Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi


Mavzu: Mashg‘ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o‘tkazishga tayyorgarligi


Download 81.03 Kb.
bet24/28
Sana06.04.2023
Hajmi81.03 Kb.
#1332591
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
2 5249110073401158175

21.Mavzu: Mashg‘ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o‘tkazishga tayyorgarligi.
Reja:

  1. Mashgʻulotlarda tarbiyaning yetakchilik roli.

  2. Mashgʻulotlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish.

Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma’lum vaqt ajratish.Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan tamoyillar asosida almashtirib borish bolalar bog‘chasining har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etishni ta’minlaydi.Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.Tarbiya masalalari ta’lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg‘ulotlarda ta’lim berish orqali, ijodiy va qoidali o‘yinlar, bolalarning mustaqil faoliyati, ularning o‘z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish, o‘z-o‘ziga xizmat qilish, sayrlar, gigiyenik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog‘chasidagi pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liqdir. Bolalar bog‘chasining pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik hayot, o‘yin, mehnat, mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg‘ulotda ta’lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o‘stirish, savod o‘rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda ko‘nikma sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar bolalar bog‘chasi dasturida belgilab berilgan bo‘lib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlarda ta’lim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ma’lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘ladi.Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar soni va har bir mashg‘ulot qancha davom etishi belgilab qo‘yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o‘zining haftalik mashg‘ulotlar jadvalini tuzadi, bu ta’limning hamma bo‘limlari bo‘yicha belgilangan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi.Mashg‘ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg‘ulot orqali bolalar o‘quv malakasini egallab oladilar, o‘z –o‘zini yaxshi tashkil etadigan bo‘lib qoladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta‘lim berish natijasida bilimga qiziqishlari rivojlana boradi.Bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir –birlariga faol ta‘sir etishadi, o‘z tashabbusi, topag‘onligini namoyon qilish imkoniyati tug‘iladi. Bolalar oldiga umumiy zo‘r berishni talab etuvchi vazifa qo‘yilganda birgalikda qayg‘urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish –yasash ishlarini birgalikda bajarish,umumiy raqs –o‘yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o‘qishda paydo bo‘lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do‘stona jamoasini yaratishga yordam beradi, birga ishlash, yashashga o‘rgatadi. Mashg‘ulotda ta‘lim berish orqali bolalarda maktabdagi o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o‘zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to‘g‘ri sifatlar hosil qilinadi.

Bolalarni maktab ta‘limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni, ularning boshlang‘ich sinflarda dastur materialini yaxshi o‘zlashtirib olishlarini ta‘minlovchi bilim va malakalar mashg‘ulotlar jarayonida hosil qilinadi.Mashg‘ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga erishish, hikoya qilinayotgan voqyeadagi asosiy g‘oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e‘tibor beriladi.Tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilmga iziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik hissi takomillashtirib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi.Bolalarni mustaqillikka o‘rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi.Bolalar bog‘chasida kichkintoylarni tevarak –atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvurlarini o‘stirish mashg‘ulotlari, musiqa Mashg‘ulotlari, tasviriy san‘at mashg‘ulotlari, qurish –yasash, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari olib boriladi.


Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar katta yoshdagi kishilarning har bir bola bilan rejali suratda muomalada bo‘lishidan iborat bo‘lib mashg‘ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir.

Download 81.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling