Basketbol to’pi bilan estafeta
O‘quvchilar 2—3 komandaga bo‘linib, zal yoki maydonning bir tomonida, bir kishilik qatorlarga saflanadilar. Har bir komandada bittadan basketboll to‘pi bo‘ladi. Komandalar ro‘parasiga bir-biridan 1—2 m oraliqda bo‘lgan ustunchalar yoki to‘ldirma to‘plar qo‘yiladi.Signal berilishi bilan qatorlardagi birinchi o‘yinchilar to‘pni oldinga urib olib yurib, ustuncha yoki to‘ldirma to‘pning atrofidan ilon izi shaklida o‘tadilar va orqaga to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yuguradilar. To‘pni ikkinchilarga berib, o‘zlari qator oxiriga borib turadilar. Ikkinchilar ham shu mashqni takrorlaydilar vahakazo.Estafetani birinchi bo‘lib tugatgan komanda g‘olib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |