7-sinf uchun dars ishlanma


Download 1.87 Mb.
Sana15.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1481035
Bog'liq
Kvadratlar ayir


SINF 7 FAN: ALGEBRA
O’TISH VAQTI:
Dars mavzusi “Kvadratlar ayirmasi “
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
A)matematik bilimlarini, qiziqishlarini oshirish.
B) O’quvchilar olgan bilimlarini hayotga qo’llay olish.
C) O’quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini oshrish.
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga kvadratlar ayirmasi formulasini o’rgatish va uni qo’llay olishga erishish.
Darsning jihozi: test kartochkalar
Darsning uslubi: Muommolilik, musobaqa, guruhlash, savol-javob.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash, o’quvchilarni tayyorgarligini tekshirish.
II.yangi mavzuni bayoni.
Darsda sinf o’quvchilarini 3 guruhga bo’laman.I-guruh.Al-Xorazmiy,shiori sanamay sakkiz dema.
II- guruh Abu Ali Ibn Sino shiori “etti o’lchab bir kes.
III- guruh Farobiy shiori “birni kessang o’nni ek.”
Har bir guruh sardorlari saylanadi. uchta a’lochi o’quvchi uchala guruhga tezkor savol beriladi.
I-guruh savollari
1. eng kichik natural son nimaga teng(bir)
2. to’g’ri kasrning butun qismi (nol)
3. butun son bilan kasrning yig’indisi(aralash son)
4. to’rt amalni ihtiro etgan olim kim?(Al-Xorazmiy)
5. eng kichik tub son nimaga teng…(ikki)
6. har qanday sonning nolinchi darajasi (bir)
7.faqat ishorasi bilan farq qiladigan sonlar.(qarama qarshi sonlar)
8. 7*8= (56)
9. yig’indining kvadrati ((a+b)2 = a2+2ab+b2)
10. a-1 darajasi nimaga teng (1\a)
II-guruh savollari:
1. Eng katta natural son (mavjud emas)
2. Noto’g’ri kasrning qiymati (birdan katta va birga teng)
3. o’zaro teskari sonlar ko’paytmasi (birga teng)
4. noma’lum son qatnashgan tenglik(tenglama)
5. standart shakldagi bir hadning son ko’paytuvchisi. (koeffitysient)
6. eng katta olti xonali son (999999)
7. har qanday sonning birinchi darajasi (o’ziga teng)
8. 9*8=72
9. ayirmaning kvadrati ((a-b)2 = a2-2ab+b2)
10. a0 darajasi nimaga teng.(1)
III-guruh savollari:
1. eng kichik natural son nimaga teng (1)
2. har qanday sonning birinchi darajasi (o’ziga teng)
3. musbat songa qarama-qarshi son (manfiy son)
4. surati maxrajidan katta kasr nima (noto’g’ri kasr)
5. eng kichik ikki xonali son (99)
6. yig’indining kvadrati ((a+b)2 = a2+2ab+b2)
7. eng kichik manfiy butun son (-1)
8. 8*6=(48)
9. noma’lum son qatnashgan tenglik (tenglama)
10. 52 darajasi nimaga teng (25)



II. Yangi mavzu “Kvadratlar ayirmasi”ga har uchala guruh o’quvchilari javob beradilar.


I,II vaIII- guruhdan musaboqa usulida bittadan o’quvchi javob beradi.
Ikki son yig’indisini ularning ayirmasiga ko’paytiramiz.
(a+b)*(a-b)=a2-ab+ab-b2=a2-b2
(a+b)*(a-b)= a2-b2
Ikki son kvadratlarini ayirmasi shu sonlar ayirmasi bilan ular yig’indisini ko’paytmasiga teng.
Bu yerdagi a,b istalgan sonlar yoki algebrik ifodaladir.
(a+b)*(a-b)= a2-b2 formulani qisqa ko’paytirish formulasi deyiladi , uni hisoblashni soddalashtirish uchun qo’llaniladi.
Masalan ikkala guruhdan bittadan o’quvchi chiqadi.

  1. 63*57=(60+3)(60-3)=3600-9=3591

  2. 98*102=(100-2)(100+2)= 1002-22=10000-4=9996

a2-b2 = (a+b)*(a-b) formulani kvadratlar ayirmasi formulasi deyiladi.
Bu ko’phadlarni ko’
Paytuvchilarga ajratishda qo’llaniladi.
Masalan yana ikki guruhdan ikkitadan o’quvchi chiqadi.

  1. a2-9=(a-3)*(a+3)

  2. 4*b4 -0,64*c2=(2b2)2-(0,8c)2=(2b2-0,8c)*(2b2 +0,8c)

  3. ( a-b)2-1=(a-b-1)(a-b+1)

  4. ( a+b)2 -(a-c)2=(a+b-a+c)(a+b+a-c)=(b+c*(2a+b-c)

So’ng o’zim qo’shimcha bu formuladan doimo hisoblashlarini qulaylashtirishda oliy o’quv yurtiga kiruv testlarini yechishda ham foydalanilishini ham aytib o’tdim.
Geometrik isbotini o’quvchilarga tushuntiraman.
Mashqlarni”Kim ko’p sabzi yeyish “musobaqasi orqali yechamiz .Sabzi rasmi tushirilgan kartochkalarda 386-387 mashqlar yozilgan bo’ladi.
389-mashqni uchala guruhdan ikkitadan o’quvchi doskaga chiqib,musobaqa tarzida yechamiz.
3)mustaxkamlash.Sinfdagi uchala guruh uchun matematika bog’iga sayr qilib,”shak”daraxtidan kim ko’p shakl yig’ish musobaqasini o’tkazamiz.
Shakllarni orqasiga test savollari yozilgan.Kim ko’p shakl to’plasa shu guruh g’olib bo’ladi.
Namuna: 1)(2a-b)2 –(2a+b)2 ni hisoblang.

  1. 0

  2. -2b2

  3. -8ab

  4. -4ab

2) ko’paytuvchilarga ajrating.25 *a2-36*b2

  1. (5a-6b)*(5a-6b)

  2. (5a+6b)*(5a-6b)

  3. (25a-6b)*(25a+6b)

  4. (5a+6b)*(5a+6b)

Test va tarqatmalar o’tilgan mavzulardan tuzilgan ,so’ng kim doira to’plash musobaqasi o’tkaziladi .Savolga javob bera olsa doira o’ziga qoladi,aks holda doiralar olib qo’yiladi.
Savollardan namunalar :

  1. Kvadratlar airmasi

  2. Ikki son yig’indisini kvadrati

  3. Darajani darajaga ko’paytirish xossasi

  4. Bir hadalar





Uy vazifalarini ikkala yordamchi o’quvchilar bilan tekshiraman.


Ikkala guruhni to’plagan ballarini hisoblab g’olib guruh va yahshi qatnashgan o’quvchilar rag;batlantiradi va baholanadi.

Uyga vazifa 388-390 mashqlarni yechish va o’qib kelish.







Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling