Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi
II BOB. TADQIQOT JOYINING TABIIY SHAROITLARI
Download 1.13 Mb.
|
Gulmirzayeva Aziza ilmiy ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Tadqiqot o’tkazilgan joyning iqlim sharoiti
II BOB. TADQIQOT JOYINING TABIIY SHAROITLARI2.1. Xorazm viloyatining geografik joylashish o’rniXorazm voxasi dunyoda paxta yetishtiradigan mamlakatlarning shimolida, jumladan respublikamizning shimoliy-g’arbiy qismida, Turon tekisligining markazida, Qoraqum va Qizilqum cho’llari oralig’ida joylashgan. G‘arb, janubi-g‘arb va janubdan ko‘proq Turkmanistonning Ung‘iz orti Qoraqum qumliklari, Toshhovuz viloyati, shimoliy-g‘arb va shimoliy-sharqdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyati bilan chegaralanadi. Xorazm viloyatining umumiy yer maydoni 605,2ming gektar, shundan sug‘oriladigan yer maydoni 260,9 ming gektarni tashkil qiladi. Ekin maydoni 211,8 minggektar. 2.2. Tadqiqot o’tkazilgan joyning iqlim sharoitiXorazm viloyati 41 o-42o shimoliy kenglik va 60o-61o sharqiy uzoqliklar oralig‘ida, ekologik inqirozga uchragan Orol dengizining 200 km janubi-sharqida, Amudaryo daryosining qadimiy deltasi ustida joylashgan bo‘lib, voha o‘tloqi allyuvial tuproqlarini tashkil qiladi. Xorazm vohasi iqlimi keskin kontinental, ko‘p yillik o‘rtacha bug‘lanish juda yuqori − 1400 mm va yog‘ingarchilik miqdori juda kam − 92 mm ekanligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bevosita yagona manba – Amudaryo daryosi keltiradigan suvga bog‘liq. Irrigasiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida bir yillik iste’mol qilinadigan suv miqdori 4,5 km3 bo‘lib, uning 90% ulushi qishloq xo‘jaligida ishlatiladi. Xorazm viloyatida tarqalgan tuproqlar 100% sho‘rlangan bo‘lib, darajasiga ko‘ra 1-3 marta sho‘r yuvish tadbirlari amalga oshiriladi. Vegetasiya davrida ekinlarning suvga bo‘lgan talabini va tuproq qatlamidagi tuzlarni hisobga olib, dalalarga katta miqdorda suv qo‘yishni taqozo qiladi. Vohada tuproqlar paydo bo‘lishi va rivojlanishi bevosita Amudaryo daryosi keltirgan allyuvial yotqiziqlar bilan bog‘liq bo‘lib, keyinchalik madaniylashgan. Allyuvial jinslardan iborat bo‘lgan tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra asosan loyqa (55%), qumoq (13%) va qumli (12%) tuproqlardan iborat. Tursunov ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazm vohasi sug‘oriladigan yerlari o‘tloqi va botqoq-o‘tloqi allyuvial tuproqlari mexanik tarkibi jihatidan juda xilma-xildir. Shuningdek, Tursunov tomonidan tuproq mexanik tarkibi, unda kechadigan barcha suv-kimyoviy jarayonlar hamda suv va tuzlarning harakati va to‘planishi tuproq fizik xossalari bilan bog‘liq xarakterga ega eganligi vohada olib borilgan tadqiqot ishlarida atroflicha o‘rganilgan. Xorazm voxasi dengiz satxidan 100-110 m balandlikda joylashgan. Xorazm voxasi ob-havosi keskin continental, odatda cho’l zo’naning yozi issiq va quruq bo’ladi. Eng issiq vaqt iyul oyi bo’lib, shu oyda o’rtacha kunlik harorat 27-28- darajaga boradi. Eng yuqori harorat 40-44 -darajaga yetadi. Qish fаslida qattiq sovuq- minus 31-32-daraja va ayrim kunlarda undan ham qattiq (43daraja) ga yetadi. O’rtacha yillik havo harorati, ko’p yillik ma’lumotlarga qaraganda , 11.8-12.1 darajani tashkil etadi. Qish kunlari yerning chuqur qatlami 28-42 sm, (ba’zi yillarda yana ko’proq) muzlaydi. Xorazm voxasida sovuq qattiq va uzoq bo’lgan yillarda sho’ri yuvilgan yerlar, Respublikaning boshqa viloyatlariga qaraganda kech yetiladi. Issiq kunlaru 201-208, ayrim kunlarda 170-180 kunlarni tashkil etadi. Boshqa viloyatlarda 210- 230 kundan oshadi. Xorazmda ham ayrim yillarda issiq boshqa viloyatlaridagidek cho’zilishi mumkin. Ayrim yillarda yerning muzlashi 26-30 aprelda ham kuzatiladi. Endi unib chiqqan yoki maysalarni sovuq shikastlaydi va nimjon bo’ladi. Ma’lumki har bir tur qishloq ekinlarining urug’lari o’zlarining xususiyatiga qarab muayyan tuproq va havo harorati yetarli bo’lgan taqdirdagina unib chaqadi. Bizning Xorazm sharoitida bu foydali haroratning to’planishi boshqa viloyatlarga nisbatan 20-25 kun kech boshlanadi shuning uchun ham chigitni ekish ishlari boshqa viloyatlarga nisbatan odatda ko’pchilik yillari kech boshlanadi. Binobarin, Xorazmda ertapishar o’simliklar navlarini ekish maqsadgamuvofiqdir. Xorazm voxasida yog’ingarchilik kam, uning yillik miqdori 79-90 mm atrofida bo’ladi, yog’in-sochinning asosiy miqdori ko’klamda kuzatiladi. Yog’ingarchilik kuzda ham bo’ladi. Yoz oylarida yog’ingarchilik deyarli bo’lmaydi. Xorazmda yog’adigan yomg’irlar miqdori kamligi va u ham oz-ozdan bir necha marta takrorlanib tuproqni chuqur qatlamiga singmaydi va shuning uchun ham sizotsuvlar zaxirasini to’ldirmaydi. Havoning o’rtacha ko’p yillik nisbiy namligi 30 foizdan oshmaydi. Havoning quruq bo’lishi va quyoshning intensiv radiatsiyasi natijasida bug’lanish yuqori bo’ladi. Suv va yer yuzidagi bug’lanishlarning yillik miqdori o’rta hisobda 1200 mm ni tashkil etadi. Bu esa yillik yog’in miqdoridan 15 marta yuqori demakdir. Shuningdek, yer osti suvlari, sho’r va yaqin joylashgan. O’rta Osiyoning boshqa rayonlariga nisbatan Xorazmda yil bo’yi shimoli - sharqdan kuchli shamol ta’sirida bug’lanish bo’lib turishi sababli nam yuqoriga ko’tarilib, yerning haydalma qatlamida zararli tuzlar ham to’planadi. Shuning uchun ham Xorazm voxasida va boshqa yeri sho’rlangan mintaqalarda yerlarning sho’rini har yili yuvish talab qilinadi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling