Urganch davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


Download 0.82 Mb.
bet78/120
Sana09.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#260791
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120
Bog'liq
1-kurs XQ Majmua milliy xarakatli oyinlar 2020

Salom, olimpiada

O‘quvchilar teng 3—4 komandaga bo‘linib, bir qatordan bo‘lib, start chizig‘i orqasida saf tortib turadilar. Har bir komandaning birinchi besh o‘yinchisi qo‘lida chambarak bo‘ladi. Start chizig‘iga 20—25 m masofada emblemalarni qo‘yish uchun chiziq o‘tkaziladi. Bu chiziqdan 3- 5 m nariga aylanib o‘tish uchun bayroq qo‘yiladi O‘qituvchi komandasidan so‘ng komandalarning birinchi besh o‘yinchisi emblemalarni chiziqlarga joylashtirib, so‘ngra bayroqchani aylanib o‘tib, orqaga qaytib kelib, estafetani komandalaridan keyingi besh o‘yinchiga beradilar. Ular o‘z navbatida chambarakni uchinchi besh o‘yinchiga olib kelib beradilar. Ular esa, kelishilgan joyga borib, yana olimpiada emblemasini tuzadilar.Agar har bir komandada 11 ta o‘yinchi bo‘lsa, unda oltichi o‘yinchi bayroqchani aylanib o‘tib, orqaga qaytib kelib, estafetani uzatadi, shundan so‘ng qolgan o‘yichilar emblemadagi chambarakni olib, bayroqchani aylanib o‘tib, estafetani uzatadilar.Har bir o‘qituvchi komandalardagi o‘ynovchilar soniga qarab o‘yin turlarini tanlashi mumkin.






To‘siqlar osha yuguruvchi

Komandalar start chizigi orqasida saf tortib turadilar. Masofaning eniga 3—4 ta uzun elastik rezina ip tortiladi. Rezina iplar orasidagi masofa 4—5 m bo‘ladi.Signal berilgandan keyin o‘yinchilar ketma-ket masofani old va orqa tomonga ham to‘siqlardan sakrab o‘tadilar. To‘siqlar o‘yinchilar yoniga va jismoniy tayyorgarligiga qarab past yoki baland ko‘tariladi. Estafetani birinchi bo‘lib bajargan va kam xatoga yo‘l qo‘ygan komanda yutgan hisoblanadi




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling