Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Xizmat ko‘rsatish muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar


Download 0.51 Mb.
bet71/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

2.Xizmat ko‘rsatish muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar
Umumiy ovqatlantirish korxonalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish, tegishli axloqiy tartib-qoidalarga rioya qilish, zimmadagi vazifalarni bajarish - bu soxaning madaniyatini belgilaydi. Umumiy ovqatlantirish korxonalarida madaniy xizmat qilish quyidagi ko‘rsatkichlar va baholariga ega:
- xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mijozlar bilan o‘zaro munosabatlari, ularning xizmat qilish usuli;
- xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ko‘rinishi, kiyim shakli va poyafzallari belgilangan talabga javob berishi, har bir xodimning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi;
- umumiy ovqatlantirish korxonalari binosining ichki ko‘rinishi, oshxona idish-tovoqlari va anjomlari, sochiq va dasturxonlarining sanitariya holati;
- umumiy ovqatlantirish korxonalari oshxonasining idish-tovoqlari va anjomlari, inventar va jihozlari bilan to‘la ta’minlanganligi;
- taom va ichimliklar, ovqat mahsulotlari assortimentiga rioya qilishi;
- mijozlarga tez xizmat ko‘rsatish;
- musiqa xizmatining sifati;
- qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi.
Xizmat ko‘rsatish madaniyatining bahosi besh ballik shkala bilan belgilanadi. Nazorat qiluvchi organlarda tekshiruv natijalari va mijozlar fikrlari hisobga olinadi. Bu haqda respublikaga xos tartib-qoidalarga rioya qilinadi.
3.Turli toifadagi mehmonlarni hoxishlari va extiyojlari
Ovqatlanishni tashkil qilishning maxsus shakllari jumlasiga mehmonxona majmualarining restoran va kafelarida xizmat ko‘rsatish kiradi. Ular quyidagi ovqatlanish tizimini tavsiya etadi:
- To‘la pansion- uch mahal ovqatlanish: nonushta, tushlik va kechki ovqat — Full Vreakfast (FV); (pansion -oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan to‘la ta’minlash degan ma’noda ishlatiladi).
- Yarim pansion — ikki mahal ovqatlanish: nonushta, tushlik yoki kechki ovqat. Half Vreakfast (NV);
- Bir marta ovqatlanish (faqat nonushta) — Bed and Vreakfast (VV). Bu ovqatlanish tizimida hammasi oziq-ovqat bahosiga qo‘shiladi. Mehmonxonada yashovchi turistlar uchun kundalik res-toran xizmati nonushtadan boshlanadi. Mehmonxonada yashovchi turistlar kayfiyati ertalabki ovqatga bog‘liq, shuning uchun restoran rahbarlari ertalabki xizmatga katta e’tibor beradilar. Ertalabki nonushta turlari mehmonlarning tarkibi-ga bog‘liq. Nonushta turlari:
- Kontinental nonushta - bu inglizcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, Yevopada ko‘p yil-lardan buyon qo‘llaniladi. Bu nonushtaga kofe, choy, issiq shokolad, qand, qaymoq (sut), limon, povidlo, jem, asal va non mahsulotlari kiradi, ko‘p hollarda nonushta baho-si mehmonxonada yashash bahosiga qo‘shib yuboriladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling