56
35
|
Ta’lim sohasidagi xizmatlar
|
18
|
36
|
Sog‘liqni saqlash, aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi xizmatlar
|
79
|
37
|
Kommunal xizmatlar
|
9
|
38
|
Kasaba uyushmalari, siyosiy tashkilotlar xizmatlari
|
9
|
39
|
Dam olish, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar:
kinofilm, radioeshittirish xizmatlari (41);
kutubxona, arxiv, muzey va boshqa madaniy muassasalar xizmatlari (24);
sport, qimor o‘yinlariga doir xizmatlar (19).
|
84
|
40
|
Kir yuvish, sartoroshxona, go‘zallik salonlari, dafn marosimlari, jismoniy komfortni ta’minlashga doir xizmatlar
|
44
|
41
|
Uy xo‘jaliklari xizmatlari
|
3
|
42
|
Eksterritorial tashkilotlar va idoralar xizmatlari
|
1
|
JAMI
|
2070
|
11-MAVZU. RESTORANLARDA MEHMONLARNI QABUL QILISHGA BO‘LGAN TALABLAR. RESTORANLARDAGI SERVIS XIZMATCHILARI
Reja:
1.Mehmonlarni qanday qabul qilish kerak?
2.Xizmat ko‘rsatish muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar.
3.Turli toifadagi mehmonlarni hoxishlari va extiyojlari.
4.Kasb tavsifi. Ishga qabul qilish.
5.Baxtsiz hodisalarni oldini olish. Xizmatchilar malakasini oshirish.
1.Mehmonlarni qanday qabul qilish kerak?
Restoran xo‘jaliklarida xorijiy turistlarini qabul qilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki xorijiy turistlarga odatda ovqat yeyishni tashkil qilish alohida zallarda yoki umumiy zalning chegaralangan qismida amalga oshirilib, ularga xizmat ko‘rsatish juda ham e’tibor va did bilan tayyorlangan joylarda bo‘lishi kerak. Turistlarni restoran hududida ovqatlantirish jarayoni restoran binosidagi savdo zallari va qo‘shimcha yordamchi xonalarni tartibga keltirish, stol va stullarni qabul qilingan tartibda qo‘yish, idish-tovoq va anjomlarni olish, stollarni bezash, tushlik stollarini va ofitsiantlarni ishga tayyorlash jarayonlari kiradi.
Restoran ishni tashkil qilish binoning ichki va tashqi ko‘rinishini chiroyli va restoran ochilishiga tayyor bo‘lishi kerak. Shuningdek, mijozlarni turli xildagi xizmatlardan foydalanishlari uchun imkoniyatlari yaratilishi kerak. Turistlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida xodimlar restoran korxonasidagi mebellarni joylanishiga ham e’tibor qaratish kerak, stollarni to‘g‘ri chiziq yoki shaxmat tartibida joylashtirish, orasidan bemalol yura oladigan bo‘lishi, shuningdek, boshqa jihozlarni ham mijozlar didi, talabi va darajasiga qarab inobatga olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |