1.2Asinxron dvigatelining ish prinsipi
Stator chulğamlariga tarmoqdan uch fazali kuchlanish beriladi. Bu kuchlanish ta'sirida stator chulğamlaridan tok ơtib, aylanuvchi, magnit oqim hosil qiladi. Magnit oqimining aylanish tezligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
Bunda: f1- stator chulğamidagi tok chastotasi, P- aylanuvchi magnit maydon qutblarning juftlar soni, n1- magnit oqimining aylanish tezligi.
Aylanuvchi magnit maydon stator va rotor chulğamlarini kesib ơtib, ularda E1 va E2 K larni induksiyalaydi. Rotor chulğami - bu berk elektr zanjirdir. Har qanday berk elektr zanjirda EYK uyğotilsa, unda tok paydo bơladi. Demak, E2 EYK ta'sirida rotor chulğamida (ơtkazgichlarda) tok paydo bơladi. Aylanuvchi magnit maydon va tok ơzaro ta'sirlashib elektromagnit kuchlarni vujudga keltiradi. Bu kuchlar ta'sirida rotor aylana boshlaydi. Rotorning aylanish tezligi hamma vaqt aylanuvchi magnit oqimning tezligiga nisbatan orqada qoladi, chunki faqat shu holda E2 EYK, tok hamda elektromagnit kuchlar vujudga kelishi mumkin. Agar rotor statorning magnit maydoni bilan sinxron, ya 'ni bir xil tezlikda aylansa, magnit maydonining chiziqlari rotor chulğamini kesib ơtmaydi va unda EYK ni uyğotmaydi. Rotorning aylanish tezligi stator magnit maydonining aylanish tezligidan orqada qolishi sirpanish deyiladi:
|