Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


- attestasiya va qayta attestasiyadan o’tkazish


Download 0.51 Mb.
bet99/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

- attestasiya va qayta attestasiyadan o’tkazish;
- rag’batlantirish tizimlari va faoliyatni baholashda nazorat – jarima tadbirlari amalda bo’ladi;
- ish haqi, ishchi mehnatini lavozim talablariga javob berishi, uni intensivligi va javobgarligiga bog’liq holda to’lanadi;
- kasbiy o’qish va malakasini oshirish imkoniyati yaratiladi.


15-MAVZU. XIZMAT SOHASIDAGI XODIMLAR TIPLARI. SERVIS KORXONASINI ISHLAB CHIQARISH MENEJMENTI XUSUSIYATLARI
Reja:
1.Tijorat, notijorat va davlat tashkilotlari ishchilari. To‘liq ish kunida band bo‘lgan ishchilar.
2.Kasbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi yoki kasbiy bilimlarni talab qilmaydigan xodimlar.
3.Ishlab chiqarish ishchilari yoki aqliy mehnat ishchilari.
4.Servis korxonasi ishlab chiqarishini tarkibi.
5.Rahbarni ishlab chiqarish siklini tartibga solish bo‘yicha vazifalari.
6.Ishlab chiqarishni tezkor boshqarish bo‘g‘inlari.


1.Tijorat, notijorat va davlat tashkilotlari ishchilari. To‘liq ish kunida band bo‘lgan ishchilar
Zamonaviy servis korxonasi boshqa rasional tartibga solinadigan xo’jalik strukturasi kabi ma’lum tizimli yaxlitlik hisoblanib, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish – texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy mayda tizimlar sintezidan iboratdir. Servis korxonasini ko’pgina bo’linmalariga nisbatan “ishlab chiqarish”, “ishlab chiqarish uchastkasi” kabi tushunchalar ishlatilishi mumkin. Ammo, xizmat sohasidagi mehnatni o’ziga xosligi, shuningdek, tarixiy an’analar sababli servis jarayonlariga nisbatan boshqa atamalar ishlatiladi. Masalan, ta’lim muassasini ishlab chiqarish sifatida qarash qabul qilinmagan bo’lib, bu holda bu yerda o’quv jarayoni amalga oshiriladi deb ta’kidlanadi. Shuningdek, odamlarni kasalxonada davolash, tomoshabinlarni teatrga tashrif buyurishlari, notarial kontora ishchilari tomonidan mijozlarga xizmat ko’rsatish va boshqalarga nisbatan o’ziga xos atamalar ishlatiladi.
Shuning bilan birga, hamma vaqt servis amaliyotini barcha sohalarida xizmat ko’rsatish jarayonini tashkil etuvchi markaziy bo’g’in mavjud bo’lib, u ishlab chiqarish siklini ko’pgina xususiyatlariga ega. Ishlab chiqarish – servis jarayonlarini boshqarish xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadida ularni asosiy ishlab chiqarish strukturalarini ajratib chiqamiz. Bu servis faoliyatini joriy jarayonlarini qo’llab quvvatlovchi ishlab chiqarish menejmentini asosiy yo’nalishlari haqida gapirishga imkon beradi.
Korxonani turli ishlab chiqarish mayda sistemalarini boshqarish bilan, shuningdek, tashkillashtirishni o’rta va quyi darajalaridagi menejmenti bilan bog’liq bo’lgan asosiy bo’g’in va strukturalar kompleksi farqlanadi. Ba’zi mayda va o’rta servis firmalarida quyi boshqarish darajasi o’rta daraja bilan birlashgan bo’lib, u ish hajmlari va ishchilar soni bilan belgilanadi. Servis ishlab chiqarilishini ta’kidlangan darajalarini menejmenti tezkor xo’jalik bo’linmalarni (uchastka, sex, smena, brigada) joriy (oy, yarim yil, yilgacha) va tezkor (kundalik) boshqarish va rejalashtirishga qaratilgan.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling