Urganch davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


Download 45.67 Kb.
bet6/9
Sana02.01.2022
Hajmi45.67 Kb.
#197682
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonda jismoniy tarbiya sportning rivojlanishi.

Nogironlar sporti

Jahonning turli mamlakatlarida nogironlikning turiga qarab shifokorlar tomonidan jismoniy mashqlar vositalari orqali ularni davolash usullari keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, qo‘li yoki oyoqlari yo‘q nogironlar trenajyorlarda turli mashqlarni bajarib, sportning u yoki bu turi bilan (hatto avtomotosport bilan) shug‘ullanishga kirishdilar. Futbol bo‘yicha musobaqalar tashkil qilish qiziqarli va e’tiborli bo‘lib o‘tmoqda. Evropa mamlakatlarida futbol, engil atletika, qo‘l bilan bajariladigan xilma-xil mashqlar (tosh, gir ko‘tarish, osilish, bilak kuchini sinash va hokazo) bo‘yicha birinchilik musobaqalari tastlkil etilmoqda. Musobaqalarning mazmun va qoidalari birmuncha ixchamlashtirilmoqda. 42 Bunday’ tadbirlar O‘zbekistonda ham ancha vaqtlardan buyon rivoj topib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya to‘g‘risida»gi qonun va boshqa bir qator qaroilar, nizomlar asosida nogironlar sporti bo‘yicha federatsiyalar ham tuzilgan. 1997—2001-yillarda O‘zbekistonning «Matonat» futbol jamoasi bir necha bor xalqaro turnirlar, o‘rtoqlik uchrashuvlari va MDH (SNG) birinchiliklarida sovrinli o‘rinlarni egallab olmoqda. Bu sohada ham ma’lum darajada muammolar paydo bo‘lmoqda. Ayniqsa, kichik va o‘lta yoshdagi nogiron bolalarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, ular shug‘ullanish mumkin bo‘lgan sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish, shart-sharoitlar yaratish, murabbiylar bilan ta’minlashda mavjud bo‘lgan sportklublar katta qiyinchiliklaiga duch kelmoqda. Kasalliklar va nogironlikning turlariga qarab jismoniy mashqlar mazmun va sport turlarining mazmuni hamda qoidalari to‘la ishlab chiqilmagan. Nogironlarni jismoniy jihatdan tarbiyalash va ularni ma’naviy jihatdan ruhlantirishda sport klublarning sohaviy turlarini ko‘paytirish, homiylik ishlarini kuchaytirish lozim bo‘ladi. «Sport» gazetasining 1991-yil yanvar sonida e’lon qilingan maqola ana shu jihatlarni ifodalaganligi bilan tarixiy ahamiyatga egadir. Unda mamlakatimizda nogironlar futboliga bo‘lgan munosabat haqida gap boradi. Jumladan, sportning bu turini mamlakatimizda rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan toshkentlik tashabbuskorlar haqida iliq so‘zlar aytilgan. Toshkentning «Matonat» komandasi tashkil etilgan Mehr-shafqat kubogi o‘yinlaridan keyingi o‘yinlar bayon qilingan. Kubok o‘yinlari o‘tayotgan paytda «Nogironlar uchun futbol» xalqaro dasturining direktori amerikalik Bill Berri Sietlda o‘tkazilgan “Jahon kubogi-90” musobaqalarining tashkiliy qo‘mitasi a’zolari bilan birga yurtimizga tashrif buyurishgandi. Ular shu yil oktyabr oyida jahon chempionatini Toshkentda o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdilar.




Download 45.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling