Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti "biologiya" kafedrasi


Download 0.49 Mb.
bet13/22
Sana15.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1487039
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
O’SIMLIKLARNING FIZIOLOGIK FAOL MODDALARI Amaliy opisaniya

8-9-mаshg’ulоt.
Mavzu: Alkoloidlarning sifat reaksiyalari. Isiriq o’simligining yer ustki qismidan alkoloidlar yig’indisini ajratish
Alkaloidlar turli moddalar bilan bir qator umumiy reaksiyalarga kirishadi. Bu moddalar umumiy alkaloid reaktivlari nomi bilan yuritiladi. Alkaloidlarga ta’sir etish tabiatiga qarab bu reaktivlar ikkiga bo’linadi:
1. Alkaloidlar bilan cho’kma beruvchi reaktivlar.
2. Alkaloid eritmalari bilan rang beruvchi reaktivlar.
Alkaloidlar bilan cho’kma beruvchi reaktivlar sifatida iodning kaliy iodiddagi eritmasi, Vagner, Meyer, Dragendorf reaktivlari, ba’zi kompleks kislotalar: fosfat – molibdat, fosfat – volfram, kremniy – volfram kislotalar, og’ir metall (simob, oltin, platina) tuzlari shuningdek, organik birikmalar (tanin, pikrin kislota) ning eritmalari qo’llaniladi.
Bu reaktivlar bilan o’simlik tarkibidagi oqsil moddalar, ularning parchalanish mahsulotlari, hamda ba’zi geterosiklik birikmalar ham cho’kma berishi mumkin. Bundan tashqari yuqorida ko’rsatilgan reaktivlar ta’sirida har xil alkaloidlar turli xil darajada cho’kadi. Shuning uchun alkaloidlarning bor yo’qligi aniqlanayotgan eritma ko’pgina reaktivlar (kamida 5 – 6 xil reaktiv) bilan cho’kma hosil qilsa, bu alkaloid borligidan dalolat beradi. Cho’kma hosil bo’lmasa, eritmada alkaloid yo’qligini ko’rsatadi. Mahsulot tarkibida alkaloidlar borligini aniqlash uchun umumiy cho’ktiruvchi reaksiyalar quyidagicha bajariladi:
100 ml hajmli kolbaga maydalangan mahsulotdan 1 g solib ustiga xlorid kislotaning 1% li eritmasidan 25 ml quyiladi. So’ngra suv hammomida 5 minut davomida qizdiriladi (bunda alkaloidlar tuz holida ajralib chiqadi). Kolbadagi suyuqlik sovuganidan so’ng filtrlanadi. 5 ta chinni hovonchaga bir necha tomchidan filtrat solib, ularga yuqorida ko’rsatilgan cho’kma beruvchi reaktivlardan 1-2 tomchidan quyiladi. Agar o’simlik ajratmasida alkaloidlar bo’lsa, ular miqdoriga qarab, tezda yoki bir ozdan so’ng loyqa cho’kma hosil bo’ladi.
Erimada qanday alkaloidlar borligini har bir alkaloidga xos rangli reaksiyalar bilan aniqlanadi. Bu reaksiyalar jarayonida alkaloid molekulasidan suv ajralishi, alkaloid oksidlanishi yoki suv tortib oluvchi reaktivlar (konsentrlangan sulfat kislota va boshqalar) ishtirokida aldegidlar bilan kondensatlanishga kirishishi mumkin. Natijada har bir alkaloidga xos turli rangdagi mahsulotlar hosil bo’ladi.
Alkaloidlarni aniqlashdagi rangli reaksiyalarda konsentrlangan sulfat kislotasi, nitrat, xlorid kislotalari, formalin, turli oksidlovchilar (kaliy dixromat, kaliy perxlorat, vodorod peroksid), ishqorlar va boshqa birikmalar reaktiv sifatida ishlatiladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling