Urganch davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi «umumiy pedagogika»


Download 1.6 Mb.
bet87/123
Sana18.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1560687
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   123
Bog'liq
ум пед 2021-2022

Korreksion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha «defectus» – nukson, kamchilik, «logos» – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’kitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshkarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan.
Madaniyat («cultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish kilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli ko’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini kondirishga xizmat kiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni) – ta’lim jarayonida shaxs tomonidan o’zlashtirilishi zarur bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Maktabgacha ta’lim - bolaning soglom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o’kishga intilish hissini uygotuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim boskichi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
Maktabdan tashkari ta’lim - madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshka yo’nalishlarda yo’lga ko’yiluvchi, bolalar hamda o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini kondirish, ularning bo’sh vakti va dam olishini tashkil etish maksadida tashkil etiladigan ta’lim boskichi.
Ma’rifat – shaxs ongiga ilmiy bilim, axloqqoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy kadriyatlarni o’rganish, ularni targib etish maksadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling