kamayishi; ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasidagi radikal o‘zgarishlar; ishlab chiqarish diversifikatsiyasi va natijada – yangilik kiritishlarning bozor assortimentining kengayishi; bozorda prinsipial yangiliklar paydo bo‘lishi; yangi raqobatchilar xavfi. Strategiya zarurati jamiyat tomonidan, misol uchun, keskin ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarda bo‘lgan talablari korxonani o‘z orientirlarini keskin o‘zgartirishga majbur qilganda ham vujudga keladi. Innovatsiyalar strategiyasini ishlab chiqish korxona (korporatsiya, birlashma) ning umumiy maqsadini ifodalashdan boshlanadi. Umumiy maqsad ifodalangandan so‘ng aniq maqsadlar belgilanadi. Aniq maqsadlarga erishuvchanlik ularning strategiya amalga oshishi davrida vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatdagi realistikligiga bog‘liq. Ularning realistikligini iqtisodiy vaziyatni bashoratlash, tashqi muhit o‘zgarishi asosida ta’minlanadi. Bunda siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy va ekologik omillar tahlil etiladi. Bashoratlashning asosiy maqsadi – korxonalar qulay imkoniyatlardan foydalanish uchun nima qilishi kerakligi va iqtisodiy vaziyatning kelgusidagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq tahdidlarga qanday javob berishi lozimligini aniqlashdir. Tashqi muhit, iqtisodiy vaziyat o‘zgarishini bashoratlash ahamiyati innovatsion strategiyaning so‘nggi ta’riflanishida quyidagilardan iborat: kelgusi xavflar va qulay imkoniyatlarni aniqlash; kutilmagan hodisalarni istisno qilish; yangi raqobatlashuvchi texnologiya (buyum, mahsulot)larni izlash. Innovatsilar strategiyasini so‘nggi tanlov va ifodalashda korxona (tashkilot) ning imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Shu sababli uning faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini tahlil etish lozim. Korxonaning kuchli tomoni - texnik ishlanmalarning ilmiy salohiyati va darajasi, zaif tomoni esa – ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi darajasi bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda innovatsion rivojlanish strategiyasini prinsipial yangiliklarni ishlab chiqish va chiqarishga asoslash maqsadga muvofiqdir. Agar korxonaning kuchli tomoni bozorning o‘rganilganligi, uning ma’lum ulushini qo‘lga kiritishda bo‘lsa, innovatsion rivojlanish strategiyasi, ehtimol, bozor ulushining ortishi va bozorning o‘zlashtirilgan mahsulot modifikatsiyalarini yaratish, buyumlarning tuzilishiga bo‘lgan funksional o‘zartirishlar kiritish va hokazolar bilan erishilgan assortiment siljishlar hisobidan kengayishiga asoslanadi. Oldindan aniqlangan va asoslangan maqsadga erishish yo‘llari (“qay tarzda?”) va iqtisodiy vaziyat, tashqi muhit bashoratlarining (“qanday imkoniyatlar bo‘ladi?”) ichki muhit, ichki imkoniyatlar tahlili natijalari bilan qiyoslanishi (“korxona nima qila oladi?”) innovatsion strategiyaning so‘nggi tanlovi uchun asos bo‘ladi (“korxona nima qiladi?”). Download 94.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling