3-mavzu. Statistik kuzatish uslubiyati amaliy mashg’ulot savollari


Download 26.13 Kb.
Sana22.09.2020
Hajmi26.13 Kb.
#130891
Bog'liq
3-amaliy mashgulot


3-MAVZU. STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI
Amaliy mashg’ulot savollari


  1. Statistik kuzatish bilan oddiy kuzatishning farqli jihatlari nimalardan iborat?

Оммавий жараёнларни статистика жиҳатидан ўрганиш, яъни бир турли ҳодисалар ва уларнинг белгилари орасидаги боғланишларни миқдорий ифодалаб уларнинг тўпларида намоён бўладиган статистик қонуниятларни аниқлаш учун дастлаб улар ҳақида, ўрганилаётган объектлар тўғрисида бошланғич маълумотлар ёки бошқа сўз билан айтганда хом статистик материалларни тўплаш керак. Мана шу жараён статистик кузатиш деб аталади.

Statistik kuzatish va uning natijasida to‘planadigan ma’lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya’ni:

1) aniqlik va to‘g‘rilik;

2) to‘lalik va har taraflamalik;

3) taqqoslamalik, solishtirmalik.



Aniqlik – bu ma’lumotlarni real hayotiyligi, haqiqatga to‘la mos kelishi bo’lib, butun statistik kuzatish uslubi, uni tashkil etish va amalga oshirish yo‘li ma’lumotlarning aniqligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarni haqqoniyligi avvalambor kuzatuvchi statistikning qobiliyatiga, uning malakasiga, mahoratiga, tajribasiga, masalani tushuna bilishiga bog‘liq. Ikkinchidan kuzatish jarayonida foydalaniladigan qurollar sifatiga – kuzatish dasturi, statistik formulyarlar, savolnomalar, ularni to‘ldirish uchun yo‘riqnoma (instruktsiyalar)larning mavjudligi, ular to‘liq sodda va tushunarli qilib tuzilishi, jumla va so‘zlarning yagona mazmunga ega bo‘lishiga bog‘liq. Uchinchidan, ma’lumotlarni aniq va haqqoniy bo‘lishiga kuzatilayotgan obyektning tayyorgarlik darajasi ham ta’sir etadi. Masalan, turmush voqealarini kuzatishda aholiga ommaviy axborot vositalari orqali o‘tkaziladigan tekshirishning maqsadi, vazifalarini tushuntirish muhim ahamiyatga ega. To‘rtinchidan, ma’lumotlarni aniqligi, haqqoniyligi kuzatish uslubiga, uslubiy masalalarning to‘g‘ri yechilishiga bog‘liq. Beshinchidan, ma’lumotlarni aniqlik darajasiga ko‘rsatkichning sotsial funksiyasi ta’sir etadi. Masalan, chaqaloqlar o‘limi darajasi haqidagi ma’lumotlar noaniqligi bu voqealarni ataylab noto‘g‘ri hisobga olinishidan kelib chiqadi. Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng bir oz o‘tganda o‘lib qolishini ko‘pincha o‘lik tug‘ildi deb qayd qilinadi. O‘lik tug‘ilgan bola hodisalarini esa chala tug‘ilgan bola deb hisobga oladilar. Jinoyatlar soni haqidagi ma’lumotlar ham ishonchsizlik tug‘diradi, chunki ular tartibni saqlash va huquqiy tashkilotlar tomonidan qayd etilgan jinoyatlarnigina aks ettiradi. Ma’lumotlarni to‘liqligi, demak, kuzatish jarayonida hamma obyektlarni, birliklarni qamrab olish, har biri haqida barcha ko‘zlangan ma’lumotlarni to‘plashdir. O‘rganish uchun belgilangan obyektlarning ayrimlari kuzatishdan tushib qolsa, yoki ayrim belgi qayd qilinmay qolsa, ma’lumotlar ham to‘liq bo‘lmaydi va ishonchsizlik tug‘diradi. Iqtisodiy nazariya va statistikada yashirin iqtisodiyot degan tushuncha bor. U ma’lum maqsadni ko‘zlab iqtisodiy faoliyat natijalarini hisobdan yashirish, faoliyatning o‘zini ham yashirincha amalga oshirishni anglatadi. Demak, bu holda statistik kuzatish barcha ho‘jalik yurituvchi subyektlarni, hamma iqtisodiy faoliyat turlari va birliklarini, ularning natijalarini qamrab olmaydi. Oqibatda ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni to‘liqligini ta’minlash maqsadida statistika tashkilotlari kuzatish ma’lumotlarining kamini to‘ldirishga oid baholash ishlarini amalga oshiradi, ularni hisob to‘ldirmalarini baholash deb atash mumkin. Ayrim hodisalar haqidagi ma’lumotlar bir-birlari bilan taqqoslama, ya’ni vaqt, joy, hudud va uslub jihatidan yagonaviylikka, tuzilish o‘xshashligiga ega bo‘lishi, bir vaqtda va ma’lum makon chegarasida hamda yagona metodikada to‘planishi kerak. Bundan tashqari, boshqa va oldin bajarilgan tekshirishlar bilan solishtirmaligi ta’minlanishi lozim, aks holda hodisa dinamizmi haqida to‘g‘ri xulosa chiqarib bo‘lmaydi.


  1. Siz xususiy korxonangizning moliyaviy holatini tahlil qilish uchun korxona balansi va boshqa hisobotlar asosida ma’lumot to‘pladingiz. Ushbu ish statistik kuzatishning qaysi shakliga kiradi?

Statislik kuzatish tashkil etilishiga qarab: statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarga bo'linadi. Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bo'linadi) statistik kuzatishning asosiy shakli bo'lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyatidagi boshlang'ich ma'lumotlarni to'plash uchun imkoniyat yaratadi. Uning ma'lumot manbai buxgalteriya va operativ hisob hujjatlarida qayd ctilgan boshlang'ich yozuvlardir. Joriy statistika butunlay va to'laligicha hisobot ma'lumotlariga asoslanadi. Hisobot ma’lumotlari. qaysi darajada bo'lmasin operativ boshqarishda va belgilangan rejalarning bajarilish darajasini o‘rganishda juda katta ahamiyatga ega. Ammo statistik hisobot qanchalik yaxshi yo'lga qo‘yilmasin. qanchalik tez va aniq ma’lumotlarni yetkazib bermasin, uning ma'lumotlari amaliy menejment uchun, ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish uchun, strategik yo'nalishlarni belgilash uchun yetarli emas. Shuning uchun ham hisobot bilan bir qatorda statistikada maxus tashkil qilingan statistik kuzatishlar keng qo‘llaniladi. Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarga aholi ro‘yxatini misol keltirishimiz mumkin. Sobiq ittifoq chegarasida aholi 7 marta (1920, 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989-yillar) ro'yxatdan o'tkazilgan. Aholi ro'yxatini o'tkazishdan maqsad, uning soni, joylanishi, tarkibi, migratsiyasi, yoshi, ish bilan bandligi va h. k. to'g‘risida bebaho ma’lumotlar to‘plashdir.

Yuqoridagi holat bo’yicha xususiy korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish uchun korxona balansi va boshqa hisobotlar asosida ma’lumot to’playdigan bo’lsak, bu statistik kuzatishning statistik hisobot shakliga kiradi.


3. Aholi turmush darajasini o‘rganish maqsadida xonadon xo‘jaliklarida statistik kuzatish o‘tkazish uchun kuzatish dasturi, rejasi, kuzatish formulyarini shakllantiring. Aholi turmush darajasini ifodalovchi 5 ta savol tuzing. Savollarning 2 tasi ochiq, 3 tasi yopiq savollardan iborat bo’lsin.
4. Joriy yilda bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi uchta mikrofirmada tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlar qiymati to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan (mln. so‘m).Ma’lumotlarni arifmetik nazorat yo‘li bilan tekshiring va o‘zgartirishlar kiriting.


Korxona

Tayyor mahsulot qiymati

YArim tayyor mahsulotlar qiymati

Jami

1

350

210

560

2

320

120

440

3

700

160

860

Jami:

1370

490

1860



Testlar

  1. Statistik tadqiqot bosqichlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

  1. ma’lum bog‘lanishda, turli sifatga ega bo‘lgan hodisalar, elementlar to‘plamini qayta ishlash

b) statistik kuzatish, kuzatish materiallarini jamlash va guruhlash, ko‘rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilish

c) ma’lum bog‘lanishda, bir xil sifatga ega bo‘lgan hodisalar, elementlar, birliklar, dalillarni to‘plash va qayta ishlash

d) statistik kuzatish, kuzatish materiallarini jamlash va tahlil qilish ??


  1. Statistik kuzatish ob’ekti – bu:

a) kuzatish birligi

b) statistik to‘plam

c) statistik to‘plam birligi

d) hisob birligi


  1. Statistik kuzatish jarayonida ma’lumotlar olinadigan sub’ekt qanday nomlanadi?

a) statistik to‘plam birligi

b) hisob birligi

c)statistik to‘plam

d) kuzatish birligi



  1. Kuzatish jarayonida qayd etilishi lozim bo‘lgan belgilar (yoki savollar) ro‘yxati qanday nomlanadi?

a) kuzatish dasturi

b) kuzatish maqsadi

c) statistik formulyar ??

d) kuzatish dastaklari



  1. Kuzatish muddati deganda nima tushuniladi?

  1. statistik formulyarlarni to‘ldirish vaqti

b) o‘rganilayotgan to‘plam birliklarining har bir belgisini aniq yil, kun, soat holati bo‘yicha ro‘yxatga olish

c) kuzatishni qachon va necha kunda amalga oshirish

d) kuzatishni qanday tarzda olib borilayotganligini nazorat qilish vaqti


  1. Statistik hisobot – bu:

  1. statistik kuzatish turlari

  2. statistik kuzatish usullari

  3. statistik kuzatish bosqichlari

d) statistik kuzatish shakllari

  1. Asosiy massiv usuli – bu:

a) statistik kuzatish turi

b) statistik kuzatish usuli

c) statistik kuzatish bosqichi

d) statistik kuzatish shakli



  1. 2019 yilda tugallangan qurilish ishlarini tekshirish uchun statistik kuzatishning qanday usulidan foydalaniladi?

  1. anketa orqali kuzatish

  2. o‘z-o‘zini qayd etish

c) hujjatli kuzatish

d) qisman kuzatish

  1. Fursatli kuzatish usuli – bu:

a) yoppasiga kuzatish

b) monografik tasvirlash

c) asosiy massivni kuzatish

d) tanlama kuzatish??



  1. Qisman kuzatish qanday turlarga bo‘linadi?

  1. fursatli, bir yo‘la joriy

b) tanlama, asosiy massiv, monografik tasvirlash

c) joriy, uzluksiz, uzlukli

d) uzlukli, yoppasiga uzluksiz


  1. Paxtani laboratoriyada maxsus asboblar bilan tekshirish natijasida kuzatuvchi uning 80% i 1-nav, 15% i 2-nav, 5% i 3-nav ekanligi ni aniqladi. Kuzatuvchi boshlang‘ich ma’lumotni olishda qaysi usulni qo‘llagan:

a) bevosita

b) hujjatli

c) savol-javob

d) yoppasiga kuzatish


  1. Bosh to‘plam bilan tanlama to‘plam natijalari o‘rtasidagi tafovut...

a) reprezentativ xato deb yuritiladi

b) registratsiya xatolari deb yuritiladi

c) muntazam xatolar deb yuritiladi ??

d) taodifiy xatolar deb yuritiladi



  1. Yoppasiga kuzatish deyilganda ...

a) to‘plamdagi barcha birliklar tekshiriladigan kuzatish tushuniladi

b) bosh to‘plamdan bir qismini ilmiy asoslangan, vakolatni to‘la ta’minlab beradigan usullar yordamida tanlab olib tekshirish tushuniladi

c) bosh to‘plam bilan tanlama to‘plam natijalari o‘rtasidagi tafovut tushuniladi

d) kuzatishning qachon va necha kunda amalga oshirilishi tushuniladi.



  1. Tasodifiy xatolar...

    1. tanlab olish prinsiplarini ko‘pol ravishda buzish natijasida yuzaga chiqadi

    2. kuzatishning qachon va necha kunda amalga oshirilishiga bog‘liq holda sodir bo‘ladi

c) kuzatuvchining toliqishi, charchashi tufayli sodir bo‘ladi

d) ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o‘rganishda vujudga keladi



  1. Kuzatish vaqti va muddati deyilganda...

a) kuzatishning qachon va necha kunda amalga oshirilishini belgilaydigan vaqt tushuniladi

b) ma’lumotlarning ma’lum vaqt (soniya, soat, kun) ga to‘g‘rilab (moslab) ro‘yxatga olinishi tushuniladi

c) ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o‘rganadigan vaqt tushuniladi

d) to‘plamdagi barcha birliklarni yoppasiga tekshiriladigan kuzatish tushuniladi


  1. Tanlama kuzatish deyilganda ...

    1. tipik hodisalarni to‘liq, chuqur va sinchiklab o‘rganish tushuniladi

b) umumiy bosh to‘plamdan bir qismini ilmiy asoslangan, vakolatni to‘la ta’minlab beradigan usullar yordamida tanlab olib tekshirish tushuniladi

c) o‘rganilayotgan belgining umumiy xajmida eng salmoqli o‘rin tutgan to‘plamning aksariyat qismini ajratib olib kuzatish tushuniladi

d) barcha birliklarni kuzatish tushuniladi


  1. Kuzatish dasturidagi savollarni bir xil talqin qilishi va tushunishini ta’minlash maqsadida statistik formulyarni to‘ldirish uchun...

  1. dastur tuziladi

b) yo‘riqnoma tuziladi

c) reja tuziladi

d) tabel tuziladi


  1. 2-yarim yillik natijalarini aks ettiruvchi qaydnoma ma’lumotlariga asoslanib kuzatuvchi Iqtisodiyot fakulteti talabalarining 90% ini yaxshi va a’lo baholarga o‘qiyotganligi aniqladi. Kuzatuvchi boshlang‘ich ma’lumotni aniqlashda qanday usuldan foydalangan?

a) hujjatli usuldan

b) savol-javob usulidan



c) bevosita kuzatish usulidan

d) tanlama kuzatish usulidan





Download 26.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling