Ijodiy layoqatlar – bu shaxsiy fazilatlarning tizimli namoyon etilishi bo’lib, shaxsning layoqatlari yangilikni yaratish, favqulodda qarorlar qabul qilishida ko’rinadi. Turli olimlar va metodistlar evristik metodni turlicha talqin etadilar va nomlaydilar. Masalan, izohlovchi suhbat, rivojlantiruvchi suhbat, evristik metod, analitik usul, suqrotona suhbat, qisman izlanish usuli kabilar.
Uning negizi uzoq tarixga borib taqaladi. Qadimgi Gretsiyada evristik ta’lim-tarbiya yo’naltiruvchi savollar orqali bilim va tarbiya berishni anglatgan. Ushbu atamani eramizdan avvalgi 300-yilda qadimgi grek matematik olimi Papp Aleksandrskiy fanga olib kirgan, bu bilan u mahsuldor ijodiy tafakkur negizida kashf etish yoki aksincha rad qilish mumkinligini nazarda tutgan. Undan ilk marta qadimgi grek faylasufi Suqrot mohirona foydalanib, pedagogikaga “Suqrot suhbatlari” atamasini olib kirgan. U hech vaqt tayyor javoblarni taqdim etmagan, balki suhbatdoshini savollar berish yo’li bilan haqiqatni (bilimni) mustaqil kashf etishga, muammoning yechimini mustaqil topishga yo’llagan. Suqrot hech vaqt o’zini suhbatdoshidan ko’ra bilimdon deb bilmagan, binobarin, u hamsuhbat shogirdiga o’z-o’zini ruhan kashf etishiga yordamchi deb hisoblagan, xolos. «Haqiqat alohida bir insonning miyasida paydo bo’lib qolgan mavhum narsa emas, u haqiqatni izlayotgan kishilarning o’zaro muloqoti (dialogi) jarayonida kishilar orasida vujudga keladi” (Suqrot)
Suqrot metodi keyinchalik Ya.A.Komenskiy, A.Disterveg, I.G.Pestalotstsi, Dj.Dьyui va boshqalarning ishlarida rivojlantirilgan.
“Zinama-zina” texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |