Oq terakmi, ko‘k terak
O‘ynovchilar teng ikki komandaga bo‘linib, maydoncha yoki zalning ikki qarama-qarshi tomonlarida qo‘l ushlashgan holda turadilar.
Boshqaruvchining ko‘rsatmasi bilan komandalardan biri boshqa komandaga qarab «Oq terakmi, ko‘k terak, bizdan sizga kim kerak?» deb murojaat qilishadi. Ikkinchi komandadagilar: «Sizdan bizga (qarshi komandadagi o‘yinchilardan birining ismi yoki nomeri aytiladi) kerak», deyishadi va nomi aytilgan o‘yinchini o‘z tomoniga chaqirishadi. Masalan: «Sizdan bizga Olimjon kerak», deydilar. Chaqirilgan o‘yinchi yugurib kelib, o‘yinchilar hosil qilib turgan zanjirni uzishga harakat qiladi. Agar u zanjirni uza olsa, shu komandaniig xohlagan bir o‘yinchisini olib, o‘z komandasiga qaytadi. Bordiyu zanjirni uzolmasa, u shu yerda qolaveradi va o‘yinni shu komanda bilan davom ettiradi.
Komandalardan birida bolalar soni ikkinchisinikidan
5-6 kishidn ortib ketganidan so‘ng o‘yin tugaydi.
O‘yinchi zanjirni uzish uchun bir marta harakat qiladi. Zanjirni faqatgina ko‘krak bilan turtib uzish mumkin. Ushbu o‘yinni faqat o‘g‘il bolalarbilan o‘tkazish lozim. O‘yin 4—10-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |