Xavfsizlik choralari: Xavfsizlik choralari nayza uloqtirish bo’yicha musobaqalarida muhum rol o’ynaydi. Nayza tushish joyida faqat yordamchilar yurish mumkin. Nayzani ortga qaytarib otish mumkin emas.
Ochkolarni hisoblash: Har bir urinish hisoblab boriladi (90o burchak ostida) va o’lchash chizig’ida 20 sm aniqlikda yoziladi (agar nayza chiziqchalar orasiga tushsa unda ko’proq yaxshi natijalar olinadi). Ikki urinishdan eng yaxshi natija umumiy jamoa natijasiga hisoblanadi.
Musobaqa o’tkazishda yordamchilar: Bu musobaqada jamoalarning har biriga bir nafardan yordamchi kerak bo’ladi. Yordamchilar quyidagi vazifalarni bajarishadi.
- Musobaqa borishini nazorat qiladi va boshqarib boradi;
- Nayza tushish sektorida bo’lishi kerak (o’lchash chizig’idan to’g’ri burchak ostida o’lchanadi);
- Nayzani o’lchash chizig’iga olib borib o’lchaydi;
- O’rinishlarni o’lchaydi va uni bayonnomaga qayd qiladi.
Tizzada o’tirgan holda uloqtirish.
Qisqacha sharhi: To’ldirma to’pni “tizzalarga o’tirgan holda” ikki qo’llab uzoqlikka uloqtirish.
Amalga oshirish tartibi: Ishtirokchi tizzada gilamga (yoki boshqa yumshoq qoplamalarga) o’tiradi, ya’ni oldinga tortilgan yumshoq qoplamaga (masalan yumshoq yoki parolonli gilamchaga). Keyin ishtirokchi 1 kg og’irlikdagi to’ldirma to’pni bosh ustidan orqaga tortilgan holda ikki qo’ldan foydalanib maksimal darajada uzoqqa uloqtiradi. Uloqtirgandan keyin ishtirokchi oldinga yumshoq qoplama ustiga yiqilishi mumkin, ya’ni o’zini oldida joylashgan qoplamaga.
Xavfsizlik choralari: to’ldirma to’pni hech qachon ishtirokchilar tomonga uloqtirmaslik kerak. To’ldirma to’pni olib kelib qo’yish yoki o’lchash chizig’i bo’ylab navbatdagi ishtirokchiga yumalatib berish tavsiya qilinadi.
Ochkolarni hisobash: Har bir ishtirokchiga 2 tadan urinish beriladi. O’lchangan natijalar 20 sm aniqlikda yoziladi (agar chiziqchalar orasiga to’p tushsa yaxshi natija yoziladi) va to’g’ri burchak (90o) ostida o’lchash chizig’i bo’ylab o’lchanadi. Ikki urinishdan eng yaxshisi jamoaning umumiy natijasi uchun hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |