Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


-MAVZU. INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR. XIZMATLAR SOXASIDA TEXNOLOGIYALARNI FOYDALANISH SOHALARI. INFORMATSION TIZIMLAR


Download 0.51 Mb.
bet122/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

19-MAVZU. INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR. XIZMATLAR SOXASIDA TEXNOLOGIYALARNI FOYDALANISH SOHALARI. INFORMATSION TIZIMLAR
Reja:
1.Jarayonlar texnologiyasi va informatsion texnologiyalar. Xizmat soxasidagi texnologiyalar.
2.Firmalar tomonidan texnologiyalarga investitsiya kiritishlar sababablari. Texnologiya raqobatbardoshlik ustunligi sifatida.
3.Operatsion darajadagi tizimlar. Tizimni strategik darajasi. Texnologiyalar va xizmatlarni kelajagi.
4.Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish. Iste’molchilar mol-mulkiga xizmat ko‘rsatish.
5.Axborotga ishlov berish. Yangi xizmatlar yaratish.


1.Jarayonlar texnologiyasi va informatsion texnologiyalar. Xizmat soxasidagi texnologiyalar
Hozirgi sharoitda o‘z faoliyatlarini amalga oshirayotgan servis sohasi korxona va tashkilotlarining ish samaradorligi ko‘pchilik holatlarda foydalanilayotgan axborot texnologiyalarining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Avval mavjud bo‘lgan axborot tizimlarining ko‘pchiligi tarqoq axborot manbaalaridan iborat bo‘lib, odatda barcha mavjud axborot yig‘indisi va foydalanuvchilar mafaatlarini inobatga olmagan holda taqdim etilardi.
Hozirgi sharoitdagi taraqqiyot shu darajaga yetdiki, jamiyatni axborotlashtirish sur’atlari yalpi milliy mahsulotnikiga qaraganda ikki barovar ko‘p bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida yaxshi iqtisodiy qaytimni ta’minlamoqda. Rivojlangan bozor iqtisodiyotli davlatlarda axborotlashtirish texnologiyalariga yo‘naltirilayotgan kapital qo‘yilmalar katta ijobiy natijalar bermoqda. Jumladan, ushbu yo‘nalishga sarflangan 1 dollarlik harajat 3-5 dollarlik foyda keltirmoqda.
Axborot texnologiyalarini joriy etishning zamonaviy jarayonlari servis korxonalari tomonidan bajariladigan alohida funksiyalarni avtomatlashtirishdan tortib, uning barcha faoliyat sohasini qamrashni va so‘ngra kelgusida nafaqat u yoki bu funksiyalarni amalga oshiruvchi (buyurtmalar sonini qayta ishlash, prognozlashtirish, ehtiyot qismlarning soni va hokazolar) balki dasturlarni yaratishni ko‘zda tutuvchi avtomatik tizimlar haqida ham boradi. Ushbu tizimlar servis xizmat ko‘rsatishdagi boshqaruv va texnik xodimlarni nafaqat qiyin bir taraflama ishdan xolos etadi, balki ularni xizmat ko‘rsatish tizimining elementlari bilan o‘zaro harakatlaridagi ruhiy qirralarni ham inobatga olish imkonini beradi.
Servis korxonalari va ulardagi xizmat turlarini rivojlantirishga katta ta’sirni voz kechishlar intensivligining oshishi, o‘zining texnik resurslarini ishlab bo‘lgan maishiy asbob-uskunalarning kafolatli va kafolatdan keyingi buzilishlar maromiyligi kabi ko‘rsatkichlar ko‘rsatadi.
Maishiy texnika va asbob-uskunalarning eskirgan agregatlarini qayta tiklash zaruriyati vujudga keladi. Chunki ishlab chiqarishdan olingan maishiy texnikaning ehtiyot qismlarini ishlab chiqish ko‘pincha amalga oshirilmaydi. Ta’mirlash bo‘yicha xizmatlarni sifatli va tezkor bajarish uchun korxonalarda ta’mirlash bo‘yicha (qayta tiklash, tayyorlash), mahalliy va chet ellarda ishlab chiqarilgan maishiy mashinalar va asboblarni (muzlatkich, kir yuvish mashinalari va hokazolar) loyihalashtirish va o‘rnatish bo‘yicha barcha axborotni oluvchi va qayta ishlovchi xizmatlar tashkil etilmoqda. Zamonaviy asbob-uskunalar va texnikaning ishonchliligini o‘rganish zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi. Ko‘pchilik servis korxonalari ushbu maqsadni amalga oshirish maqsadida lokal aloqa tizimiga ulangan kompyuterlar bilan jihozlangan.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling