Urganch Davlat Univеrsitеti “Tabiiy fanlar“ fakultеti “Biologiya” yo’nalishi 2-kurs talabasi Atabaeva Shabnamning
Download 126.81 Kb. Pdf ko'rish
|
diatom-suv-o0tlari-bo0limlari
Ko’payishi. Suvo’tlarning ko’payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy yo’l
bilan boradi. Vegetativ ko’payish tallomning biron yeridan uzilishi natijasida sidur bo’ladi. Bunday ko’payish vaqtida hujayra protoplastida hech qanday o’zgarish sodir bo’lmaydi. Vegetativ ko’payishning eng oddiy usuli ipsimon suvo’tlarda uchraydi. Bunda tallom bir necha joyidan bo’laklarga (fragmentlarga) ajraladi. Uzilgan hujayra o’sishni davom ettiradi. Ipsimon va ko’k-yashil suvo’tlarda ixtisoslashgan ba’zi hujayralar ham vegetativ ko’payish vazifasini bajaradi. Masalan, vegetativ hujayra devori qalinlashib, unda oziq moddalar to’planadi va noqulay sharoitga chidamli bo’ladi.Bunday hujayra akinet hujayra deb ataladi. Jinsiz ko’payish maxsus sporalar yordamida boradi. Ko’pchilik suvo’tlarda jinssiz ko’payish zoosporalar vositasida ro’y beradi. Zoosporalar yalong’och, protoplazma, bitta yoki bir necha yadro yoki xromotoforaga ega. Zoospora monad shaklda, u harakatchan, uning harakati (1-2-4) xivchinlari yordamida amalga oshadi. Ipsimon suvo’ti hujayrasi bo’linib bitta yirik zoospora, boshqa suvo’tlarning hujayrasi bir necha marta, ya’ni ikki, to’rt, sakkiz va undan ham ortiq bo’linib,zoospora hosil qiladi. Ko’pchilik suvo’tlarda zoosporalar hosil qiluvchi hujayra differensiyalanmagan, lekin terentipoliya va qo’ng’ir suvo’tlarda sporangiy deb ataladigan mahsus hujayra bo’ladi. Sporangi shakli va katta-kichikligi bilan boshqa hujayralardan farq qiladi. Ko’pchilik suvo’tlar harakatsiz xivchinlari reduksiyalangan spora- aplonospora vositasi bilan ham ko’payadi.Qizil suvo’tlar-mono-va tetraspora,qo’ng’ir suvo’tlarning diktiotalar tartibi ham tetrasporalar yordamida ko’payadi. YAashil suvo’tlarda xlorokokksimonlar tartibining vakillari ona hujayra ichida juda ko’p bo’linib, avtosporalar hosil qiladi va ular shu sporalar vositasida ko’payadi. Monad va kokkoid shakldagi koloniyali suvo’tlar jinssiz ko’payish vaqtida qiz koloniya hosil qiladi. Yashil suvo’tlardan diatom va qo’ng’ir suvo’tlarda jinssiz ko’payish umuman bo’lmaydi. Jinsiy ko’payish ko’k-yashil suvo’tlardan tashqari hamma suvo’tlarda uchraydi. Jinsiy ko’payish gametalarning bir-biri bilan qo’shilishi (kopulyatsiya etish) natijasida sodir bo’ladi. Gametalar gametangiyda yetiladi va suvga tushgandan so’ng qo’shilib zigota hosil qiladi. Zigota ichida dastlab gametalarning sitoblazmasi (plazmogamiya), keyinchalik ularning yadrolari (kariogamiya) qo’shiladi. Pirovardida ularning xromosomalari birikib, diploidli fazaga ega bo’lgan zigota hosil bo’ladi. Zigota tinim davriga o’tganda so’ng,diploidli yadrosi reduksion (meyoz) bo’linib, xromosomalar soni ikki borabar kamayadi. Shundan so’ng gaploidli faza boshlanadi.So’vio’tilarning hayotida jinsiy ko’payishning bir necha xili uchraydi. Jinsiy ko’payishning bir necha xili uchraydi. Jinsiy ko’payishning eng sodda xili izogamiyadir. Bu jarayon morfologik jihatdan farq qilmaydigan harakatchan gametalarning qo’shilishidan hasil bo’ladi. Yashil suvo’tlar vakillarida izogametalar vegetativ hujayra protoplastining bo’linishi natijasida bunyodga keladi .Ammo , qo’ng’ir suvo’tlarning ekto karpus va sfatselyariya tartibining vakilllarida vujudga keladigan izogametar ko’p kamerali gametangiy yoki ko’p uyali sporangiydan xoil bo’ladi. Ko’pchilik suvo’tlarning jinsiy ko’payish vaqtida qo’shiluvchi gametalarning biri faol, 2-si esa sust harakatlanadi.Masalan, ektokarpus va safatselyariyaning urg’ochi gametasida harakat etish muddati qisqa bo’lib , erkak gametalarning xarakati uzoq vaqt davom etadi. Urg’ochi gameta harakatdan to’xtagandan so’ng , erkak gameta ham xarakatdan to’xtaydi. Shakli xar xil , yanii biri kichikroq va serharakat qiluvchi gametalarning bir-biri bilan qo’shilishi anizogamiya yoki getoragamiya deyiladi. Yirik harakatsiz gameta urg’ochi gameta yoki tuxum hujayra deb, kichik harakatchan gameta erkak yoki spermatozoid deb ataladi.ana shunday gametalaarning qo’shilishiga oogamiya deyiladi. Qizil suvo’tlarning oogamiysi karpogen deb ataladi. Uning ichida harakatsiz tuxum hujayra joylashadi. Erkak gameta-spermatsiy harakatsiz bo’lib, bir hujayrali anteridiyda yetiladi. 2. Diatom suvo’tlar tuban o’simliklar orasida katta bo’limni tashkil etadi , ular 10000 dan ortiq turni o’z ichiga oladi. Ular bir hujayrali yosh kolloniali mikroskopikm organizmlar bo’lib , xarorati va kimyoviy tarkibi xar xil bo’lgan dengiz va okean suvlarida , suningdek chuchuk suvlarda bentos va plankton holda hayot kehiradi. Bazi vakillari zax yerlarda , iliq suvli buloqlarda , qor ustida hamda polyar kenglikdagi muzliklar ustida keng tarqalgan . F. Nansen shimoliy arktika muzliklari orasida diatom suvo’tlari to’planib , qo’ng’ir dog’g’lar hosil qilganligi va muzni eritganini kuzatgan . Hujayra po’sti ikki palladan iborat bo’lib ,zichlashgan protoplastning tashqi qismi sovut bilan o’ralgan.sovut kremnezyomli , qumtuproqli , shishaga o’xshash tashdan tashkil topgan.sovut ikki palladan iborat, qopqonli qutichaga o’xshab biri ikkinchisini yopib turadi. Ostki kichik palla-gipoteka, uni o’rab turgan ustki palla epiteka deb ataladi. Hujayraning shakli uning substratda joylashish hususiyatiga bo’liq . sitoplazma hujkayra devori atrofida juda yupqa qatlam hosil qiladi, ba’zi turlarida hujayraning mrkazida yadro bilan birgalikda joylashadi. Hujayraning qolgan qismini vquola ishg’ol etadi. Xromotoforasi hujayra po’stiga yopishgan bo’lib ,soni bitta , ikkita va bazan ko’p bo’ladi. Shakli plastinkasimon yoki donachasimon , bazi turlarida prinoid bo’ladi.xromotoforaning rangi sariq yoki sarg’ish qo’ng’ir tusda bo’lib , tarkibida xlorofil ”a”, ”c”va karotin hamda 5ta ksantofil pegmentlar bo’ladi. O’lgan individlarda pigmentlar parchalanib suvga chiqadi va natijada ularning rangi yashil bo’lib ko’rinadi. Xrmotoforalar ultramikroskopik tuzilishi jihatidan oltin tusli suvo’tlarga o’xshab ketadi; ularning lamellasi 3 tilakoidli disksimon tuzilishli bo’lib , bitta belbog’li tilokoidga ega. Assimilyatsiya mahsuloti –yog’ bo’lib , tomchilar shaklida to’planadi, undan tashqri volyutin va xrizolaminarin xam bo’ladi. Diatom suvo’tlar mikroskopda qaralsa , ko’pchilik vkillarida yardo hujayra markazida iplarda o’rnashgan , ba’zi turlarida tabaqaga yaqin joylashadi, bundan tashqari , hujayrada bitta yoki bir necha yadrochalar hamda xromatin ipchalar bo’ladi. Ba’zi turlarida yadroning ikki tomonida juft bo’lib diktosoma (golji apparati) joylashadi. diatom suvo’tlarning vegetativ ko’payishi bahorda va yozning boshlarida ro’y beradi. Bo’linish oldidan hujayra protoplasti bo’kib hajmi kattalashadi va ikkala palla sovuti bir biridan ajraladi.shundan keyin hujayra yadosi mitoz yo’li bilan ikiga bo’linadi , so’ng protoplast ham ikki qismga ajraladi.xar qaysi protoplast yarimtadan sovutga ega bo’lib , birida onadan o’tgan eteketka , ikkinchisida gepateka bo’ladi.ularning ikkinchi yetishmagan tomoni o’sib tiklanadi , ammo ikkala bola hujayralarning gavdasi gipotekadan kichik bo’ladi.shundan keyin bir hujayrali diatom svo’tlarning qiz hujayralari ajralib ketadi, kolonial vakillarida hosil bo’lgan qiz hujayralar tabaqa tomoni bilan birlashadi . Populyatsiyada alohida o’suvchi bola hujayraklarning gavdasui toboro kichrayib , o’sishdan to’xtaydi , chunki ularning o’sib kattalashishiga sovuti yo’l qo’ymaydi. Diatom suvo’tilarning vegetativ ko’payishini matematik jihatdan quyidagicha ifodalash mumkin .hujayra n marta bo’lingandan keyin 2 n hujayra va n+1 variant kattalikdagi hujayra hosil bo’ladi. Ana shu vaqtdagi bir xil kattalikdagi hujayra hosil bo’ladi. Ana shu vaqtda bir xil kattalikdagi hujayralar soni (x+y) n bo’lishi mumkin . maslan 4 marta bo’lingandan keyin hujayralar soni 16 taga yetadi. 3. Diatom suvotlar hujayrasining shakliga qarab, sentriksimonlar yoki shulasimonlar(Centrophyceae) va patsimonlar (Pennatophyceae) sinfiga bo’linadi.Patsimonlar sinfi vakillarida hujayrasidan faqat tashkil topgan. Ikkinchidan, tabaqalari o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib, u doimo saqlanadi va diatom ikkita simmetriya o’tkazish mumkin.Hujayra po’sti gomogen tuzilishga ega. Birinchidan, elektron va sitokimyoviy tekshirishga ko’ra, hujayraning sovuti ichki va tashqi tomondan yupqa organik moddadan suvo’tlarini sistemaga solishda muhim ahamiyatga ega. Tabaqalar mikroskopda qaralsa, ular kichkina doira yoki qirrali katakcha shaklida ko’rinadi. Patsimonlar sinfining ba’zi vakillarida harakat qilish xususiyatiga ega.Ularning harakati tabaqaning ichki qismini qalinlashishidan hosil bo’ladigan tukchalar bilan bog’liq. Yorug’lik mikrosko’pda qaralsa,biri markazda,boshqalari tukcha uchida joylashgan uchta tugunchani ko’rishimiz mumkin.Hujayra sovuti chetlarida yaltiroq tugunchalar bo’lib,ulardan markazdagi tugunchaga qarab,biroz bukilgan chiziq tortilgan,unga chok deb aytiladi.Patsimon diatom suvotlarning gofnema vakillarida jinsiy ko’payish jarayoni matashuvchilar sinfining desmidiyasimonlarnikiga o’xshash boladi. Download 126.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling