Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi
Mavzu: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida huquqiy tarbiyaning mazmuni. Bolalar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya
Download 81.03 Kb.
|
2 5249110073401158175
4.Mavzu: Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida huquqiy tarbiyaning mazmuni. Bolalar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya.
Reja: 1.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida huquqiy tarbiyaning mazmuni. 2.Bolalar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi tarbiyalanuv-chilarda huquqqa doir sodda tushunchalarni tarkib toptirishdir. Ana shu maqsadda mashg’ulotlar jarayonida “Konstitutsiya saboqlari”ni amalga oshirish yo’lga qo’yilgan. Ma’lumki, Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo’lib, har bir mamlakatning qiyofasi va nufuzini belgilaydi. Shu xususiyatdan kelib chiqib aytish mumkinki, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham mamlakatimizni Dunyoga tanitgan, xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida faol harakat qilishiga huquqiy zamin yaratgan muhim huquqiy hujjatdir. Konstitutsiya to’ g’ risida so’ z aytilganda uni nafaqat xalqaro munosabatlarda davlatning pasporti sifatidagi roli, balki ichki islohotlar jarayonidagi asosiy huquqiy manba ekanligini alohida e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Konstitutsiyamizning har bir moddasini o’qib kuzatar ekanmiz, unda, eng avvalo, inson huquqlari va erkinliklari masalasiga, ulaming amalga oshishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilganligining guvohi bo’lamiz. Uning milliy qonunchiligimizning o’ziga xos yutug’ sifatida ko’pgina xorijiy mutaxassislar tomonidan bot-bot e’tirof etilganligi fikrimizning tasdig’idir. Bosh Qonunimizning qabul qilinishi O’zbekiston xalqining tarixidatub burilish yasadi, yangi demokratik huquqiy davlat qurish asosini yaratdi. Bunda bajarilishi lozim bo’lgan vazifalardan biri mamlakatda yashovchi har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini to’la kafolatlashdir.Konstitutsiya saboqlari”ni o’rgatishning asosiy maqsadi esa ana shu kafolatlar asosida bolalarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari mazmunini yosh xususiyatlari bilan bog’liqlikda anglab olishlariga erishishdir.Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining markaziy ob’ekti fuqaro sanaladi. Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo’lgan shaxsdir. Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli jamiya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik. Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi: 1.Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo’lgan axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o’rgatib borish. 2. fuqarolik huquq va burchlari to’g’risida ma’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko’nikma va malakalar hosil qilish. 3. Tarbiyalanuvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish. 4. Tarbiyalanuvchilarda xalq o’tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ulardan g’ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish. 5. Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o’z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg’unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish. Download 81.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling