Urganch davlat universiteti "pedagogika" fakulteti
Ko’rklik to’ning o’zingga, Totlig’ oshing o’zgaga
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1 Mahmud Qashg\'ariyning ,,Devoni lug\'atit turk\'\' asarida tarbiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimning ko’ngli bo’lsa Qashshoq, kambag’al. To’q bo’lmaydi, Boy bo’lmaydi, deyilgan misralar xam uchraydi.(III t.257)
Ko’rklik to’ning o’zingga, Totlig’ oshing o’zgaga,
Qo’noqqa ko’rgiz izzat, Yozsin sha’ning uzoqqa. (I t.80) Shoir mol-mulkka xirs qo’ymaslik, insonning mol-mulki ko’payganda xam mag’rurlanib ketmaslikni, bu borada keksa avlod o’gitlariga rioya etishni ta’kidlaydi. Ta’lim-tarbiyaga oid pand-nasixatlarga boy she’rlar inson turmushining turli tomonlariga oiddir. Inson xayotining abadiy emasligi, shuning uchun xam kishilarga yaxshilik qilish lozimligi, yoshlik xusniga ishonish suvga suyanish bilan barobar, deydi. Shu bilan birga she’r parchalarida: Kimning ko’ngli bo’lsa Qashshoq, kambag’al. To’q bo’lmaydi, Boy bo’lmaydi, deyilgan misralar xam uchraydi.(III t.257) Bu pandlar xozirgi davrda xam o’z axamiyatini yo’qotmagan. CHunki ma’naviy boy bo’lmagan mamlakat xech qachon moddiy tomondan mustaxkamlana olmaydi. «Devonu lug’atit turk» asarida xalqning ta’lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar ham mavjud. Maqollarda xam qo’shiqlardagi kabi do’stg’ik va hamkorlik mehnatga muhabbat, ilm olishga va kasb-hunar egallashga undash, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg’usi, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizliq yaxshilik va yomonlikling natijalari, axloq-odob qoidalari, sixat-salomatlikni saqlashga oid o’gitlar talqin etiladi. 31 XULOSA "Devoni lug‘atit turk" nihoyatda yuksak tarixiy va badiiy ahamiyatga ega, ayni paytda u turkiy xalqlar va umuman turkiy olamning ijtimoiy-ma'naviy hayotiga kuchli ta'sir ko‘rsatdi. Tarixiy va tarixiy-adabiy manbalarda Mahmud Qoshg‘ariy hayoti haqida nihoyatda kam ma'lumot saqlanib qolgan. Ma'lumki, u 1008 yilning boshida Qoshg‘ar shahri yaqinidagi Opal qishlog‘ida tug‘ilgan. 1105 yilda 97 yoshida olamdan o‘tgach, Opalda dafn etilgan. Maqbarasi Muqaddas ustoz sag‘anasi, deya nom olgan bo‘lib, unga behisob ziyoratchilar tashrif buyurishadi va mutafakkir xoki oldida bosh egishadi. Mahmud Qoshg‘ariy butun Sharqqa mashhur bo‘lgan Songra madrasasida tahsil olib uni taxminan 1055 yilda tamomladi. So‘nfao‘qishini Buxoro va Nishopurda davom ettirdi. Tahsil davrida falsafa, mantiq, adabiyot, huquqshunoslik, tarix, ilohiyot, matematika, astronomiya, tibbiyot fanlarini puxta o‘zlashtirdi. Turkiy tildan tashqari arab va fors tillarini mukammal egalladi, ularning grammatikasidan xabardor bo‘ldi va haqiqiy qomusiy bilim sohibiga aylandi. "Devoni lug‘atit turk" asarini yaratish uchun Mahmud Qoshg‘ariy turkiy qabilalar yashaydigan ko‘plab shaharlar va qishloklarni kezib chiqqan. 14 yillik (taxminan 1057 yildan 1071 yilgacha) safari davomida keng ko‘lamli tarixiy materiallarni to‘pladi. Buyuk olim o‘z kitobida 6800 dan ziyod turkiy so‘zni guruhlashtirdi, (110 hudud, ko‘l va daryo, 40 elat va qabila nomlari), turkiy tilda izohlar keltirdi. Kitobdan 242 ta she'r, 262 ta maqol va matal o‘rin olgan. Hayratlanarlisi shundaki, u qo‘llagan 875 ta so‘z, 60 ta maqol va matal biron-bir o‘zgarishsiz zamonaviy turkiy tilimizga kirib kelgan. Ushbu asar ilk filologik tadqiqot va turkiy so‘zlar etimologiyasi keltirilgan birinchi qiyosiy lug‘atdir. Ayni paytda bu asarni faqat lug‘at deb hisoblash noto‘g‘ri, unda Markaziy Osiyo xalqlarining xalq og‘zaki ijodi namunalariga xos ko‘plab noyob ma'lumotlarni kuzatamiz. 32 Kirish so‘zida Mahmud Qoshg‘ariy shunday yozadi: "Men Falak turkiylar zaminida davlat yaratganini ko‘rdim. Falak bu xalqlarni «turkiy» deya atadi va ularni davlat boshqaruviga qo‘ydi. Hukmdorlar turkiylar edi va hokimiyat ularning qo‘lida edi, ular odamlarni boshqardi. Odamlar o‘z hukmdorlarining adolatli ishlarini qo‘llab-quvvatlardi, ular bilan yonma-yon kurashar edi va turkiylar yomon ishlardan saqlanishga qodir edi. Turkiylardan saklanish uchun har bir oqil kishi ularga ergashmoqqa intilardi. Turkiylar qo‘llab-quvvatlashlari uchun ularning tilida so‘zlamoq kerak". Ushbu fikrlar XI asrda tashkil topgan Qoraxoniylar davlati to‘g‘risida aytilgan edi. Chindan ham "Devoni lug‘atit turk" qomusiy asardir. U turkiy islomiy madaniyatni yanada boyitib, yuksak pog‘onaga ko‘tardi. Mahmud Qoshg‘ariy qonun va tartibga rioya qilishga da'vat etish bilan birga hayotni bebaho ne'mat sifatida qadrlashni uqtirdi, qayta-qayta ilmni ulug‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda "Devoni lug‘atit turk" butun ma'naviy badiiy xususiyatlari bilan betakror obidaga, turkiy xalqlar tarixi to‘g‘risidagi dostonga aylandi. Asar bosh g‘oyasi bitta falsafiy fikrga yo‘naltirilgan. Olim yurtni ulug‘lash, turkiy xalqlarni birlashtirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish muhimligini ta'kidlaydi. 700 sahifadan iborat "Devoni lug‘atit turk" asari jahon madaniyati va ilm- fani rivojiga qo‘shilgan ulkan hissa xisoblanadi. Qo‘lyozmaning yagona va eng qadimgi nusxasi 1226 yilga oid bo‘lib, Turkiya Milliy kutubxonasida saqlanadi. Mahmud Qoshg‘ariy shuni isbotladiki, turkiy tilning ahamiyati arab tilinikidan kam emas. Til va adabiyotning qadimiy obidasi - "Devoni lug‘atit turk" yaratilganidan buyon o‘n asrdan oshiq vaqt o‘tdi. U hamon turkiy xalklar tarixini o‘rganishda betakror manba hisoblanadi. Buyuk olim, turkiy leksikograf, grammatist va dialektolog Mahmud Qoshg‘ariy nomi turkiy xalqlar tarixiga qiziquvchi barcha insonlar uchun qadrlidir. 9 9 Abdulaxat Qahhorov, “Devoni lug‘otit turk haqida”.Toshkent: “Sharq yulduzi”, 2010- yil,1-son 33 Ayni paytda asar ingliz, nemis, frantsuz, uyg‘ur, qozoq, ozarbayjon, turkman, o‘zbek va rus tillariga o‘girilgan. Materiallarining ko‘p qismi Germaniyada bosilgan qadimiy turk tillari lug‘atida foydalanilgan. O‘tgan asrda chop etilgan "Qadimiy turkiy lug‘at" asari katta shuhrat qozongan bo‘lib, unga "Devoni lug‘atit turk" asari asos bo‘lib xizmat qilgan. O‘zbekistonda Mahmud Qoshg‘ariyning ijodiy merosi mufassal o‘rganib kelinmoqda. Xususan, Respublika Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti olimlari "Devoni lug‘atit turk" asariga tayangan holda quyidagi qimmatli ma'lumotlarni to‘plashdi: lug‘at boyligi, ma'lum turdagi leksika; turkiy xalqlar joylashgan yerlar haqida ma'lumotlar; turkiy tillarning guruhlashtirilishi; tarixiy fonetika va grammatika haqida ma'lumotlar; turkiy she'riyat, folklor haqida ma'lumotlar; qiyosiy tilshunoslik haqida ma'lumotlar; turkiy ijtimoiy lingvistika asoslari to‘g‘risida ma'lumotlar va hokazo. Shuni alohida qayd etish kerakki, institut olimlari professor S.Mutallibov rahbarligida bu asarni o‘zbek tiliga o‘girib, to‘rt tomda nashr qildirishdi. (Toshkent, "Fan" nashriyoti, 1967 yil). Ayni paytda ushbu mavzuda bir qator ilmiy maqolalar va risolalar chop etilgan. O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida Mahmud Qoshg‘ariy ijodiga mansub qo‘lyozmalar saqlanmoqda. Mahmud Koshg‘ariy buyuk ustoz, shoir, olim, mutafakkir sifatida ardoqlanadi. Yubileyi turkologik tadqiqotlar an'analari rivojlangan Germaniya va Frantsiyada, Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, XXRning Shinjon Uyg‘ur avtonom tumanida tantana qilinmoqda. U turkiy olamning buyuk allomasi bo‘lib, oradan ming yil o‘tsa-da, hamon biz bilan yonma- yon yashamoqda. YUNESKOning fan va madaniyat bo‘yicha xalqaro tashkiloti Mahmud Qoshg‘ariyning 1000 yilligini keng nishonlash haqida qaror qabul qilgani bejiz emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling